Reja: Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni


Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish



Yüklə 40,86 Kb.
səhifə8/13
tarix30.09.2023
ölçüsü40,86 Kb.
#150649
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Reja Ilk yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning mazmuni-fayllar.org

Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish. 
Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya
vaqtida 4-5 daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni
bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga
taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish,
harakatli
o‘yinlarda
ishtirok
etishga
hamda
o‘yin
topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish nazarda tutiladi.
- har kuni ertalab badantarbiya qilish;
- harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari
bilan tugallash (kattalar ko‘magida). Ertalabki badantarbiya
mashqlarini aniq va izchil bajarish;
Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan
holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda
chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli
faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab
kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari,
so‘ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko‘paytirishlari mumkin.
Bolalarni yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirish,
suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini
xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha
ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga
o‘rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish



(gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish


davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng
tushlikdan oldin o‘tkaziladi.
Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida
jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni
shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon
beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg‘ulotlarda,
bir oz oldinga engashib, to‘g‘ri o‘tirish, boshni haddan
tashqari quyi solmaslik, ko‘krak bilan stol chetlariga
suyanmaslik, oyoqlarni to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida
bukib o‘tirish.

Yüklə 40,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin