Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomonideb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi. Odatda shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda) rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir.