Davlat geodezik tayanch tarmoqlari mamlakatimizning istagan joyida bir-biriga bog’lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda tasvirga olishga va geodezik o’lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro’y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning qanchalik aniq bajarilganini tekshirishga, shuningdek, barcha geodezik o’lchash ishlarini yagona koordinata sistemasi (YKS)ni bog’lashga imkon beradi.
Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari. 1:500, 1:5000 masshtabli topografik planlar olish uchun va qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tasvirga olish tarmoqlari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo’lib hisoblanadi. Tasvirga olish tarmoqlarini hosil qilih uchun teodolit yo’li, geometrik tarmoq, to’g’ri va teskari kesishtirish usullaridan foydalaniladi. Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari bilan tasvirga olish tarmoqlari ham planli va balandli geodezik tayanch tarmoqlariga bo’linadi.
Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash
1-rasm. Geodezik tayanch punktni joylashtirish Geodezik tayanch tarmoqlari punktlarini o’rni punktlarning ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi.
2-rasm. Geodezik tayanch punkti Davlatgeodezik tayanch tarmoqlaridan uzoq vaqt foydalanish uchun ularning punktlari joyda mustahkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu belgilarga markaz deyiladi.Joyning tabiiy geografik sharoitiga va geodezik punktning qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab turli markazlar qo’llaniladi. Yerning muzlash chuqurligi 1,5-2 m gacha bo’lgan joylarda o’rnatiladigan markazlar 1-rasm (a) da, qoyali joyga o’rnatiladigan markazlar 1- rasm (b) da ko’rsatilgan (rasmlarda markazlarning o’lchami sm hisobida berilgan). 1-rasm (a) dagi markazni o’rnatish uchun yer ikki metrdan chuqurroq qazilib, uchta beton monolit o’rnatilgan. Beton monolitlar cho’yandan yasalgan markalar bitta tik chiziqda yotadigan qilib joylashtirilgan markalarning tuzilishi turlicha bo’lib, shulardan biri 2-rasmda ko’rsatilgan (bu rasmda marka o’lchami mm hisobida berilgan). Cho’yan marka qopqog’idagi 2 mm li teshikcha punktning markazi hisoblaniladi. Geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish vaqtida ana shu teshikchaning koordinatasi aniqlaniladi. Ustki monolitdagi marka yerga 50 sm chuqurlikda ko’milishi lozim. Joydagi markazni osonlikcha topish uchun ustki monolit tepasiga beton ustun o’rnatiladi. Bir punktdan ikkinchi punktni kuzatish maqsadida ularning markazi ustiga maxsus geodezik belgi-piramida o’rnatiladi. Piramidalarningbalandligi 10-12 mbo’lishimumkin. Yonma-yon joylashgan punktlarni yerdan kuzatib bo’lmagan hollarda tayanch punktga asbob o’rnatishda va bu punktni kuzatish uchun signal quriladi.