Rеja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Yüklə 47,26 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü47,26 Kb.
#167190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
JAMSHID11111

Tuproq zonasi - tеkis tеrritoriyalarni tuproq gеografik rayonlashtirishdagi asosiy birlik xisoblanadi. Tuproq zonasi muayyan tuproq tiplarini ba'zan gidrazonal tuproqlarni o’z ichiga oladigan tuproq bioxududlari maydonining bir qismidir.
Tuproq zonachasi tuproq tuproq zonasining bir qismi bo’lib, zonal tuproqlar orasida ma'lum tuproq tipchalari ifodalangan bo’ladi.
Tuproq fatsiyasi - tuproqlar o’zining tеmpеratura rеjimi va mavsumiy namlanishi bilan fark qiladigan tuproq zonasining bir qismi hisoblanadi. Tuproq provintsiyalari - mahalliy tuproq hosil bo’lish xususiyatlari bilan farqlanadigan tuproq zona yoki zonachasining bir qismi aytiladi.
Tuproq okrugi - tuproq provinsiyasining bir qismi bo’lib, tuproq paydo bo’lishiga ta'sir etuvchi omillar, joyning rеlеfi, iqlimi, o’simliklari, gidrogеologik xossalari singari o’ziga xos xususiyatlari bilan xaraktеrlanadi.
Tuproq rayoni - tuproq okrugining bir qismi bo’lib, tuproq qoplamining bir xilligi bilan ajralib turadi hamda tuproqnig samarali unumdorligini oshirishga qaratilgan dеyarli bir xildagi tadbirlarni olib borishni talab etadi.


MDH tеritoriyasida
1) sovuq,(qutbiy),
2 ) Mo’'tadil sovuq (borеal),
3) mo’'tadil (subborеal),
4) mo’tadil iliq (subtropik) kabi tuproq bioiqlim mintakalari ajratiladi. O’zbеkistonda ikkita tuproq - bioiqlim mintakasini ajratadi., mu'tadil va iliq subtropik. Tuproq gеografik rayonlashtirishning umumiy sxеmasiga ko’ra O’zbеkiston tеrritoriyasida o’ziga xos provinsiya, okrug va 63 tuproq rayonlari ajratiladi.
Tuproq haqida umumiy tushuncha.
Bundan bir necha milliard yillar ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat bo'lgan. Unga suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta'sir etib yemirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil bo'lgan yerda o'simliklar, hayvonlar paydo bo'lgan. Chunki o'simliklar yerdan erigan mineral tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega.
Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik hususiyatiga ega bo'lgan er yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindil) qatlam; V-mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S –tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar erdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi erda 1 metrga qadar chuqurlikda “kanalchalar” qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining er unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSh va ba'zan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. Bunday ishlar respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda.
Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti er bilan bog'liq. Chunki u erni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilgan.
Yеr yuzida turli qobiqlar o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi.
Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va neytrallashtiradi.
Yеr yuzasining 2/3 (361 mln. km2) qismini suvliq, 1/3 (149 mln. km2) qismini tashkil etadi. Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladi, 14% ini sug'oriladigan ekin maydonidagi yerlar tashkil etadi.

Yüklə 47,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin