XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Xom-ashyo- mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va boshqalar;
Materiallar - xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya’ni gazlama, charm, metall va hokazolar;
Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar- ma’lum darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;
Yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari;
Qurilish materiallari- bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;
Idish va idish materiallari- turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;
Inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;