Reja: I. Kirish II. Asosiy



Yüklə 37,5 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#173802
1   2   3   4
sarvar 3d

Yuk ko’tarish qobiliyati – vagonga yuklanishi mumkin bo’lgan yukning maksimal og’irligi.
Sig’imi – vagon kuzovi hajmi. Uyum qilib yuklashda kuzov hajmidan kon massasi yig’imi 20-25% dan yuqori bo’lishi mumkin.
Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karyerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bo’lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibrastiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karyerlardi yumshoq, maydalangan (bo’lak o’lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qo’llanilmoqda. Ularning ish prinstipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog’ jinslari to’ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qo’shimcha tortish a’zolari, po’lat arqon, zanjir, telejkalar qo’llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini o’taydi.
Karyerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mo’ljaliga qarab zaboydagi, to’plovchi, yuk ko’taruvchi, magistral va ag’darma turlariga bo’linadi.
Zaboy konveyerlari pog’ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon massasini ekskavatordan to’plovchi konveyrgacha tashishga mo’ljallangan. karyerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer sekstiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenistalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi.
To’plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan bo’lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko’taruvchi konveyerga tashishga mo’ljallangan. To’plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o’z o’qiga parallel yo’nalishda gusenistali yoki rels yo’lli izlarda harakatlanadi.
Yuk ko’taruvchi konveyerlar ishchi bo’lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bo’lmagan karyer qismida (transheyalarda yoki yer osti qiya lahimlarida) joylashgan bo’lib, karyer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo’ljallangan. Yuk ko’taruvchi konveyer yukni to’plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karyer borti bo’ylab er yuzasiga ko’taradi. Yuk ko’taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va konstrukstiyaga ega bo’lib bir erda muqim o’rnatilishga mo’ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko’tarish uchun lenta yuzasi qovurg’alarga bo’linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to’r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Magistral konveyrlar karyer yuzasida joylashgan bo’lib, qoplama jinslarni ag’darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mo’ljallangan.
Ag’darma konveyrlar ag’darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga o’xshab ketadi. Ular ag’darma fronti deyiladi. Tuzilishi bo’yicha qayta yuklovchi va ag’darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini o’taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to’plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, shuning uchun u o’zi yurar gusenistali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bo’lib, qabul qiluvchi va konveyer so’ngida to’kuvchi qismlari bo’lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. Yassi tekislikda qabul qiluvchi moslama va to’kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda,karyerlarda transportilarning spestifik holatlari uchun uning texnik imkoniyatlarining eng e’tiborga moyillari maksimal bosib o’tadigan balandlik va minimal qiyalik burchagi iqtisodiy ma’qulligidir. Bu ko’rsatkichlar qaysidir ma’noda kon-kapital ishlarning hajmini va transport aloqalarining karyer maydoni ichida joylashtirish ikoniyatini ko’rsatadi. Turli karyer transportlarining foydalanilishining ratsional imkoniyati konning texnik va texnologik o’lchamlari va yotish holatlariga ko’ra aniqlanadi.


Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin