Reja: I. Kirish 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari. II. Asosiy qism



Yüklə 249 Kb.
səhifə8/11
tarix26.12.2023
ölçüsü249 Kb.
#198374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qo‘rg‘oshin silikatidan shisha olish va shisha mahsulotlari tayyorlash ham mumkin. Oddiy shishadan farqli ravishda, qo‘rg‘oshin silikatidan tayyorlangan shisha asosan qimmatbaho toshlarni o‘rnini bosuvchi bezak mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Qo‘rg‘oshin silikatidan tayyorlangan va qimmatbaho toshlarga o‘xshatib yasalgan toshlarni strazlar deyiladi. Qo‘rg‘oshin silikati shishasi shuningdek turli xil optik asboblar, xususan, mikroskop va teleskoplar uchun, hamda, ko‘zoynaklar uchun linzalar tayyorlashda ham keng qo‘llaniladi. Chunki, bunday shisha odatda juda tiniq va shaffof bo‘ladi. Qo‘rg‘oshinli shisha, tarkibi bitta qo‘rg‘oshin va bitta kislorod atomidan iborat bo‘lgan qo‘rg‘oshin monooksidini qum va kaliy karbonati bilan birga qizdirish yo‘li bilan olinadi.
Qo‘rg‘oshinning aksariyat birikmalari suvda erimaydi. Faqat, qo‘rg‘oshin atsetati, yoki, boshqacha nomi qo‘rg‘oshin shakari bo‘lgan birikmagina bundan mustasno. "Qo‘rg‘oshin shakari" deyilishining sababi, ushbu birikma shakar singari shirin ta'mga egaligidan bo‘lib, lekin bu juda-juda aldamchi, xiyonatkor shirinlikdir. Chunki, qo‘rg‘oshinning barcha birikmalari singari, qo‘rg‘oshin shakari ham zaharli modda bo‘lib, salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi.
Qo‘rg‘oshin yaqin o‘tmish zamonlarida ham metall sifatida unchalik katta qadr qozonmagan edi (ya'ni, u qimmatbaho metall sifatida qaralmagan). Chunki, uning rangi oltin yoki kumush singari jilvalanadigan emas, aksincha, xira va kulrang bo‘lib, boz ustiga, juda yumshoq va mo‘rt metall bo‘lgan uchun odamlarni unchalik ham o‘ziga jalb qilmagan. Odamlar qo‘rg‘oshinni keraksiz metall deb juda arzon-garov narxlarda oldi-sotdi qilishgan. Shekspirning "Venetsiyalik tujjor" asarida qahramonlardan biri - Portsiya ismli ayol qo‘lini so‘rab kelgan o‘z oshiqlariga yopiq turgan uchta sandiqchidan birini tanlashni taklif etadi. Kimda-kim, ichiga Portsiyaning portreti yashirilgan sandiqchani to‘g‘ri topib, ochsa, ayol o‘sha odamga turmushga chiqishini ma'lum qiladi. Tanlash uchun oshiqlarga havola qilingan sandiqchalarning biri tilla, ikkinchisi kumushdan bo‘lgan. Tabiiyki, ushbu metallar o‘sha zamonlarda boy-badavlatlik va mulkdorlik ramzi edi (hozir ham shunday  ). Uchinchi sandiqcha esa qo‘rg‘oshindan yasalgan bo‘lib, o‘sha paytlar bu metall kambag‘allik ramzi bo‘lgan. Ehtimol, Portsiya timsoli bilan Shekspir tashqi jilvaga qarab emas, ichki go‘zallikka e'tibor qaratish kerakligini shunday tasviriy ifodalamoqchi bo‘lgandir... Chunki, Portsiyaning portreti aynan qo‘rg‘oshin sandiqcha ichida bo‘lgan.
O‘tmishda odamlar qo‘rg‘oshinni faqat bitta jihati uchun - uning og‘ir metall ekani uchun oz-moz qadrlashgan. Haqiqatan ham, qo‘rg‘oshin temirdan ko‘ra deyarli 50% og‘irroq bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin kumushdan ham og‘ir. Lekin, uning og‘irligi oltin va platina metallarining og‘irligining yarmichasi ham kelmaydi. Biroq, qadimgi davrlarda nafaqat oddiy odamlar, balki, boy-zodagonlar ham oltin yoki platinani ko‘p miqdorda saqlashmagan va ayniqsa, ushbu qimmatbaho metallardan og‘irlik manbai (posangi) sifatida foydalanishni tasavvur ham qilishmagan. Shu sababli, o‘sha vaqtlarda qo‘rg‘oshin eng og‘ir metall bo‘lib hisoblanib, og‘ir narsa bilan bosish, yoki urish talab qilinadigan joylarda aynan qo‘rg‘oshindan tayyorlangan vositalardan foydalanishgan. Masalan, ushbu metalldan miltiq va to‘pponcha o‘qlari yasalgan. o‘q og‘irroq bo‘lsa, uning o‘ljaga yoki dushmanga yetkazadigan shikasti ham shunga yarasha bo‘lgan. Keyinchalik, o‘q-dori tayyorlashda qo‘rg‘oshinga biroz mishyak aralashtirilsa, o‘q qattiqroq bo‘lishi aniqlangan va shunday o‘qlar ishlab chiqarila boshlagan.
Qo‘rg‘oshinku mayli, ko‘p joyda arzon ruda holida mavjud bo‘lgani va metallning o‘zi odamlarni o‘ziga unchalik jalb qilmagani uchun, ancha arzon va qadrsiz metall bo‘lib yurgan. Lekin, unga nisbatan kamyob va ishlab chiqarilish jarayoni murakkabroq bo‘lgan qalay ham o‘tmishda negadir o‘ziga munosib qadr topmagan.
Qo‘rg‘oshinning foydali jihatlaridan biri shundaki, u atiga 328 °C dayoq eriydi. Metallar uchun bu nihoyatda past erish harorati sanaladi. Qalay esa undan ham past haroratda, ya'ni, 232 °C da eriydi. Mazkur ikki metall qotishmasi esa yanada past haroratdayoq eriy boshlaydi va shu xossasiga ko‘ra kimyo va fizika tajribaxonalarida qadrlanadi.
Texnikada oson eriydigan qotishmalarga muntazam ehtiyoj mavjud. Oson eriydigan qotishmalar tarkibida vismut, yoki, surma mavjud bo‘ladi. Shuningdek, aksariyat oson eruvchan qotishma tarkibida albatta qo‘rg‘oshin va qalay ham, yoki, bir vaqtning o‘zida ularning ikkisi ham mavjud bo‘ladi. Masalan, Vud qotishmasi 50% vismut, 25% qo‘rg‘oshin va 12,5% qalaydan tashkil topgan bo‘ladi. Gart nomli qotishmada esa 5% surma, 3% qalay va 82% qo‘rg‘oshin bo‘ladi.
Bir paytlar qalay va qo‘rg‘oshin qotishmasidan arzon idishlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Bunday idish tarkibining asosiy qismini qalay tashkil qilgan. Lekin, bu tajriba o‘zini oqlamadi va keyinchalik o‘z-o‘zidan tinchib ketdi.
Qalay va qo‘rg‘oshinni turli proporsiyalarda aralashtirish orqali payvandlash vositasi tayyorlanadi. Oson eriydigan va yumshoq payvand vositasi elektronika platalaridagi yo‘laklarda va asosan, elektronika-mikroelektronika sxemalarida payvandlash uchun ishlatiladi. Payvandlagich (payalnik) orqali bunday qotishmani qizdirib, keyin kerakli joyni ulash mumkin. Payvand modda sovigach, qotadi va ulangan qismga mahkam yopishadi. Bunday modda elektr tokini yaxshi o‘tkazgani bois, elektrotexnika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari va tuzatuvchi ustalarining ish stolidan muntazam va muqim joy olgan.
Davriy jadvalda kremniy va qalayning oralig‘ida atom raqami 32 bo‘lgan germaniy elementi joylashgan. Uni 1886-yilda olmon kimyogari Klemens Aleksandr Vinkler (1838-1904) tomonidan kashf etilgan. Vinkler o‘zi kashf etgan ushbu metallni vatani Germaniya sharafiga shunday nomlagan.
Germaniyning kashf etilish tarixi ham qiziq. 1869-yilda rus kimyogari D.I. Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalini ishlab chiqdi va undagi bitta ustunda joylashgan elementlar o‘zaro o‘xshash kimyoviy xossalarga ega bo‘lishini fahmlab qoldi. o‘sha paytda kimyoviy elementlarning hammasi ham kimyogarlarga ma'lum emasdi va ularning aksariyatining mavjudligini olimlar taxmin ham qilishmasdi. Biroq, Mendeleyev davriy jadvalida bo‘sh kataklar bo‘lib, bu tabiatda hali kashf etilmagan elementlar mavjudligini bildirgan.
1871-yilda Mendeleyev davriy jadvaldagi bo‘sh kataklar bir kun kelib albatta to‘lishini, ya'ni, hali olimlarga noma'lum elementlar albatta kashf etilishini ma'lum qildi. Misol sifatida uchun uchta bo‘sh katakni ko‘rsatib, ushbu kataklarni to‘ldirishi lozim bo‘lgan elementlar qanday xossalarga ega bo‘lishi haqida aniq ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirdi. U jumladan, qalay va kremniy orasida joylashishi lozim bo‘lgan va hozircha kashf etilmagan element haqida ham gapirib o‘tgan. Mendeleyevning o‘zi o‘sha hozircha noma'lum elementni ekakremniy deb nomlagan. Eka - sanskrticha so‘z bo‘lib, 1 raqamini bildiradi. "Ekakremniy" atamasi esa, "kremniydan keyingi birinchi element" degani bo‘lgan. U mazkur elementning taxminiy xossalarini, kremniy va qalaynikidan kelib chiqib aytib bergan.
Tez orada, Mendeleyev bashorat qilgan o‘sha uchala element haqiqatan ham kashf etildi va ularning kimyoviy va fizik xossalari u olim bashorat qilgani bilan bir xil bo‘lib chiqdi. o‘sha uchun element ichida eng oxirgi bo‘lib germaniy kashf qilingan va shu orqali, davriy jadvalning to‘g‘ri ekani va Mendeleyevning haq ekani qat'iy isbotlangan.
XX-asrning ikkinchi yarmiga kelib, germaniy elementi butun dunyoni o‘zgartirib yuborgan kashfiyotlardan biri uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Germaniyga maxsus birikmalar qo‘shilsa, u muayyan sharoitlarda elektr tokini faqat bir tarafga o‘tkazadigan bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, u yarimo‘tkazgich hamda, kuchaytirgich sifatida ishlay boshlaydi. Bunda, germaniy zaif toklarni kuchaytirib beradi va elektronika sxemalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, buning uchun germaniy bo‘lagi imkon qadar sof bo‘lishi kerak va unda ayniqsa mishyak aralashmagan bo‘lishi kerak. Milliarddan bir qism mishyak ham germaniyning tokni kuchaytirish va yarimo‘tkazgich xossalarini chippakka chiqaradi. Germaniyning ushbu o‘ta muhim xossasidan elektronika va mikroelektronikadagi eng muhim elementlardan biri bo‘lgan - tranzistorlarni tayyorlashda foydalaniladi. Tranzistorlar esa - axborot asrini boshlab bergan va insoniyat sivilizatsiyani yangi yo‘nalishga - axborotlashtirish erasiga burib yuborgan eng buyuk ixtirolardan biridir.


Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin