Mоddаni tahlilgа tаyyorlаsh Mоddаni avvalo tahlilga tаyyorlаsh kеrаk. Bu ikki хil yo`l bilаn аmаlgа оshirilishi mumkin:
1. Tоzа mоddаning elementlar bo`yicha kimyoviy tаrkibini аniqlаsh tаlаb qilinsа;
2. Аrаlаshmаning tаrkibidagi moddaning miqdorini aniqlash talab qilinsa.
Birinchi yo`l bilan mоddаni tahlilgа tаyyorlаsh – uni qo`shimchаlаrdаn tоzаlаsh, ya`ni mоddаni kimyoviy tоzа hоlatga keltirishdan ibоrаtdir. Buning uchun оdаtdа mоddа qаytа kristаllаntirilаdi. Qаytа kristаllаsh tоzаlаnаdigаn mоddаni mumkin qаdаr kаm erituvchidа eritib, hоsil bo`lgаn eritmаni filtrlаsh, hаmdа filtrаtni sоvutib yangi kristаllаrni hоsil qilishdаn ibоrаt. Qаytа kristаllаshdаn tаshqаri mоddаni tоzаlаshdа sublimаtlаsh, hаydаsh usullаridаn fоydаlаnish hаm yaхshi nаtijа bеrаdi. Ikkinchi yo`l bilan mоddаni tahlilgа tаyyorlаsh uchun tаrkibi аniqlаnishi kеrаk bo`lgаn mоddаdan o`rtacha nаmunа, ya`ni tahlil qilinаdigаn mоddаning o`rtаchа tаrkibini tavsiflоvchi nаmunа оlinаdi. O`rtаchа nаmunа оlishning аsоsi shundаn ibоrаtki, o`rtаchа nаmunа tеkshirilаyotgаn mоddаning hаr qаyеridаn mutlаqо bеiхtiyor rаvishdа оlingаn ko`prоq qismlаridаn ibоrаt bo`lishi kеrаk.
Tortma tahlildagi hisoblashlar Tahlil natijasida olingan ma`lumotlar tekshirilayotgan modda massasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Buning uchun tekshirilayotgan modda namunasining massasini, hosil bo`lgan cho`kma massasini va uning kimyoviy formulasini aniq bilish kerak. Ayrim hollarda elementlarning foiz miqdoriga asoslanib tekshirilayotgan modda asosini tashkil etuvchi birikmaning kimyoviy formulasi keltirib chiqariladi. Boshqa hollarda texnik mahsulot tarkibidagi asosiy komponent miqdori aniqlanadi. Masalan, sotishga chiqarilgan bariy xlorid tarkibidagi BaC12∙2H2O miqdori yoki Ba2+ ioni miq-dori aniqlanadi. Bu ikkala hol uchun analizni o`tkazish tartibi bir xil, ammo tahlil natijasini hisoblash tartibi har xil bo`lishi mumknn. Buni misollarda ko`rib chiqamiz.
1-misol. Texnik bariy xlorid tarkibidagi sof BaC12∙2H2O miqdorini aniqlash. Tortim miqdori 0,5956 gr. Qizdirishdan so`ng olingan BaSO4 cho`kmasining massasi 0,4646 gr.
Yechish. Tahlil o`tkazish quyidagi reaksiya tenglamasiga asoslangan:
BaC12∙2H2O + H2SO4 = BaSO4 + 2H2O + 2HCl
244,30 233,40
Tahlil paytida hosil qilingan 0,4646 gr BaSO4 cho`kmasiga mos keluvchi BaC12∙2H2O miqdorini hisoblab topamiz. 244,30 g BaC12∙2H2O dan 233,40 gr BaSO4 hosil bo`ladi, x gr BaC12∙2H2O dan 0,4646 g BaSO4r hosil bo`ladi.
Tahlil uchun olingan texnik bariy xlorid tarkibidagi sof BaC12∙2H2O miqdorini foizlarda ifodalaymiz.
0,5956 gr texnik bariy xlorid 100% ni tashkil etadi.
0,4852 gr sof BaC12∙2H2O x%ni tashkil etadi.
Demak, texnik bariy xlorid tarkibida 81,83% sof BaC12∙2H2O bor ekan.
2-misol. Kimyoviy toza BaC12∙2H2O tarkibibdagi Ba2+ ioni miqdorini aniqlang. BaC12∙2H2O namunasining tortimi 0,4872 gr, qizdirishdan so`ng olingan BaSO4 cho`kmasining massasi 0,4644 gr.
Yechish. Avvalo hosil qilingan 0,4644 gr BaSO4tarkibidagi Ba2+ (uning atom mas-
sasi 137,4 gr)ioni miqdorini hisoblaymiz:
233,40 gr BaSO4 tarkibibda 137,40 gr Ba2+ bor
0,4644 gr BaSO4 tarkibibda x gr Ba2+ bor.
Analiz uchun olingan sof BaC12∙2H2O tarkibidagi Ba2+ ionning foiz miqdorini
hisoblaymiz:
Demak, sof BaC12∙2H2O tarkibida 59,09 % bariy ioni mavjud ekan.
Agar aniqlanayotgan element yoki ion olingan namuna holida emas, balki boshqa holatda aniqlanayotgan bo`lsa, tortma tahlildagi natijalarini hisoblash paytida qayta hisoblash faktorlaridan foydalaniladi. Qayta hisoblash faktori F aniqlanadigan modda atom (yoki molekulyar) massasining cho`kmadagi moddaning molekulyar massasiga nisbati bilan aniqlanadi. Qayta hisoblash faktori 1 gr cho`kmada aniqlanayotgan moddadan qancha borligini ko`rsatadi. Aniq holat uchun qayta hisoblash faktori quyidagicha topiladi:
Bariy ioni aniqlanayotgan bo`lsa, cho`kma va tarozida tortiladigan namuna BaSO4 formulaga ega bo`lsa, qayta hisoblash faktori, ya`ni analitik ko`paytuvchi quyidagncha topiladi:
Qayta hisoblash faktorining qiymatlari ma`lumotnomalarda berilgan. Tahlil natijalarini hisoblashda qayta hisoblash faktorining qiymati inobatga olingan tayyor formuladan foydalaniladi: