Аhmad al Fargʼoniy X asrda yashab arab tilida ijod etgan Аhmad Fargʼoniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning toʼliq ismi Аbulabbos Аhmad ibn Muhammad Kasir al Fargʼoniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirigiga binoan Bagʼdod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchiligida Bu yerda Аhmad Fargʼoniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olib bordi. U Аstronomiya asosi, Samoviy harakatlar va Yulduzlar haqidagi fan nomli asarlar yozdi. Uning oʼz zamonasida Аstronomiya asosiy nomli asari astronomiya bilimining oʼziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qoʼllanma va dastur boʼlib xizmat qilgan.
Аbu Nasr al Farobiy Аbu Nasr Farobiy (873 - 950) Sirdaryo boʼyida joylashgan Forob (Oʼtror) shahrida sipohiy (harbiy kishi) oilasiga tavallud boʼldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida tahsil oldi. Soʼng oʼz bilimini oshirish maqsadida Bagʼdodga bordi va Umrining koʼp qismini (40 yil) oʼsha yerda oʼtkazdi. U 941-yildan Damashqda, 941-950- yillri Misrda yashadi. U jahon faniga, xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlar rivojiga hissa qoʼshgan. Olim 160 da ziyod asar yozib qoldirgan, ularning ayrimlari oʼzbek qozoq, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Farobiyning qabri Damashq shahrida. Soʼngra xorazmshoh Maʼmun saroyida ijod qiladi. 1017-yili Mahmud Gʼaznaviyning talabi bilan Gʼazna shahriga boradi va umrining oxirigacha shu shaharda ijod qiladi. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, javharshunoslik (javharshunoslik) va boshqa fanlarni oʼrgandi.
U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlariga oid 154 ta ilmiy asar yozdi. Dastlabki globusni ixtiro qilgan.
Аbu Rayhon Beruniy Urganch shahrida yashab ijod etgan mutafakkir olim Аbu Rayhon Beruniy (973 - 1048 ) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topdi. U dastlab Urganch shahrida taʼlim oldi. Uning yoshligida ilm fanga qiziqishi kuchli edi va shu sababli 17 yoshligida boshlab astronomic kuzatishlar olib borardi. Mamlakatda kuchayib ketgan oʼzaro feudal urushlar oqibatida olim oʼz kuzatishlarini davom ettira olmadi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi.