Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Qo‘shilgan qiymat solig‘i (O‘O‘S)



Yüklə 48,35 Kb.
səhifə3/5
tarix21.05.2023
ölçüsü48,35 Kb.
#119088
1   2   3   4   5
Materiallar hisobi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (O‘O‘S) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. O‘O‘S 20 foizlik stavkada undiriladi.
O‘O‘S ikki xil usulda hisoblanadi:

  1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula buyicha aniqlanadi:

SO‘O‘S = STob * SS/100;
Bunda: SO‘O‘S iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; STob - soliqqa tortiladigan oborot;
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.

  1. Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida — soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

SO‘O‘S = Tq*SS/(SS+100); (2)
bunda: Tq qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati.
Masalan, «Bobur» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so‘mlik material sotib oldi. O‘O‘S summasi quyidagicha bo‘ladi:
1- holat bo‘yicha:
O‘O‘S summasi=(200000*20)/100=40000 so‘m. 2-holat bo‘yicha:
O‘O‘S summasi=(200000*20)/(100+20)=33333,(33) so‘m.
Moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha to‘lanadigan O‘O‘Sni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» hisobvarag‘idan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan O‘O‘S summasi 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» hisobvarag‘idan 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘iga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o‘tkaziladi.
Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so‘mlik material qabul qilib oldi. O‘O‘S- 20000 so‘m. Jami – 120000 so‘m. Ushbu muomalaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

  • sotib olingan material qiymatiga- 100000 so‘m:

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 100000 so‘m
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 100000 so‘m.

  • hisoblangan O‘O‘S summasiga-20000 so‘m:

D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 20000 so‘m
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 20000 so‘m.

  • Mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazib berilganida:

D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - 120000 so‘m K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 120000 so‘m.
Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, O‘O‘S 9000 so‘mga teng:
(45000*20)/100=9000 so‘m.
Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 9000 so‘m K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» - 9000 so‘m.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish

Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi ularning ishlab chiqarish zahiralari inventarizatsiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMA va
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.
Inventarizatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zahiralarining natura va qiymat ko‘rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat. Inventarizatsiya qilish natijasida boyliklarning to‘g‘ri saqlanishi va berilishi, tarozi va o‘lchov asboblarining holati, hisob yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini, ularni saqlash shart-sharoitlarini va omborda hisobga olish ahvolini nazorat qilish uchun inventarizatsiyalar o‘rtasidagi davrda muntazam tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizatsiyalash o‘tkazilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart:

  • korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat korxonasini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;

  • tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida;

  • moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;

  • talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganida;

  • yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida

  • korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.

Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizatsiya yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan, o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo‘linishi mumkin. Inventarizatsiyani o‘tkazishga korxona rahbari va bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish inventarizatsiya qiluvchi ishchi komissiyalar tomonidan moddiy javobgar shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Inventarlash davrida moddiy boyliklarning mavjudligi tarozida tortish, o‘lchash usuli bilan aniqlanadi va ro‘yxatda rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatni moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
Inventarizatsiya qilish natijasida materiallar bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasidagi farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan haqiqiy mavjud mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks ettiriladi:
Masalan, «Bobur» hissadorlik jamiyatida hisobot yilida 24000 so‘mlik material kamomadi aniqlandi va u aybdor shaxs topilmaganligi sababli davr xarajatlariga o‘tkazildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi:

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so‘m K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 24000 so‘m.

  • Kamomad summasi davr xarajatlariga o‘tkazildi:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 24000 so‘m
K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so‘m.
Korxona aybdor shaxslardan kamomadni haqiqiy narxda emas, balki hozirgi davrdagi bozor narxlarida undirish huquqiga ega. Masalan, korxona omborida 5000 so‘mlik material kamomadi aniqlandi va 8000 so‘m qiymatda aybdor shaxsdan undirib olindi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  • Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi;

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 5000 so‘m K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 5000 so‘m.

  • Moddiy javobgar shaxsdan ushlab qolinadigan summa;

D-t 4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» - 8000 so‘m. K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 8000 so‘m

  • Moddiy boyliklarni undirishdan daromad aniqlandi-(8000-5000)=3000 so‘m; D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 3000 so‘m K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» - 3000 so‘m.

Ishlab chiqarish zahiralarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko‘rsatmasi bo‘yicha tegishli ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkaziladi.
Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazaga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 1-ilovasiga binoan kiritiladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».

Yüklə 48,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin