2.3.Tuproq strukturasi va mexanik tarkibi Tuproq turlarining morfologik tuzilishi va mexanik tarkibini aniqlash Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida tuproqning ona jinslaridan farq
qiladigan muhim qator tarkibiy qismlari, xossalari va belgilari yuzaga keladi. Bu
o‘zgarishlar tuproqning profilida o‘z aksini topadi. Tuproq profili-tuproq genetik
gorizontlarining tik yo‘nalishi bo‘yicha almashlab turish natijasida yuzaga
keladigan tashqi qiyofasi hisoblanadi. Tuproq profilini tashkil etuvchi genetik
gorizontlar o‘ziga xos tashqi morfologik tuzilishi bilan ajralib turadi. Ana shu
belgilar asosida tuproqning ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda
tuproq paydo bo‘lish jarayonlarning borishi va uning jadalligi haqida umumiy
tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Tuproqning asosiy morfologik tuzilishiga: tuproq profilning ko‘rinishi,
tuproq va uning alohida gorizontlarining qalinligi, rangi (tusi), mexanik tarkibi,
strukturasi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi singarilar kiradi.
Tuproq profili qator genetik gorizontlardan iborat. Tuproq gorizontlari
tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida paydo bo‘ladigan yer yuzasiga parallel
yo‘nalgan deyarli bir xil tuzilishi hamda o‘zining morfologik tashqi belgilari bilan
ajralib turuvchi tuproq qatlamidir. Reliktivlik bir nechta reliktiv belgilar yoki reliktiv genetik gorizontlar yoki butun profilni relektiv bo’lishi bilan ifodalanadi. Butun profil bo’yicha reliktivlik ifodalanganda profil o’tgan tuproq hosil bo’lish jarayonlarining tavsifli belgilarini o’zida ifodalagan bo’ladi. Tuproqning kam sonli qoldiq belgilariga tog’ jinslarining katta bo’laklari (valunlar), flora va fauna qoldiqlari misol bo’ladi. Relikt gorizontlarga turli xil akkumulyativ gorizontlar: karbonatli, sulfatli, gumus to’planish gorizonti, temirli panserlar va h.k. kiradi. Kashtan tuproqlarning qoldiq sho’rtobliligi, sho’rlanganligi, sazli sho’rtoblarning qora tuproqli o’tloq stadiyasidan qolgan yuqori gumuslanganligi, bo’z tuproqlarni qoldiq taqirli xossasi, sho’rxoklarni solodlanganligi – bu reliktiv belgilar profil xarakteriga ega. Ular oldin mavjud bo’lgan profil ustida yangi tuproq profili paydo bo’lganligi to’g’risida guvohlik beradi. Bu holat butun yoki deyarli butun profil bo’ylab namoyon bo’ladi.
Ko’pincha reliktiv belgilar gidrologik rejim yoki iqlim almashinishi natijasida va uning ta’sirida tuproq profilini o’zgarganligini, metamorfozlanganligini bildiradi. Gidrologik rejimdagi o’zgarish muzlik davri va muzliklararo davrni navbatlanishi (almashinishi) yoki hududni erozion siklda rivojlanishi, iqlim o’zgarishlari, yerni quritish yoki sug’orish meliorasiyasi hisobiga yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.
Suv akkumulyativ tekisliklar tuproqlariuchun paleogidromorfizm belgilari xarakterli, bu belgilar ushbu tekisliklarni oldin erigan muz suvlari bilan ancha yuqori suvlanganligi (namlanganligi) hisobiga kelib chiqqan. Amerika, Yevropa va Osiyoning buyuk teaisliklari to’rtlamchi davr davomida muzliklar va muz suvlarining faoliyati bilan yuzaga kelgan. Muz suvlarining yirik oqimlari chekka joylardan yumshoq oqiziqlarning o’lkan massasini yuvib, oqizib olib kelib tashlagan. Yuqori suvlilik (namlik) sharoitda tuproq hosil bo’lishining birinchi stadiyasi (bosqichi) suv osti tuproq hosil bo’lishi, keyin gidromorf tuproq hosil bo’lish bo’lib, ular yuza va sizot suvlarining ta’siri bilan bog’liq. Hududni asta-sekin qurib borishi moddalar balansi va tuproq hosil bo’lishda evolyusiyani keltirib chiqaradi, hududni elyuvial, tranzit va akkumulyativ landshaftlarga bo’laklanishiga olib keladi. Lekin birinchi gidromorf bosqich izlari (belgilari) tuproq xossalarida saqlanib qoladi.
Quruqlikning boshqa tipdagi tekisliklari buyuk delta-allyuvial tekisliklari hisoblanadi. Masalan, Amazon, Kaspiy bo’yi, Turon, Sharqiy-Xitoy tekisliklari hisoblanadi. Bu tekisliklarda tuproq hosil bo’lishi gidromorfizm sharoitida boshlangan va shu sharoitda uzoq davom etgan. Bu tekisliklarning sizot suvlari bilan bog’liq bo’lmagan hozirgi tuproqlarida paleogidromorfizm belgilari aniq ko’rinib turibdi. Moddalarni gidrogen akkumulyasiyasi orqali nafaqat akkumulyativ tekisliklar tuproqlari o’tgan, balki tabiatda delyuvial, nishabli gidromorfizm, moddalarni elyuvial landshaftlardan akkumulyativ landshaftlarga yuza va tuproq ichi orqali olib kelinish hodisalari juda keng tarqalgan. Shuning uchun gidrogen boyitilgan tuproqlarni tranzit landshaftlarda denudasion tekisliklar yuzasida va tog’li mamlakatlarda uchratish mumkin.
O’tgan zamonda (davrda) tuproq juda yuqorinamlanganliga (suvlanganligi) to’g’risida guvohlik beradigan begilar mavjud. Boshqa xossalarni paleogidromorf deb faqat oldingi ridromorfligi to’g’risidagi taxminni tasdiqlaydigan hududni paleogeografik analiz bilan bog’liq holda aytish mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim hollarda yuqori namlik (suvlanganlik) gidrogen akkumulyasiyani keltirib chiqarmaydi, masalan bu ko’pchilik tundra tuproqlarida kuzatiladi. Gidromorflikning so’zsiz (shartsiz) reliktlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Periglyasial oblastlarda (joylarda) tuproqda yirik bo’lakli material bo’lishi, masalan, tuproqda tog’ jinslarining yirik bo’laklari-valunlar bo’lishi. Ukraina lyosslarida rivojlangan tupoqlarda tuproqlarda valunlarni bo’lishi lyossni oqayotgan suv bilan yotqizilganligini bildiradi, chunki faqat suv jinslarning yirik (katta) bo’laklarini oqizib kelishga qodir.
Galka, chaqirtosh, graviy, qum qatlamlarining mavjudligi. Prolyuvial tekisliklarda ayniqsa ko’p uchraydi.
Profilning qatlamliligi.
Gidrofil flora qoldiqlari (qamish ildizi qoldiqlari) va mollyuskalar chig’onoqlari. Tuproqda qisqichbaqali gorizontlar va ildiz gorizontlarini qoldiqlari. Masalan. Azov bo’yi qora tuproqlarini liman tuproqlardan kelib chiqqanligi to’g’risida xulosa qilishga imkon beradi.
Tuproq profilining o’rta va pastki qismida ochrang, ko’kish, yashil rangli sariqtob qizil dog’li gleyli gorizontlar mavjudligi.
Quyidagi belgilarni ma’lum bir cheklovlar bilan gidromorfizmning reliktlarideb hisoblash mumkin:
Tuproqda gips va oson eruvchan tuzlar akkumulyasiyalangan gorizontlarning mavjudligi, agarki ular birlamchi sho’rlangan tub jinslarda rivojlanmagan bo’lsa
Marganesli-temirli parda (plenka), bo’lak va konkresiyalar yoki temirni ortzand yoki pansirni ularni illyuviallanish yo’li bilan hosil bo’lish imkoniyati mavjud bo’lmagan sharoitda mavjudligi. Masalan tipik qora tuproqda kichik temir-marganesli konkresiya va yirik bo’laklarni bo’lishi bu qora tuproq oldin o’tloq bosqichini o’taganligini bildiradi.
Kalsiy va magniy karbonatlarni hamda SiO2 kvarsni akkumulyasiyali gorizontlarini mavjudligi, agarki akkumulyativ gorizontlarda bu moddalarning miqdori tuproq profilining yuqori qismidan illyuviallangan bo’lishi mumkin bo’lgan miqdorga nisbatan ancha yuqori bo’lsa. Bunday holatda karbonatlar va kremniyning akkumulyasiyasi faqat sizot suvlari bilan ularni olib kelinishi hisobiga yuzaga kelgan bo’ladi.
Temir (3) va alyuminiy oksidlari, qumtuproq (SiO2), ohak, loy sementlangan zichlashgan qatlamlarning mavjudligi, agarki sementlovchi moddalar miqdori tuproq profilining yuqori qismidan illyuviallashgan bo’lishi mumkin bo’lgan miqdordan sezilarli yuqori bo’lsa.
Montmorillonit yoki amorf loyning katta qismda bo’lishi va tuproq massasini birikib bir butun holatda bo’lishi (tirqishlanganligi, bo’kishi, yopishqoqligi) birgalikda rivojlanishning gidromorf stadiyasi bo’lganligini paleogeografik isboti bo’ladi(hisoblanadi).
Paleogidromorflik to’g’risida gumus miqdorini yuqoriligi, mikroelementlar bilan boyiganligi va boshqa xossalar ma’lumot (guvohlik) berishi mumkin. Odatda, tabiatda gidromorfizm belgilari birgalikda aralash holda uchraydi. Agar shu belgilar bilan birga geografik holat hududni oldingi davrda ancha suvlanganligini bildirsa, unda tuproqni paleogidromorfligini ishonch bilan aytish mumkin. Paleogidromorf xossalar juda aniq ifodalangan tuproqlarga Tambov pasttekisligidagi tipik qora tuproqlar misol bo’la oladi. Bu tuproq gumus va mikroelementlar zahirasi, karbonatlar miqdori bo’yicha O’rtarus balandliklaridagi qora tuproqdan ancha ishonarli ustun. O’rtarusdagi balandliklaridagi qora tuproqlar gidromorfizm bosqichini o’tagan bo’lsa ham qisqa davrda o’tagan. Kalsiy va magniy karbonatlarni ular akkumulyasiyalangan (to’plangan) gorizontlardagi miqdori profilning yuqorgi qismlaridan yuvilib kelishi mumkin bo’lgan miqdordan ancha yuqori. Tipik qora tuproqning butun profili bo’ylab marganes va temirning mikrokonkresiyalari uchraydi, tuproq suvda eruvchan tuzlarning katta bo’lmagan miqdorini ( quruq qoldiq bo’yicha 0,2%) saqlaydi, juda kam hollarda kremniy kvarsining kichik bo’laklari kam bo’lsada uchraydi. Loy minerallarining tarkibida montmorillonit katta rol o’ynaydi, uning mavjudligi tuproqni yorilishini keltirib chiqaradi. Singdirilgan kationlar tarkibida almashuvchan kaliyning bir muncha miqdori (almashinish sig’imiga nisbatan 0,2-0,8%) mavjud. Bayon etilgan qora tuproqlar yassi, hozirgacha kuchsiz drenajlangan pasttekisliklar chegarasida tarqalgan, ularning suvlanganligi (namlanganligi) sezilarli yuqori bo’lgan va muzliklarni erish davrida drenajlanganligi hali kuchsiz bo’lgan.
Tuproq xossalari va hozirgi tuproq hosil bo’lish sharoitlari o’rtasidagi mos kelmaslikka boshqa bir misol bo’lib tuproq hayotida tuproq sizot suvlarining rolini hozirgi paytda kuchayishidir. Masalan, G’arbiy Sibirda o’tloq tuproqlarda xuddi Tambov pasttekisligidagi qora tuproqlardagi kabi juda ko’p krotovinlar mavjud. Krotovinlar sizot suvlari sathidan pastda, ya’ni sizot suvi ichida hosil bo’lishi mumkin emas. Ularning mavjudligi tuproq sizot suvlarining sathi ancha chuqurlikka pasaygan paytda kserotermik fazada yuz bergan. Iqlim sharoiti o’zgarganda tuproqning ko’pchilik xossalari uzoq vaqt o’zgarishsiz qoladi va ularga qarab o’tmishdagi sharoitlar to’g’risida aytish mumkin. Bunday xossalarga o’rmon shimol tomonga siljigandagi isish davrida shakllangan tundra tuproqlaridagi podzol gorizontning mavjudligi kiradi.
Iqlimni sovuqlashish va namlanish tomonga o’zgarishini isboti bo’lib Ob bo’yi Tomsk podzol tuproqlarida ikkinchi gumus gorizontining mavjudligi hisoblanadi.
Natijada quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
Yer sharining katta qismida tuproq qoplami hayotining davomiyligi ming yillar va . маган миқдорини ( қуруқ қолдиқ бўйича 0,2%) сақлайди, жуда кам ҳолларда кремний кварцининг кичик бўлаклари кам бўлсада учрo’n ming yillar bilan hisoblanadi.
Bu uzoq davrda tuproqlar rivojlanmagan holatdan rivojlangan holatgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi va tabiiy sharoitni almashinishi ta’sirida bir necha marta o’zgaradi.
Tuproq profili hozirgi tuproq hosil bo’lish sharoitlariga adekvat emas, ular o’zidan oldingi rivojlanish bosqichida hosil qilgan xossalarini saqlaydi.
Podzol tuproqlarning kelib chiqishi haqidagi qator faraziya va nazariyalar V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev va N.M.Sibirsev tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularning fikricha mazkur tuproqlar o’rmon o’simliklari ishtirokida hosil bo’ladigan chirindi kislotalarning ta’sirida shakllanadi.
Keyinchalik podzollanish jarayoni haqida K.K. Gedroys va V.R.Vilyamsning qarashlari yuzaga keldi. K.K.Gedroys bo’yicha podzollanishning eng muhim omili suvdagi vodorod ionlari hisoblanadi. Vodorod tuproq tarkibidagi almashinuvchi asoslarni singdirish kompleksidan siqib chiqaradi hamda tuproqning to’yinmagan holati yuzaga keladi. Natijada tuproqning singdirish kompleksi parchalana boshlaydi. Gedroysning fikricha suv va undagi vodorodning agressiv ta’siri erigan karbonat angidridi tufayli, yanada kuchayadi. Shunday qilib, Gedroys podzollanish jarayonida suvdagi vodorod va karbonat angidridning roliga ancha yuqori baho beradi.
V.R.Vilyams podzollanish jarayoni o’rmon to’shamasining zamburug’lar ta’sirida chirishidan hosil bo’ladigan o’ziga xos-spesifik organik kislota ya’ni kren kislotasi ta’sirida yuzaga keladi, deb ko’rsatadi.
Podzollanish jarayoni haqidagi hozirgi zamon qarashlar I.V.Tyurin, N.P.Remezev, S.P.Yarkov, A.A.Rode, V.V.Ponomerova va boshqa olimlarning asarlarida yanada rivojlantirildi. To’plangan faktik materiallar asosida podzollanish jarayoni hozirgi vaqtda quyidagicha tushuntiriladi. O’rmonlardagi daraxtlardan tushadigan yaproqlar, shox shabbalar tarzidagi xazonlar va moxli buta o’simliklari har yil tuproq ustida to’planib o’rmon to’shamasini hosil qiladi. Daraxtlarning turiga, yoshiga, qalin yoki siyrak joylashishiga va chirish darajasiga ko’ra to’shama qalinligi bir necha mm dan 10 sm gacha va undan ham ortiq bo’ladi. To’shamaning har yilgi miqdori igna bargli daraxtlar ostida gektariga 3-5 tonnani tashkil etadi. O’rmon to’shamasi kislotali reaksiyaga ega bo’ladi. Undagi kislotalilik darajasi o’simlik tarkibidagi kul moddalari miqdoriga bog’liq. Kul qanchalik kam bo’lsa, kislotalilik shuncha yuqori bo’ladi. O’rmon to’shamasi tarkibida oshlovchi moddalar singari organik kislotalarning ko’pligi turli bakteriyalarning faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ham bunday sharoitda o’rmon to’shamasi mog’or zamburug’lari ta’sirida chiriy boshlaydi, O’rmon to’shamasi parchalanganda nordon fulvokislota va unga yaqin bo’lgan qo’ng’ir gumin kislotalari hosil bo’ladi. Bu kislotalarning bir qismi asoslari bilan neytrallashadi, ko’pchilik qismi esa tuproqning mineral qismiga kirib boradi. Kislotali harakterdagi tuproq eritmasi va o’rmon to’shamasidan hosil bo’ladigan organik kislotalarning tuproq yuqori qismiga ta’sir etishi natijasida, bu yerda podzol (elyuvial) A2 gorizont yuzaga keladi.