8
- aholining xarid qobiliyati.
xar qanday davlat ham o’zining tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi va
yo’nalishlarini o’zining hayotiy ehtiyojlaridan, mamlakatning mudofaa xavfsizligi
manfaatlaridan va nihoyat, o’z aholisining turmush darajasini oshirish
maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy
faoliyat davlat tomonidan
tartibga solinadi. Buning uchun, avvalambor, bu faoliyatning qonunchilik negizini
shakllantirish, uni rivojlangan mamlakatlarda amal qiluvchi qonunchilikka tobora
muvofiqlashtira borish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan, o’z tashqi iqtisodiy aloqalarini faollik bilan
kengaytirib
borishga
intilayotgan
mamlakat, so’zsiz, erkin bozorning
stixiyasigagina umid qilib qolmaydi: davlat rivojlanishning kafili, ta’minlovchisi
sifatida faol ravishda harakat qilishi lozim. Tashqi
iqtisodiy aloqalarni davlat
tomonidan tartibga solinishi ob’ektiv ravishda zarur. SHu bilan birga, tashqi
savdoni tartibga solish mexanizmlari va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa
shakllarini o’zgarib borayotgan zamonaviy ichki va tashqi sharoitlarga
moslashtirish talab qilinadi. O’zbekistonda mazkur sohadagi o’zgartirishlar ayni
tashqi iqtisodiy siyosatni barcha yo’nalishlar bo’yicha erkinlashtirish bilan va
birinchi navbatda respublikada «ochiq model»ni shakllantirish bilan bog’liq
bo’lgan edi.
O’zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish «ochiq model»ning
afzalliklari quyidagilardan iborat:
> xalqaro savdoga boradigan yalli ichki mahsulot (YaIM) ulushi ko’paygan
sayin mamlakat jahon bozorining kon’yunkturasi tufayli, xalqaro mehnat
taqsimotining
afzalliklaridan foydalanib, o’z milliy daromadi ko’payishini
tezlashtirish va yuksaltirishning sifat jihatidan yangi imkoniyatiga ega bo’ladi.
SHunga ko’ra, uning milliy xo’jaligida tashqi iqtisodiy
aloqalar jadal iqtisodiy
yuksalishning muhim omili bo’lmoqda;
> jahon xo’jaligiga qo’shilish mamlakatda uning iqtisodiyotida xali sust
bo’lgan yoki mavjud bo’lmagan bozor mexanizmlari va institutlarini jadal
9
rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, birinchi navbatda, raqobat, fond bozori,
kreditlash va sug’urtalashga taalluqli bo’lib, kengroq ma’noda aytganda,
O’zbekistonda haqiqiy ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga ko’maklashadi;
> chet elga mahsulot yetkazib berishlarni dunyoda umum qabul qilingan
tijorat asosiga o’tkazish ularni qo’llagan ma’muriy
buyruqbozlik tizimiga xos
taqsimot va narxlarga oid tarkibiy qismlarining tashqi iqtisodiy quyqalaridan xolos
etadi. SHunga ko’ra, O’zbekiston tashqi savdosi samaradorligini oshiradigan
rezervlar yuzaga chiqa boshlaydi;
> O’zbekiston jahon bozoridagi ehtiyojlar va resurslarning o’zgargan
balansini hisobga olib, o’z milliy manfaatlariga javob beradigan Respublikaning
yangi tashqi iqtisodiy ihtisoslashuvini shakllantiradigan o’z mustaqil tuzilmaviy
siyosatini ishlab chiqarmoqda, o’z eksportida xom-ashyo
tarmoqlari mahsulotlari
ulushi asta-sekin kamaytirilib, tayyor mahsulot ulushi oshirib borilmoqda;
> jahondagi
o’zgarib
borayotgan
siyosiy
voqeliklar
endilikda
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida siyosiy
bayonotlar bilan chiqish tarzida emas, balki bevosita xo’jalik ishtirokchisi sifatida
qatnashishini, o’z davlat iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish uchun ko’p
tomonlama asosda ularning yordamidan foydalanishini faollashtirmoqda.
SHu bilan birga, «ochiq iqtisodiyot», mutaxassislar fikricha, xalq
xo’jaligining takror ishlab chiqarishga va tuzilmaga oid mutanosibliklarini jiddiy
o’zgartiradi, o’zining qaltis tomonlariga ega bo’ladi va shu bois u bozor
munosabatlarini rivojlantirishning murakkab va qiyin
davrida barcha illatlardan
xolos etadigan qandaydir «ming dardga davo» sifatida tushunilmasligi kerak.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra har qanday davlat
iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omilga
aylanib qoldi. SHuning uchun xo’jalik aloqalarini xalqaro miqiyosda
integratsiyalashuvini kengaytirish va chuqurlashtirishga berilayotgan e’tibor tobora
kuchayib bormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan
respublikamiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoq tarkibida
10
bo’lgan vaqtda O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa
qilish imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Xo’jalik yuritishning yopiq sharoitida
mamlakatda faqat orzu qilish mumkin edi xolos. Ishchi kuchining xalqaro
miqyosida
migratsiyasi
mutlaqo
rivojlanmagan
edi.
SHuning
uchun
o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlarda O’zbekistoning jahon
xo’jalik tizimiga keng huquqli a’zo bo’lib kirishi
va barcha mamlakatlar bilan
o’zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Bu bir tomondan yangi texnologiyalarni boshqarish tajribasi va bilimlari,
xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga olib kirilishini ta’minlasa, ikkinchi
tomondan O’zbekistonning boy tabiiy resurslari va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ko’maklashadi.
Jahonning 40 dan ortiq yirik davlatlari qatorida xom ashyoning katta
zahiralariga, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlangan
tarmoqlariga,
shuningdek shakllangan ishchi kuchiga ega bo’lgan
mamlakatimizning jahon bozoridagi dastlabki qadamlari o’zining samarasini bera
boshladi.
XX asrning so’nggi yillarida jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi
tub sifat o’zgarishlarining kuchayib borishi xalqaro munosabatlarning hozirgi
bosqichida quyidagi xususiyatlarini belgilab beradi:
Dostları ilə paylaş: