2.2. Amfibiyalarning tashqi tuzulishi.
Hozirgi amfibiyalar gavdasining shakli uncha xilma_xil emas: ba’zilarining tanasi yapaloq – yelka qorin tomonidan qisilgan, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbattan kuchli va uzun (dumsizlarda). Boshqalarining gavdasi cho’ziq boshi nisbattan kuchli , dumi uzun, oyoqlari teng va kalta (dumlilarda). Oyoqsizlarning gavdasi chuvalchangsimon, oyoqlari mavjud emas. Boshi tanasiga harakatchan birikadi. Boshining ikki yoniga bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashadi. Ko’zida harakatchan qovoqlari bor. Bir juft burun teshigi ko’zining oldida joylashgan. Baqa ko’zining orqa tomonida nog’ora pardasi bor. Erkak baqa boshining ikki yon tomonida tovushni kuchaytiradiga pufakcha – rezanatorlar bo’ladi. Tananing yon tomonida to’rt barmoqli oldingi oyoqlari, besh barmoqli va suzgich pardali keyingi oyoqlari , tananing orqa tomonida kloakasi joylashgan bo’ladi
4- rasm. 1 – burun teshigi; 2 – qovoqlari; 3 – ko’zi; 4- nog’ora pardasi; 5 – oldingi oyog’i; 6 – yelka 7 – bilak; 8 – panjasi; 9 – keyingi oyoqlari; 10 – barmoqlari orasidagi parda; 11 – boldir; 12 – son ;
Teri qoplag‘ichlari. Baqaning terisi yalang‘och bo‘lib unda shox suyak tangachalari bo‘lmaydi. Epidermisida ko‘p xujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko‘p bo‘ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishdan saqlaydi. Terisi muxim nafas olish organi xamdir. Baqaning terisi boshidan oyog‘igacha gavdaga yopishgan bo‘lmay, malum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi, shu joylarida limfa bilan to‘ldirilgan bo‘shliqlar bo‘ladi. Epidermisning pastki qatlamlarida va chin terida pigment hujayralari joylashgan. Amfibiyalarning rangi harxil funksiyani bajaradi:yashirinish,ogohlantrish va qo’rqitish.
Baqa terisi ko’p hujayrali bezlarga boy. Bezlar yopishqoq suyuqlik ajratadi va terini doimo ho’lllab turadi hamda uni qurib qolishidan saqlaydi. Teri bezlari ajratayotgan secret bezi turlarida zaharli yoki qitiqlovchi moddalardan tashkil topgan bo’ladi.
SKELETI: Umurtqa pog‘onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeletidan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |