So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi.
Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.
So’nggi qo’shilgan naflilik pasayib borish tendenstiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi.
Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko’’ayib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko’p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko’p yalpi naflilikka ega bo’ladi.
Yal’i (umumiy) naflilik so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste’molchi manfiy so’nggi qo’shilgan naflilikka ega bo’lsa, u holda yal’i naflilik kamayadi.
So’nggi qo’shilgan naflilikning ‘asayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin.
11-jadval. Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan va yal’i naflilik
Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni
|
So’nggi qo’shilgan naflilik (MU)
|
Yal’i naflilik (U)
|
0
1
2
3
4
5
6
|
-
4
3
2
1
0
-3
|
0
4
7
9
10
10
7
|
Jadvaldan ko’rinadiki, musbat ishorali so’nggi qo’shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yal’i naflilik miqdori o’sib bormoqda. Biroq, bu o’sish sur’ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo’shilishi bilan ‘asayib bormoqda. Manfiy ishorali so’nggi qo’shilgan naflilik yal’i naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Iste’molchi tovarlarning turli to’’lamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim, ya’ni:
,
bu erda: MU – X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; ‘ – ularning narxi.
Bu qoida oldingi bobda ko’rib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste’molchining muvozanatli olatini ifodalaydi.
Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’’lamini ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’’lamini boshqa biriga taqqoslab ko’radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig’i muhim rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |