Reja: I kirish II asosiy qism II erkin variatsiyaning paydo bo’lishi II erkin variatsiyaning tuzilishi II erkin variatsiyalarda mavzuni rivojlantirish usullari II turkum tuzilishida variatsiyalardagi mavzuning o‘zgarishi III


II.4.Turkum tuzilishida variatsiyalardagi mavzuning o‘zgarishi



Yüklə 122,61 Kb.
səhifə3/3
tarix10.11.2022
ölçüsü122,61 Kb.
#68289
1   2   3
NAZARIYA

II.4.Turkum tuzilishida variatsiyalardagi mavzuning o‘zgarishi.

Turkum tuzilishida variatsiyalardagi mavzuning o‘zgarish darajasi ham rol o‘ynaydi. Erkin variatsiyalar uchun oxiridan oldingi variatsiyada, odatda, vazmin sur'atdagi variatsiyada mavzuni eslatish juda xos sanaladi, undan keyin keluvchi finaldi mavzuga yaqinlik kam bo‘ladi.


Final ko‘pincha turkumni tugallovchi hamda asosiy tonallikka yoki mavzuga nomdosh tonallikka qaytaruvchi mustaqil pьesa bo‘lib, murakkab shaklda yoziladi, to rondodan (masalan, Shuman. “Simfonik etyudlar”, final) va hatto sonatagacha (masalan. P.Chaykovskiyning “Buyuk artist xotirasiga” triosi, variatsiyalar finali).
Variatsiyalar qaysi bir melodik aylanmalarning, hattoki mavzuda ham emas, balki oldingi variatsiyalardan birida paydo bo‘lgan ohang rivojloviga qurilishi mumkin – bular «variatsiyaga variatsiya» deb nom olgan.
Mavzu ko‘pi o‘zi bilan u qadar bog‘liq bo‘lmagan, turli xarakterdagi miniatyuralar zanjirini yaratish uchun sabab bo‘la oladi.
Variatsiyalar bunda shu qadar individual xususiyatlarga ega bo‘ladiki, ularni turli janrlarda –vals, mazurka, marsh ko‘rinishida yozish mumkin bo‘lib qoladi. Erkin variatsiyalarning alohida turi – janrli variatsiyalar yuzaga keladi.
Erkin variatsiyalarni yaxlit bir butunlikka jamlashda kontrastlik tamoyili katta rol o‘ynay boshlaydi,bu esa janr rangbarangligi va ayrim variatsiyalarning individuallashuvi bilan uyg‘unlashib,butun turkum xarakterini syuitaga yaqinlashtiradi.
III. Xulosa

San’atshunoslikning bir sohasi musiqashunoslikdir. U o‘z navbatida quyidagi bilim sohalarini qamrab oladi: musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy etnografiya, musiqiy tanqid, musiqiy akustika, musiqiy psixologiya va boshqa sohalar. Musiqa nazariyasi ilmiy va o'quv fanlarning majmuasi bo‘lib, musiqaning elementar nazariyasi, garmoniya, musiqiy shakl, polifoniya, solfedjio, cholg‘ulashtirish kabi fanlardan iborat va musiqani nazariy nuqtai nazardan o‘rganadi. Mazkur fanlarning umumiy vazifasi - musiqani idrok etish, uni tushunish, uning tabiati, imkoniyatlari va tinglovchilarga ta’sir qilish mexanizmini anglashga yordam berishdir.



Erkin variatsiyalar XIX asr o‘rtasida romantik-kompozitorlar ijodida yuzaga keldi.Erkin variatsiyalarda mavzu strukturasi (shakli), garmoniyasi, tonalligi o‘zgarishi mumkin. Ayrim variatsiyalarda mavzudan butunligicha foydalanilmaydi, balki uning alohida aylanmalaridan foydalaniladi, ular birinchi o‘ringa chiqadi va maxsus rivojlantirish ob'ektiga aylanadi.
Variatsiyalar qaysi bir melodik aylanmalarning, hattoki mavzuda ham emas, balki oldingi variatsiyalardan birida paydo bo‘lgan ohang rivojlovida qurilishi mumkin – bular “variatsiyaga variatsiya) deb nom olgan.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Urmanova L., Trigulova A., Ibrahimjanova G. Musiqa nazariyasi. - Toshkent, Nizomiy nomidag TDPU, 2013.
2. Ibrohimjonova G.A., Yuldoshev U.Yu. Musiqa nazariyasi. - Adabiyot uchqunlari. 2018.
3. Mark Feezell. Music Theory Fundamentals .- High-Yield Music heory, vol. 1. Copyright © 2011 All Rights Reserved.
4. Michael Pilhofer and Holly Day. “Music Theory for dummies”. - Indiana USA 2007 Wiley Publishing Inc.
5. Ostrovskiy A.L.,Solovьev CH., Shokin V.P. Solьfedjio. - M., “Muzыka”, 2013
Yüklə 122,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin