II.1.Erkin variatsiyaning paydo bo’lishi
Erkin variatsiyalar XIX asr o‘rtasida romantik-kompozitorlar ijodida yuzaga keldi.Erkin variatsiyalarda mavzu strukturasi (shakli), garmoniyasi, tonalligi o‘zgarishi mumkin. Ayrim variatsiyalarda mavzudan butunligicha foydalanilmaydi, balki uning alohida aylanmalaridan foydalaniladi, ular birinchi o‘ringa chiqadi va maxsus rivojlantirish ob'ektiga aylanadi.
Variatsiyalar qaysi bir melodik aylanmalarning, hattoki mavzuda ham emas, balki oldingi variatsiyalardan birida paydo bo‘lgan ohang rivojlovida qurilishi mumkin – bular “variatsiyaga variatsiya) deb nom olgan.
Mavzu ko‘pi ozi bilan u qadar bog‘liq bo‘lmasdan, turli xarakterdagi miniatyuralar zanjirini yaratish uchun sabab bo‘la oladi. Variatsiyalar bunda shu qadar indivedual xususiyatlarga ega bo‘ladiki, ularni turli janrlarda – valьs, mazurka, marsh ko‘rinishida yozish mumkin bo‘lib qoladi.
II.2. Erkin variatsiyaning tuzilishi
Erkin variatsiyalarning alohida turi – janrli variatsyailar yuzaga keladi. Erkin variatsiyalarni yaxlit bir butunlikka jamlashda kontrastlik tamoyili katta rol o‘ynay boshlaydi, bu esa janr rang-barangligi va ayrim variatsiyalarning individuallashuvi bilan uyg‘unlashib, butun turkum xarakterini syuitaga yaqinlashtiradi.
Erkin variatsiyalar mavzusi xarakteriga ko‘ra qat'iy variatsiyalardan ko‘p ham farq qilmaydi. U yarim kadansda tugallanishi bilan yopiq bo‘lishi mumkin; shu tufayli ayrim variatsiya shakllari ham yoyiq bo‘lishi mumkin (R.Shuman, “Simfonik etyudlar”).
II.3. Erkin variatsiyalarda mavzuni rivojlantirish usullari
1. Erkin variatsiyalarning eng tipik qirrasi – ularda mavzuning yaxlit emas, balki fragment (lavha) ko‘rinishida qo‘llanishi; variatsiya asosini mavzuning alohida elementlari (unsurlari) tashkil qila oladi. Ohang-mavzuviy rivojlantirish yo‘li bilan o‘z tonal rejasiga, o‘zining mavzudan mutlaqo farq qiladigan garmoniya va shakliga va h.k. ega bo‘lgan mustaqil pьesa-miniatyura yaratiladi.
Bunday variatsiyalarda mavzu elementlarini ritmik o‘zgartirish katta rol o‘ynaydi, u tufayli qo‘shiq intonatsiyalari raqs, skertso kabi jaranglashi mumkin (yoki aksincha), bu janrli variatsiyalarda muhim ahamiyatga ega.
2. Variatsiya asosini mavzu emas, balki mavzuning oldingi variatsiyalaridan biridagi qayta ishlanmasidan olingan yangi mavzuviy komponentlardan biror bir element tashkil etadi (“variatsiyaga variatsiya”) (R. Shuman. Sonata f-voll, III qism).
3. Variatsiyalash asosan mavzu shaklini (strukturasini) kengaytirish yoki qisqartirish tomon o‘zgartirish so‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan, P.Chaykovskiyning “Buyuk artist xotirasiga” triosining ikkinchi qismida ikki qismli shakl mavzu shaklini qo‘shilishi bilan uchinchi qismda uch qismliga aylantirilgan. P. Chaykovskiyning №3 syuitasi finalida mavzuning uch qismli shakli oltinchi va yettinchi variatsiyalarda uch qismliga o‘tadi.
4. Variatsiyalarning turkumda joylashuvi asosan kontrast tamoyiliga bo‘ysundiriladi. Yonma-yon joylashgan variatsiyalar, odatda, bir-biri bilan xarakteri, sur'ati janrli variatsiyalarda esa janriga ko‘ra ham kontrast hosil qiladi. Qat'iy variatsiyalarda kuzatilmaydigan tonal kontrastning qo‘llanishini ta'kidlag juda muhim. Erkin variatsiyaon turkumdagi variatsiyalar turli tonalliklarda, ba'zan mavzu tonalligidan juda uzoq tonalliklarda ham yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |