Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 94,06 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü94,06 Kb.
#37969
1   2   3   4
Ayritom yodgorligi

II. Asosiy qism

AYRITOM — oʻzbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi koʻhna shahar xarobasi. Termiz sh. dan 18 km sharqda, Amudaryo qirgʻogʻida joylashgan. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933-y. M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz boʻlaklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1—2 – a. larga oid boʻlib, ularda qoʻshnay, chiltor, ud, nogʻora chalayotgan sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar koʻtarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A. dan mil. av. 2 – a. oxiri va mil. 4 – a. larga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarogʻlari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari b-n koʻmilgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963—66 y. larda Ayritomda Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turgʻunov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2—2,5 m boʻlgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar oʻtkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978-y. da olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. Ayritom moddiy-madaniy yodgorliklari oʻzbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va b. oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Surxon vohasidan topilgan Kushonlar davriga oid Ayritom yodgorligi ilk buddaviylik ibodatxonasi hisoblanadi. 1932 yilda Amudaryoda “Oktabryonok” nomli qayiqda suzib ketayotgan chegarachilarimiz Ayritom yaqinida bir oqtoshni ko‘rganlar, tekshirish natijasida, unga nog‘orachi tasviri o‘yib tushirilganligi ma’lum bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tib, bu topilmaga professor M. Masson boshchiligidagi arxeologlar ekspeditsiya uyushtirishadi.

Ayritom ibodatxonasi hozirgi Termiz shahridan 18 chaqirim uzoqlikda, Sharqda, balandligi 2-2,5, qalinligi 1,5 metrlik istehkom devorlari bilan o‘ralgan, 1-2 asrlarga oid budda ibodatxonasi sanaladi. Ibodatxona ohaktoshdan ishlangan ajoyib friz bilan bezatilgan. Unda muqaddas botxi daraxtining barglari ostida uch nafar sozandaning surati aks ettirilgan. Nog‘orachi hamda rang-barang kiyimdagi ayollarning surati, ayniqsa, diqqatga sazovor. Sozandalardan biri ud, yana birovi arfa chalmoqda. Frizda qo‘llarida gulchambar hamda chiroyli idish ko‘targan qizlar tasvirlangan.

Ibodatxona maydonidan budda haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan. Ular musiqa chaluvchilar, hadyalar tashuvchi erkak va ayollarning haykallari bo‘lib, ibodatxonaning tashqi tomoni — karnizi shu haykallar bilan bezatilgan.

Ushbu frizda aks etgan suratlar o‘sha davrda Baqtriyada mazkur san’at turining eng yuksak cho‘qqiga chiqqanligining isbotidir. Mazkur friz saroy va ibodatxonalarning shiftini bezashda ishlatilgan. Demak, bu san’at asari baqtriyalik haykaltaroshlarning mahsulidir. Haykallarda haqiqiy baqtriyaliklarning yuz qiyofasi aks ettirilgan, uchala sozanda chehrasida ham yengil tabassum ifodasi balqib turibdi. Bu san’at asari budda dafn marosimini aks ettiruvchi maxsus majmua bo‘lib, u “Parinirvanna jataka” deb nomlanadi. Ya’ni, Budda vafotidan so‘ng uning ruhini shod qilish uchun mahzun kuylar chalinib turgan va shu kuylar sadosi ostida dafn etilgan.

Bugungi kunda ushbu topilma Termiz arxeologiya muzeyining ko‘rgazmalar zalidan joy olgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqat-e’tiborini jalb qilib, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda.

Ayritom majmuasi 1933 yilda eski Termiz hududida birinchi qazish ishlari olib borilgan paytda ochilgan edi. Afsuski, ekspeditsiya kundaliklari va chizmalari yonib ketgan. Ammo keyingi binolarning qoldiqlari Yunon-Baqtriya imperiyasi davrida (miloddan avvalgi II asr) bu yerda monumental qalʼa qurilganligini, Kushon davrida uzunligi 3 km gacha bo‘lgan ulkan buddaviyli monastiri qurilganligini aniqlashga imkon berdi. Binolar meʼmorchilik naqshlari bilan bezatilgan minoralari bo‘lgan mustahkam devor bilan o‘ralgan edi.

O‘sha davrlarda iqtisodiy va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatiladigan kulolchilik xumdonlari topilgan.

III asr oxirida Ayritom inqirozga uchraydi va boshqa qaytib tiklanmaydi.

1932 yilda tadqiqotchi M. Masson ushbu hududda musiqachilar va gulchambar ko‘targan insonlar tasvirlari tushirilgan bir nechta noyob buddaviylik haykallari va tosh plitalarini topgan.

Omon qolgan topilmalar orasida bizning kunlarimizga qadar Geliokl va Soter Megas davriga tegishli tangalarga taqlid qilib zarb qilingan uchta mis tanga saqlanib qolgan.

Barcha topilmalar puxta o‘rganib chiqilgan, tavsiflangan va tasniflanganidan so‘ng respublika muzeylariga topshirilgan.


Yüklə 94,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin