Irqlarning kelib chiqishi
Irqlarning kelib chiqishi haqida ayrim lo‘nda va qisqacha xulosalar bilan kifoyalansak bo‘ladi. Odamzodning dastlabki jahonning turli mintaqalariga tarqalishi va o‘zlashtirishi tufayli irqiy differensiatsiya vujudga keldi. Arxeologik manbalar va ibtidoiy odamlarning bosh chanog‘ining o‘rganilishicha, hozirgi zamonda mavjud bo‘lgan irqiy alomatlar so‘nggi paleolit davrida vujudga kelgan. Bu irqiy bo‘linmalar ko‘pincha qit’alararo chegaralar bilan belgilanadi. Masalan, ovropoid irqiga oid aholi Ovropa, mongoloidlarga oid aholi Osiyo, negroid irqiga tegishli vakillar Afrika, Avstraliya qit’alarida tarqalgan. Shu bilan bir vaqtda O‘rta Yer dengizining shimoliy rayonlarida qisman negroid vakillari ham uchraydi. Afrikaning shimoliy go‘shalarida negroidlar vakillari uchraydi. Kavkaz va O‘rta Osiyo ko‘proq yevropoid aholi vakillari bilan, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda3 negroidlarning mongoloidlar va yevropoidlar bilan aralashma aholisi vakillari yashagan.
Irqiy bo‘linishdagi ayrim o‘ziga xos belgilarni qisqacha ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Klassik negroid irqiga mansub aholining terisi qora rangda, sochi jingalak, burun tuzilishi enli, keng, lab tuzilishi qalin va teskari ag‘darilgan ko‘rinishda bo‘lib, bu alomatlar yashash tabiiy sharoitga moslashgan. Masalan, bu tipdagi odamlarning teri qatlami alohida pigment bilan qoplangan bo‘lib, bu alomat ular terisining quyosh nurida kuyishdan saqlanishida yordam beradi.
Mongoloid irqi issiq, biroq kontinental iqlimga ega yarim cho‘l va dasht sharoitiga ega viloyatlarda shakllangan. Bu mintaqada qum bo‘roni bilan sovuq shamollar esib turadi. Bunday sharoit odamlarning o‘z himoyasi bilan bog‘liq alomatlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Haqiqatan ham mongoloid irq vakillarining yuz tuzilishi yalpoqroq holda teri yog‘i bilan qoplangan, qisiq ko‘z bo‘ladilar. Bu xususiyatlar ularni sovuq shamol – izg‘irinlardan, qum uchirmalaridan himoya qilishga moslashgan.
Ovropoid irqqa tegishli aholi vakillarining burun tuzilishi ancha ilgari cho‘zilgan bo‘lib, bu xususiyat ham iqlim sharoitga moslashgan holda shakllangan.
Shunday qilib, tabiiy iqlim va jo‘g‘rofik joylashish mintaqalariga nisbatan so‘nggi paleolit davriga kelib hozirgi zamon odamlarining o‘tmishdoshlarida 3 xildagi irqlar shakllangan.
Paleontropologik va arxeologik manbalarning guvohlik berishicha, mezolit davriga kelib, yirik irq tarkibida uning shahobchalari paydo bo‘lgan. Masalan, ovropoid irqi tarkibida shimoliy va janubiy shahobchalar yuzaga kelgan. Mongoloid irqi tarkibida Sibir, Janubiy Osiyo va Amerika shahobchalari vujudga kelgan. Ko‘pgina joyda shahobchalar esa asosiy qit’alardan ajralib, biq holda rivojlangan aholi orasida sodir bo‘lgan. Bu kabi irq variantlarining paydo bo‘lishi turli omillar ta’siri bilan bog‘liq holda kechgan. Umumiy jihatdan qaralganda, aytilgan barcha irqlar so‘nggi ikki-uch ming yillar ichida to‘la kamol topadi va ibtidoiy jamiyat tarixi xronologik chegarasidan chiqib ketishi kuzatiladi.
Ma`lumki, inson hayvonlar olamidan ajralib chiqib odam holatiga kelguniga qadar juda uzoq tarixiy rivojlanish jarayonini bosib o’tdi. Odamzodning vujudga kelish masalasi bilan paleontropologiya (odamning qazilma qoldiqlarini o’rganuvchi antropologiya bo’limi) shug’ullanadi. Antropologiya-morfologiya, antropogenez va irqshunoslik kabi uch asosiy bo’limlardan iboratdir.
Morfologiya odamning tana tuzilishi va undagi o’zgarishlarni o’rganadi. Antropogenez esa odamning kelib chiqishi va jismoniy rivojlanishi masalalari bilan shug’ullanib, uning hayvonlar dunyosida tutgan o’rniga baho berib, hozirgi zamon odami vujudga kelishi shart-sharoitlari va sabablarini o’rganadi. Nihoyat irqshunoslik esa yer yuzida odamzod irqlarining vujudga kelishiga tarixan, ularning turlarga bo’linishi, shakllanish sabablarini va
irqlar o’zgarishining qonuniyatlarini ham ularning geografik jihatidan tarqalishi hamda aralashuvini o’rganadi.
Ma`lumki, ibtidoiy kishilar allaqachonlar o’lib ketganlar, lekin ularning suyak qoldiqlari yer yuzinnng juda ko’p joylaridan topildi va topilmoqda.
Ibtidoiy odamlarning suyak qoldiqlari Tangan`ika (Sharqiy Afrika)-dagi Olduvay darasidan, Keniyaning Rudolf ko’li yaqinidan, Efiopiyadan, Aljirdan, Janubiy Afrikadan, Chad respublikasidan, Xitoydan, Indoneziyadan, Sobiq SSSR territoriyasidan, shu jumladan Qrimdan, Gruziyadan, Armaniston, O’zbekistondan ko’plab topilgan va topilmoqda.
Mazkur suyaklar altropologlar uchun asosiy material bo’lib, ular bu suyaklarni har tomonlama sinchiklab o’rganish asosida ibtidoiy davr kishilarining tana tuzilishi va umumiy ko’rinishini tiklaydilar.
Qazilma odamlarning saqlanib qolgan suyaklarini sinchkovlik bilan siyosiy-anatomik jihatidan o’rganish ularning saqlanib qolgan qismini topish imkonini beradi. Buning uchun antropologiya fanida puxta ishlangan skeletni o’lchash sistemasi keng ko’lamda qo’llaniladi.
Antropologlar (ibtidoiy odamning suyak qoldiqlari va butun skeletlarni chuqur o’rganish asosida ular muskulining joylashishi, rivojlanishi yuz tuzilishi, bosh miya qopqog’i, miya qismining xajmi, uning katta-kichikligi hamda ichki va tashqi tomonining tuzilishini tiklaydilar. Bu esa ibtidoiy kishilarning qiyofasi qanday ekanligining, nimalarga qodir ekanligini bilib olish imkonini beradi. Bu sohada V.V.Bunak, G.A.Bong-Osmolovskiy G.F.Debets,4 M.M.Gerasimov, M.F.Nesturx, Y.Y.Roginskiy, M.I.Uro’sov, V.I.Yakimov N.A.Sinelnikov, V.P.Alekseev va boshqa chet el antropologlari juda katta xizmat qildilar va xizmat qilmoqdalar. Demak antropologik dalillarsiz kishilikning ibtidoiy davrining tasavvur qilish qiyin va mushkul ishdir: Shuning uchun antropologik dalillar ibtidoiy jamiyat tarixan shakllanishining muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Irqlar nasldan-naslga o’tuvchi tashqi fizik xususiyatlarga ega bo’lgan tarixiy tarkib topgan turli xil odamlardan tashkil topadi. Odamlardagi irqiy belgilar reaktsion burjua olimlari aytganidek azaliy bo’lmay balki ularning turli erlarga tarqalishi, turli xil geografik omillar ta`siri ostida va tarixiy tarkib topgan, shart-sharoitlar natijasida paydo bo’lgan xususiyatdir. Yevropada so’ngi poleolit paydo bo’lgan Kro-man’on tipidagi odamlar evropoid irqining tipik vakili hisoblanadi.
Baland boylik, kalla suyaginingt cho’ziqlgi, qovoq usti qabartma suyagining yo’qligi, keng yumoloq yuzlilik, pastki jag’ning to’laligi va iyakning yaxshi rivojlanganligi evropoid irqining o’ziga xos xususiyatidir.
Evropoid irqining asosiy belgilarini o’zida mujassamlashtirgan bosh suyaklar Frantsiyaning Kro-man’on, Shanselyad, Komb-Kanell’, Orinyak, Angliyaning Naviland, Italiyaning kavilon, Barma Granda, Bousso de Torre, Shimoliy Afrikaning Afalu-bu- Rummal’, Maktaal-Arbi, assilyar, sobiq SSSR ning Voronej shahri yaqinidagi Kostenka, Qrimdagi Murzak –Koba, Fotma-Koba, Yaqin va O’rta Sharqdagi bir qancha joylarlan topilgan va o’rganilgan.
Lekin evropoidlar asosan Yevropada shakllanib kengroq tarqalgan. So’ngi poleolitda evropoid irqidan tashqari negroid irqining ham bo’lganligi fanga ma`lum.
Bu irq vakillari kromononlardan boy-bastining pastligi bilan va boldirlarining uzunligi, basharalarining yapaloqligi, tishlrining soyloqligi, sochlarining qora, jingalakligi va iyaklarining o’rtacha taraqqiy qilgandigi bilan ajraliyu turadi.
Negroid riqining vakillari Italiyaning Grimal’di, Sahroyi Kabirdagi Asselyar, Kostenkadagi Markina g’ori, Palastin va O’rta er dengizi havzasidagi ba`zi joylardan ko’rlab topilgan.
So’ng poleolit davrida Markaziy Osiyo, Sibir’ va uncha tutash bo’lmagan joylarda mongoloid irqiga mansub bo’lgan odamlar yashagan. Bu irq vakillari yuz bichimining kattaligi, oldinga chiqib turishi, yonoqlarining o’siqligi yon tomonga biroz bo’rtib chiqib turishligi shu tufayli yuzning yapoloqroq bo’lishi, ko’zning biroz qisiqligi, yuqori qovoq burmasining kuchli rivojlanganligi burunning o’rtacha kenglikda bo’lishi va qansharning pastligi bilan harakterlanadi.
Mongoloid irqi vakillarining qazilma suyaklari Krosnoyarskdagi Afontova Gora P, Pekin yaqinidagi Chjoukoudyanning yuqori g’oridan topilgan.
Keyingi vaqtda Uzoq Sharq, Sharqiy Sibir’, G`arbiy Sibir’, Mongoliya, Xitoy va boshqa joylardan mongoloid irqiga mansub bo’lgan jud ko’p kalla suyaklari, butun-butun skeletlari topildi va topilmoqda. Shuni nazarda tutish kerakki, mazkur qadimgi irqlar xozirgi zamon irqlariga nisbatan bir-birlaridan uncha farqlanmagan. Biroq, so’ngi poleolit odamlarning ayrim vakillarida harq-hil irqqa mansub alomatlar paydo bo’la boshlagan. Mutaxassisilarning aniqlashicha ibtidoiy jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida turli odamlar yashab turgan tabiiy sharoit, geografik muhit muhim ahamiyati kasb etgan. Antropolog Y.Y.Roginskiy negroid irqining odamlarining ilk davridan boshlab janubiy kengliklarida issiq, serquyosh o’lkalarda yashaganligi bilan bog’laydi.
Arxeolog S.A. Semenov mo’g’ul irqidagi bo’rtgan qovoq, epikantus va qisiq ko’zlarning dastlab paydo bo’lishida tabiiy muhitning katta rol` oynaganligini isbotlab bergan.
Markaziy Osiyo va unga shimol tomondan yondashgan Sibirning yarktik rayonlari mo’g’ul irqi dastlab paydo bo’lgan o’lkalardir.
O’z-o’zidan ravshanki. Markaziy Osiyo uchun uzoq davom etadigan qattiq shamollar va kuchli qor hamda qum bo’ronlari harakterlidir. Bu bo’ron va shamolar to’xtaganda esa havo toza, tiniq, bo’lib. quyosh butun nurini sochib turgan, hamda ko’zni kattaroq ochib yurishga imkon bermagan.
Shu tufayli mazkur joydagi aholida mo’g’ul irqiga xos bo’lgan qisiq ko’zlilik va qalin qovoqlilik alomatlari paydo bo’la boshlagan.
Shunday qilib. Irqlar va irqiy ayirmalar bir nechv o’n ming yilar davomida mahalliy sharoitlarning odam tashqi qiyofasiga ta`siri ostida shakllana borgan va rifojlangan hamda nasldan-naslga o’tgan. Xozir er yuzida evropoid, negroid va mongoloid irqlarining shahobchalari keng taqalgan.
Negroid irqi qora irq deb ham yuritilgan. Ular asosan Afrika, Avstraliya va Okeaniyada keng tarqalgan. Ularning soni 300 million kishidan oshiq bo’lib, jahon aholisining 10 foizini tashkil etadi.
Evropoid irqi jonli tilda «Oq irq» deb ham ataladi. Mazkur irq vakillari 1750 millionga yaqin bo’lib, er aholisining 53 foizini tashkil etadi.
Mongoloid irqi, uni sariq irq ham deyishadi. Mongoloid irqining vakillari Osiyo, Amerika va Okeaniyada keng tarqalgan bo’lib, ularning soni 1,220 million kishidan oshiq bo’lib, er yuzi aholisining 37 foiziga yaqinini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |