Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Vazifalarni bajarishning soddalashtirilgan usuli



Yüklə 182 Kb.
səhifə11/12
tarix19.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#132547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1407414653 57882

Vazifalarni bajarishning soddalashtirilgan usuli
Faylni qayta nomlash yoki faylni elеktron pochta xabarida jo’natish kеrakmi? Endi boshqa papka va joylashish yеrlariga ishora qilish, shuningdеk fayllar va papkalar ustidagi eng sodda amallar har bir papkaning mundarijasidagi ro’yxatda kеltirilgan. Masalan, «Mеning hujjatlarim» papkasidagi Tasvirlash uchun vazifalar ishorasini tanlab, tasvirini chop etish yoki hamma tasvirlarning slaydshouini ko’rib chiqish mumkin.
Fayllar va tasvirlarni ko’rib chiqishning yangi usullari
Windows XP Professional bilan ishlaganda fayllarni va papkalardagi tasvirlarni guruxlashning va aks ettirishning yangi usullarini qo’llash imkoni bo’ladi. Fayllar va tasvirlarni toifalar bo’yicha (alifbo tartibida yoki fayl turi bo’yicha) guruxlarga bo’lish mumkin.
Fayllarni solishtirish
Windows XP Professional dan foydalanilganda tarmoq fayllarini tarmoqga ulanganda ular bilan ishlash mumkin bo’lishi uchun avtomatik rеjimda foydalansa bo’ladigan qilish mumkin. Bu imkoniyatni ishlatish ko’tarib yuriladigan kompyutеr bilan ishlaganda, shuningdеk uzoq vaqt tarmoqga ulanish iloji bo’lmaganda qulaydir. Tarmoqga qaytib ulanganda avtonom ishlash paytida faylga kiritilgan hamma o’zgarishlar yangilanadi. Fayllarga yo’lash umumiy bo’lganda tarmoqga ulangan boshqa foydalanuvchilar fayllarni avtonom rеjimda ko’rib chiqishlari va o’zgartirishlari mumkin.
ZIP papkasini qisish
Windows XP Professional opеratsion tizimning “ZIP papkasini qisish” vositasidan foydalanilganida papkalar egallagan maydonning hajmini kamaytirish mumkin. Qisilgan papkalar bilan ishlash xuddi qisilmagan papkalar bilan olib borilganidan amalga oshiriladi.
Agar qattiq disk fayl tizimi uchun formatlashtirilgan bo’lsa NTFS fayllarini qisishni ham shunday bajarish mumkin. Ammo NTFS fayllarini qisish “ZIP fayllarini qisish” vositasida fayllarni qisshdan sеzilarli ravishda farqlanadi.


I.Kirish.

Yurtboshimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisdagi ma’ruzasida yoshlarimiz bizning nafaqat umidimiz va kelajagimiz, ayni paytda bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi ekanini alohida ta’kidladi. Bu da’vat yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosati va ezgu maqsadlarimizga mos keladi, birinchi navbatda mamlakatimizda tobora kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoatga to‘lib borayotgan, hayotda ulkan vazifalarni ado etishga qodir bo‘lgan yoshlarimizning orzu-intilishlari va kayfiyatini to‘la ifodalaydi. Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizga nafaqat ishonch bilan qarash, ayni paytda ular uchun o‘z qobiliyat va iste’dodini amalda namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish darkor.


Mening kurs loyihamda asosan operatsion tizimining xorijiy mamlakatlarda yaratilgan versiyalariga tuxtalib o’tilgan, lekin kurs loyixamning kirish qismida yurtimizda yaratilgan birinchi mahalliy operatsiya tizimi haqida to’xtalib o’taman.
Bir guruh yosh dasturchilar “Doppix-Base” birinchi mahalliy operatsiya tizimini yaratdi.
- Bugungi kunda loyihaning birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi, – deydi Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi bosh direktori Adham Mirazizov. – Kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan “Doppix-Base” operatsiya tizimi yozilgan kompakt-disk ushbu bosqich natijasi hisoblanadi. Bundan keyin qator dasturlarni o‘z ichiga olgan, ko‘p marotaba foydalansa bo‘ladigan va ko‘p vazifali bazaviy operatsiya tizimini ishlab chiqamiz. Bu tizim fayl va kataloglar bilan ishlash dasturi (yaratish, nusxa ko‘chirish, o‘chirib tashlash), oddiy matn muharriri, kompyuterlar o‘rtasida aloqani ta’minlash dasturlarini o‘z ichiga oladi. U matnli rejimda ishlaydi, ya’ni ushbu tizimdagi ishlar dastur oynasi va “sichqoncha” yordamida emas, balki buyruq matnini kiritish va operatsiya tizimidan matnli javoblarni olish orqali amalga oshiriladi. Shunday shaklda yaratilgan operatsiya tizimi, qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatgan holda, uni mukammal zamonaviy operatsiya tizimiga aylantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu loyiha doirasida erkin va ochiq dasturiy ta’minot texnologiyasi asosida tadqiqotlar va ishlanmalar o‘tkaziladigan Linuks laboratoriyasi tashkil etildi. Erkin va ochiq dasturiy ta’minot texnologiyasi dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda nisbatan yangi va istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Laboratoriyada ushbu texnologiyalar asosida operatsiya tizimi, asosiy amaliy dasturlar, operatsiya tizimi shakllari, loyiha, ma’lumotxona va ta’lim materiallarini internet-saqlovchini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Xulosa.

Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizga tobora chuqur singib bormoqda. Ofis va operatsiya xodimlari, megakorporatsiyalar va kichik firmalar ishlarini ushbu texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Telefon, Internet, kompyuterlar, ma’lumotlar bazasi, dasturlar iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sifatli, tezkor, harakatchan, xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish yo‘lida izchil rivojlantirilmoqda.


“Operatsiya tizimi” iborasi axborot texnologiyalari sohasida asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Negaki, aynan ushbu tizim inson va axborot bilan ishlash vositalari o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi sanaladi. Operatsiya tizimi – bu texnik qurilmada bazaviy operatsiyalarni bajarish uchun jamlangan dasturlar to‘plami demakdir. Inson uning yordamida texnik qurilmani boshqaradi, amaliy dasturlar bilan ishlaydi, axborot sohasida boshqalar bilan hamkorlik qiladi.
Mening fikrimcha, aynan shu sababli bugun milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, bu borada jahon taraqqiyoti bilan baravar qadam tashlash zarur. Mahalliy axborot texnologiyalarini til va madaniyat jihatidan mavjud sharoitga moslashtirish ularni mustaqil rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalardandir. Ushbu yo‘nalishda ishlash uchun intellektual-texnik bazani shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2007 yil bahorida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi tashabbusi bilan “Erkin va ochiq dasturiy ta’minotni mahalliylashtirish” loyihasi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘zbek tilida mahalliy sharoitda foydalanish uchun moslashtirilgan milliy operatsiya tizimini, shuningdek, turli yo‘nalishdagi amaliy dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. Loyihaning birinchi bosqichida ta’lim tizimida foydalanish uchun operatsiya tizimi va amaliy dasturlar to‘plamini yaratish vazifasi amalga oshirildi. Zero, axborot tizimi bilan tanishish aynan maktab, oliy o‘quv yurti va o‘quv markazlaridan boshlanadi.
Bundan tashqari, operatsiya tizimini mahalliylashtirish va moslashtirish jarayoni katta sa’y-harakatlarni talab qildi. Buning uchun operatsiya tizimi atamalari bazasi shakllantirildi. Shu maqsadda Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda operatsiya tizimi atamalarining rus-ingliz-o‘zbek tilidagi izohli lug‘atini yaratish bo‘yicha “En-Ru-Uz” loyihasi ishlab chiqildi.

“Doppix-Base” tizimi ixtirochilaridan biri Timur Bazikalovning aytishicha, loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichida operatsiya tizimi uchun grafik interfays yaratiladi. Bu – tizimni odatdagi dastur oynasi va “sichqoncha” yordamida boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur tizimga keng ko‘lamda qo‘llash uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlar to‘plamini qo‘shish rejalashtirilmoqda.


Erkin va ochiq dasturiy ta’minot texnologiyasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu texnologiya bo‘yicha ishlanmalarni muayyan tashkilot orqali bir-biri bilan bag‘lanmagan, kasb hamda malakasi turli darajada bo‘lgan bir guruh odamlar birgalikda amalga oshirishi mumkin. Ya’ni, milliy operatsiya tizimini ishlab chiqishda O‘zbekistonning tegishli bilim saviyasiga ega har qanday fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bu esa tizimni ommaviylashtirishga yordam beradi. Hozir loyiha O‘zbekiston axborot-texnologiyalari mutaxassislari hamjamiyati mutaxassislarining ishtirok etishi uchun ochiq. “Doppix”ning internet-saqlovchisidan Internet tarmog‘idagi http:G`G`www.doppix.uz. manzili bo‘yicha foydalanish mumkin.




Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin