Reja: Hujayra va hujayra nazariyasining yaratilishi



Yüklə 1,32 Mb.
tarix02.03.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#53294
Хужайра (2)

Xujayra


REJA:
  • Hujayra va hujayra nazariyasining yaratilishi.
  • Hujayraning tuzilishi va uning komponentlari.
  • Yadro va uning tuzilishi.
  • Yadro va hujayraning bo`linishi.

Hujayraning tuzilishi va uning faoliyati to`g`risidagi fan sitologiya deyiladi. Hujayra bu o`simlik tanasining mustaqil ko`payuvchi elementar strukturali va funksional birligi bo`lgan bir qismidir.

Hujayrani dastlab ingliz olimi R. Guk 1665 yilda kashf etgan. U buzina o`simligining qoplovchi to`qimasi – probkani ko`rayotib, unda bo`shliqlarni kuzatdi va ularni “kletka” deb atadi. Probka, asosan o`lik hujayralardan tuzilganligi sababli dastlab hujayra po`sti va uning tirik qismi orasidagi bog`liqlik to`g`risida noto`g`ri tasavvur hosil bo`ldi. Faqat XIX asrga kelib olimlar hujayraning ichki qismini jiddiy o`rgana boshladilar. 1833 yil ingliz botanigi R. Broun unda yadro borligini, 1839 yil chex fiziologi Ya. Purkine esa sitoplazmani kashf etdi. Hujayra shirasi haqida to`plangan materiallar nemis botanigi M. Shleyden va zoologi T. Shvannlarga 1838-1839 yillarda hujayra nazariyasini yaratish imkonini berdi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra nazariyasi o`simlik va hayvonlar umumiy kelib chiqishga ega ekanligini isbotladi. F. Engels bu kashfiyotni XIX asrda yaratilgan 3 buyuk kashfiyotning (energiyaning saqlanish qonuni, Ch. Darvinning eqolyusiya nazariyasi) biri deb atadi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib hujayra nazariyasini boyituvchi yangi ixtirolar qilindi. Aniq eksperimental tadqiqotlar yordamida hujayraning bo`linishi, hujayralar orasida esa sitoplazmatik bog`lanish mavjudligi isbotlandi. Shu asr oxiriga kelib sitologiya mustaqil fan sifatida shakllandi. Elektron mikroskopning kashf etilishi bilan esa hujayraning asosiy komponentlarini o`rganish imkoniyati tug`ildi.

Joylashgan o`rni va bajaradigan vazifasiga qarab hujayraning shakli va o`lchamlari turlicha bo`ladi. Aksariyat hollarda u ko`p qirrali bo`ladi. Erkin holatda esa sharsimon, yulduzsimon, silindrsimon shakllarda bo`ladi.



Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan o`rab turuvchi hujayra po`sti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra po`sti va vakuola uning o`lik qismi, protoplast esa tirik qismidir. Protoplast o`z navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Protoplastning faoliyati tufayli hujayra po`sti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir.

Elektron mikroskopda qaralganda, endoplazmatik to`r kanalchalarining tashqi yuzasida va bevosita sitoplazma qavatida yumaloq mayda tanachalarni ko`rish mumkin. Bular ribosomalar deb ataladi. Ular ribonuklein kislotaning (RNK) spiralsimon shaklli bir nechta molekulasidan tashkil topgan. RNK spirali o`rami orasida oqsil mulekulalari joylashadi va ular oqsil moddalarini sintezlab, muhim vazifani bajaradi. Oqsil sintezlanishi uchun ribosomalardagi RNK molekulalari hujayra yadrosidagi DNK molekulalaridan ajraladigan informasion RNK ning alohida molekulalari tomonidan aktivlashtirilishi kerak.



O`simliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi mitoxondriyalar bo`ladi. Ularning bo`yi 0,2-2,0 mkm gacha bo`lib, ko`pincha 0,6-0,8 mkm orasida o`zgarib turadi. Mitoxondriyalarning soni hujayrada juda ko`p bo`lib, o`rta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi.

Yadro bu irsiy belgilarni saqlaydngan va oqsil snntezini boshqaradigan markazdir. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi, agarda uni hujayradan ajratib olinsa darhol nobud bo`ladi. Odatda hujayrada bitta, ayrim suv o`tlari va zamburug`lar ko`p yadroli hujayralar bo`ladi. Bakteriya va ko`k-yashil suv o`tlarida shakllangan yadro bo`lmasdan, uning tarkibiga kiruvchi moddalar sitoplazmada, ya`ni ularning yadrosi sochma yoki diffuziya holatida bo`ladi.

NUKLEOPLAZMA bu kolloid qorishma bo`lib, unda xromosoma va yadrocha joylashgan. Nukleoplazma tarkibiga turli xil fermentlar, nuklein kislotasi kiradi.



Xromosomalar ikki xil holatda bo`lishi mumkin. Ishchi holatida ingichka ipga o`xshash bo`lib, modda almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ularni faqat elektron mikroskop yordamida ko`rish mumkin. YAdroning bo`linish davrida ular maksimal darajada yig`ilib qisqa va yo`g`on bo`ladi va yorug`lnk mikroskopida ham ko`rish mumkin bo`ladi. Ular genetik axborotlarni bo`lishtirish va tashish vazifasini bajaradilar va modda almashinuvi jarayonida qatnashmaydilar. Ximiyaviy tarkibi esa DNK va oqsildan iborat nukleoproteiddan tarkib topgan. DNK molekulalarining tarkibiy qismi – nukleotidlardir. Nukleotidlar 3 komponentdan: fosfat kislotasi, dizoksiriboza shakari va 4 ta azot birikmalari: adenin, guanin, timin, sitozinning biridan iborat.

Uyga vazifa :

YADRO VA HUJAYRANING BO`LINISHI va ko’payish turlari bo’uyicha testlar tuzish.Mavzuni qayta mustahkamlash uchun hujayra rasmini chizish.
Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin