Rastr grafikasi –asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo’llaniladi.
Rastr grafikasining asosiy elementi sifatidanuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta«piksel» deb aytiladi. Kompyuterda qo’llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollarda grafik programmalar yordamida qo’lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko’proq qo’llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo’llanilmoqda. SHu sababli rastr grafikasini asosiy
maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Ammo rastrli grafika kamchilardan ham holi emas. Masalan,
Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.
Mayda detallarni ko’rish uchun tasvirni kattalashtirib bo’lmaydi.
Vektorli grafika –uning tasvirni aks ettirishdaasosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning pa rametrlari ko’rsatiladi yoki formulaorqali beriladi. Undasoddaob’ektlar murakkab ob’ektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’ektga yo’naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. SHu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
Fraktal grafik –bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. SHuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o’zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.