Irqlarning kelib chiqishi
Irqlarning kelib chiqishi haqida ayrim lo‘nda va qisqacha xulosalar bilan kifoyalansak bo‘ladi. Odamzodning dastlabki jahonning turli mintaqalariga tarqalishi va o‘zlashtirishi tufayli irqiy differensiatsiya vujudga keldi. Arxeologik manbalar va ibtidoiy odamlarning bosh chanog‘ining o‘rganilishicha, hozirgi zamonda mavjud bo‘lgan irqiy alomatlar so‘nggi paleolit davrida vujudga kelgan. Bu irqiy bo‘linmalar ko‘pincha qit’alararo chegaralar bilan belgilanadi. Masalan, ovropoid irqiga oid aholi Ovropa, mongoloidlarga oid aholi Osiyo, negroid irqiga tegishli vakillar Afrika, Avstraliya qit’alarida tarqalgan. Shu bilan bir vaqtda O‘rta Yer dengizining shimoliy rayonlarida qisman negroid vakillari ham uchraydi. Afrikaning shimoliy go‘shalarida negroidlar vakillari uchraydi. Kavkaz va O‘rta Osiyo ko‘proq yevropoid aholi vakillari bilan, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda3 negroidlarning mongoloidlar va yevropoidlar bilan aralashma aholisi vakillari yashagan.
Irqiy bo‘linishdagi ayrim o‘ziga xos belgilarni qisqacha ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Klassik negroid irqiga mansub aholining terisi qora rangda, sochi jingalak, burun tuzilishi enli, keng, lab tuzilishi qalin va teskari ag‘darilgan ko‘rinishda bo‘lib, bu alomatlar yashash tabiiy sharoitga moslashgan. Masalan, bu tipdagi odamlarning teri qatlami alohida pigment bilan qoplangan bo‘lib, bu alomat ular terisining quyosh nurida kuyishdan saqlanishida yordam beradi.
Mongoloid irqi issiq, biroq kontinental iqlimga ega yarim cho‘l va dasht sharoitiga ega viloyatlarda shakllangan. Bu mintaqada qum bo‘roni bilan sovuq shamollar esib turadi. Bunday sharoit odamlarning o‘z himoyasi bilan bog‘liq alomatlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Haqiqatan ham mongoloid irq vakillarining yuz tuzilishi yalpoqroq holda teri yog‘i bilan qoplangan, qisiq ko‘z bo‘ladilar. Bu xususiyatlar ularni sovuq shamol – izg‘irinlardan, qum uchirmalaridan himoya qilishga moslashgan.
Ovropoid irqqa tegishli aholi vakillarining burun tuzilishi ancha ilgari cho‘zilgan bo‘lib, bu xususiyat ham iqlim sharoitga moslashgan holda shakllangan.
Shunday qilib, tabiiy iqlim va jo‘g‘rofik joylashish mintaqalariga nisbatan so‘nggi paleolit davriga kelib hozirgi zamon odamlarining o‘tmishdoshlarida 3 xildagi irqlar shakllangan.
Paleontropologik va arxeologik manbalarning guvohlik berishicha, mezolit davriga kelib, yirik irq tarkibida uning shahobchalari paydo bo‘lgan. Masalan, ovropoid irqi tarkibida shimoliy va janubiy shahobchalar yuzaga kelgan. Mongoloid irqi tarkibida Sibir, Janubiy Osiyo va Amerika shahobchalari vujudga kelgan. Ko‘pgina joyda shahobchalar esa asosiy qit’alardan ajralib, biq holda rivojlangan aholi orasida sodir bo‘lgan. Bu kabi irq variantlarining paydo bo‘lishi turli omillar ta’siri bilan bog‘liq holda kechgan. Umumiy jihatdan qaralganda, aytilgan barcha irqlar so‘nggi ikki-uch ming yillar ichida to‘la kamol topadi va ibtidoiy jamiyat tarixi xronologik chegarasidan chiqib ketishi kuzatiladi.
Ma`lumki, inson hayvonlar olamidan ajralib chiqib odam holatiga kelguniga qadar juda uzoq tarixiy rivojlanish jarayonini bosib o’tdi. Odamzodning vujudga kelish masalasi bilan paleontropologiya (odamning qazilma qoldiqlarini o’rganuvchi antropologiya bo’limi) shug’ullanadi. Antropologiya-morfologiya, antropogenez va irqshunoslik kabi uch asosiy bo’limlardan iboratdir.
Morfologiya odamning tana tuzilishi va undagi o’zgarishlarni o’rganadi. Antropogenez esa odamning kelib chiqishi va jismoniy rivojlanishi masalalari bilan shug’ullanib, uning hayvonlar dunyosida tutgan o’rniga baho berib, hozirgi zamon odami vujudga kelishi shart-sharoitlari va sabablarini o’rganadi. Nihoyat irqshunoslik esa yer yu
Dostları ilə paylaş: |