11
sanoat ishlab chiqarishning to’rtdan uch qismidan ko’prog’ini, tashqi savdoning
esa yarmidan ko’prog’ini nazorat qilib turadi. Masalan, «Djeneral Motors», «Roil
Datch SHell», kabi yirik TMK lar oboroti hajmi O’zbekistonda yaratilgan yalpi
milliy mahsulot miqdoridan ortiqdir. O’z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy
qudratni jamlagan bunday korporatsiyalar va banklar ko’pchilik mamlakatlarning
iqtisodiy siyosatiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta’sir
ko’rsatmokda.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
zamonaviy bosqichida
yana bir muhim xususiyat namoyon bo’ldi, ya’ni ayirboshlashda mamlakatlar
tutgan o’rnining o’zgarishi jarayoni sodir bo’lmoqda.
Hozirgi kunda jahon xo’jaligi va xalqaro ayirboshlashning umumiy
yo’nalishlari va o’sish sur’atlarini rivojlangan mamlakatlar belgilab turadi. Bu
mamlakatlar yer yuzasidagi davlatlarning 15 foizini tashkil etadi,
hamda ularda
jahon aholisi 25 foizi istiqomat qiladi. Bu mamlakatlar dunyoda xosil qilinayotgan
elektr quvvatlarning 75 foizini, yoqilg’ining 80 foizi, yog’och mahsulotlarining 85
foizi va po’latning 72 foizini iste’mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan
mamlakatlarning o’zaro savdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi.
Ma’lumki, yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh
respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langan edi. SHu bois hozirgi
kunda aloqalar ikkita yo’nalish bo’yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi
MDX mamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo’lsa,
ikkinchisi mamlakatimizning o’zaro iqtisodiy
aloqalari ilgari umuman
o’rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo’nalish
O’zbekistonni ham xarajatlar sarflab, keng ko’lamda xom ashyo, tayyor
mahsulotlar, texnologiyalar, fan texnika axborotlari bozorga kirib borishini
ta’minlasa, ikkinchi yunalish respublika iqtisodiyotini
keng ravishda jahon
hamjamiyatiga birlashuvini ta’minlab beradi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi mamlakatimizdagi mavjud
imkoniyatlarni ob’ektiv baholash va ulardan milliy manfaatlar yo’lida imkoni
boricha to’liq foydalanishni talab qiladi.
12
O’zbekistan mustaqillikning dastlabki davridayoq o’z tashqi iqtisodiy
siyosatining qo’yidagi maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi:
> eksportni rivojlantirish va uning oqilona tarkibini shakllantirish.
CHunki
eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish milliy ishlab chiqarishni
texnik-iqtisodiy
jihatdan jahon darajasiga ko’taradi, uning tuzilishini
takomillashtiradi, respublika valyuta zahirasini ko’paytiradi;
> import tuzilishini takomillashtirish ya’ni uni milliy iqtisodiyotni
zamonaviylapggirish va rivojlantirish omiliga aylantirish;
> ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish
uchun chet el sarmoyalarini jalb etish;
> O’zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada
tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish,
boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizning
tashqi iqtisodiy siyosati
aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan qo’yidagi
tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: