Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qardosh xalq yozuvchilari ijodini o’rganish.
REJA:
I.Kirish .
II.Asosiy qism.
1. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati
2. Qardosh xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning bolalarga atab yozgan asarlari
3. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qardosh xalq yozuvchilari asarlaridan foydalanish
III.Xulosa .
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.
MUNDARIJA:
I.Kirish ……………………………………………………………….
II.Asosiy qism………………………………………………………..
1. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining ahamiyati ………………….
2. Qardosh xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning bolalarga atab yozgan asarlari ………………………………………………………………………………..
3. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qardosh xalq yozuvchilari asarlaridan foydalanish ………………………………………………………………….
III.Xulosa ………………………………………………………………
IV.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………..
KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Sh. M. Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o‘gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir.Sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki-asosiy bo‘limga ajratiladi.
1-boshqichda o‘qish doirasi,ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o‘quv materiallari asosida bilim,ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat standartlari va o‘quv dasturiga ko‘ra 1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashq’ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi.Sinfdan tashqari o‘qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod o‘rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf o‘quvchilariga kitob bilan muamola qilish,kitob o‘qish qolidlari, kitobni asrash,asar qhramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish,ijobiy tamonlarni o‘rgamnish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish, bilim,ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o‘quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi.O‘qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o‘stiradigan kitoblarni o‘qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning go‘zal shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,o‘tmishi,insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi.2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining yordami va topshirrigi asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar.Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o‘qish darlari o‘tkaziladi.Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,o‘simliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o‘qituvchi topib,tanlab o‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qiladi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg’ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslari ikki harflarda bir marta o‘tkaziladi.Bu sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni o‘qish darslari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi.Bu sinflarda o‘qituvchi sinf kutubxonasiga kerakli bo‘lgan o‘quvchilar yoshiga mos kitoblarni to‘plashni davom ettiradi.Sinfdan tashqari o‘qish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommsbop asarlar mustaqil ravishda va izchil oqib borilsagina,o‘quvchilarning dunyoqarasglarini kengaytirishga,shakllantirishga xixmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat uyg’otish,boglanishli nutqni o‘stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning go‘zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko‘rsatadi.Bolalar adabiyoti o‘quvchilarga jonajon o‘lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan voqelikni,bolalarning o‘yinlarini tushunshga o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |