Dastlab, ishni 3Ds Max dasturini atroflicha o’rganib chiqishdan boshlasak, av-val dastur yordamida ob’yekt ko’rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga oshirish: sodda primitivlarini tuzish, ob’yektlarni belgilash, ularning bir-biriga o’zaro tekislash, proyeksiya oynasidagi aks etish holati va joylashishi, ularni o’zgarti-rish, ma’lum masshtabga keltirish, o’zgartirish va aylantirish mumkin. Bu oddiy amallar 3Ds Max dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat qiladi. Haqiqiy hayotda juda ko’p ob’yektlar o’zida oddiy uch o’lchovli qo’llan-malar amallarini o’zida aks ettirgan. Masalan, stol parallelpipeddan tashkil topgan, stol lampasi esa – silindr va yarim shakldan, avtomobil balloni esa – boshqa yuqoridagilarga o’xshamagan shakllardan tashkil topgan. Katta va kichik daraja-dagi barcha ko’rgazmalarda amalda uch o’lchovli virtual joylashuv shartlari qo’llanilib kelinmoqda. 3 Ds Max dasturi standart ob’yektlari o’zida “qurilish materiallar”ini tashkil etgani uchun ular yordamida turli ko’rinishlar tashkil etishga ko’maklashadi.
5.9-rasm.3DsMaxdasturioynasiko’rinishlari.
3D MAX dasturida ob`ektlar tushunchalari
Geometrik ob`ektlar. Geometrik ob`ektlarni ko`rishda juda kuchli va keng tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida ob`ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko`rib o`ta-miz. Bu dastur yordamida geometrik ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi mum-kin.
Splayn chiziqlar(Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko`rishda ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin.
5.10-rasm. Chiziq,muloqot chiziqlari. Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang`ich shakl va chiziqlar to`plami aniqlangan bo`lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular keyinchalik aniq shakllar ko`rishda ishlatilishi mumkin.