Reja: Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati


Inflyatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə5/6
tarix20.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65578
1   2   3   4   5   6
Risk 6

Inflyatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri. Bu yerda qarzdorlar nima uchun kutilmagan inflyatsiyadan yutishini muhokama qilish o‘rinlidir. Aytaylik, siz bankdan 10 ming sh.b. da mablag‘ oldingiz, bir yildan so‘ng qarzning asosiy miqdorini ham va yillik 8 % bilan foizini ham to‘lashingiz kerak. Agar inflyatsiya darajasi yiliga 8 %ga belgilangan bo‘lsa, qarz bo‘yicha real foiz stavkasi nolga teng. Agar siz 10800 sh.b.dagi mablag‘ni qaytarib berishingiz kerak bo‘lsa ham, ushbu summaning real qiymati jami 10000 sh.b. dagi mablag‘ bo‘ladi. 800 sh.b.dagi foiz 10000 sh.b.dagi qarzning xarid qobiliyati pasayishini qoplaydi xolos. Boshqacha aytganda, qarzingizni "arzonlashgan" pul bilan to‘laysiz. Shuning uchun, qarz bo‘yicha foiz stavkasi oldindan belgilangan bo‘lsa, debitorlar kutilmagan inflyatsiyadan mamnun, kreditorlar esa aksincha.
Inflyatsiyadan himoyalangan, depozit sertifikatlariga qilinadigan investitsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Siz 10 sh.b.dagi mablag‘ni bir yilga quyidagi bironta sxema bilan investitsiya qilmoqchisiz: bir yil muddatga yillik 8% foiz stavkasi bilan 1-turdagi depozit sertifikatini sotib olish yoki yillik inflyatsiya darajasiga yillik 4% qo‘shib hisoblanadigan foizli boshqa 2-turdagi depozit sertifikatini sotib olish. Kelgusi yil uchun inflyatsiya darajasining istiqboliga qarab, riskli vaziyatlardan birini tanlash imkoni mavjud. Agar siz inflyatsiya darajasi yiliga 3% ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, 2 turdagi depozit sertifikati (ikkinchi sxema) bo‘yicha nominal foiz stavkasi faqat 7% ni tashkil etadi va siz, albatta, 1-turdagi depozit sertifikatini (birinchi sxema) tanlar edingiz. Biroq, siz inflyatsiya darajasi yiliga 4% dan ortiqroq deb hisoblasangiz, u holda 2-turdagi depozit sertifikatini tanlagan bo‘lar edingiz, masalan, inflyatsiya darajasi 5% bo‘lganda, 2-turdagi depozit sertifikati bo‘yicha nominal foiz stavkasi 9% ni tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, real pul oqimlarini diskontlashda nominal foiz stavkasidan yoki nominal pul oqimlarini diskontlashda real foiz stavkasidan foydalanish mumkin emas.
Masalan aytaylik, agar siz bankka 4267 sh.b. miqdorida mablag‘ berishingiz siz uchun qiyin bo’lsin, shunda sakkiz yildan keyin o‘qishning birinchi yilini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ to‘plash maqsadida har yili sakkiz yil davomida pulingizni teng miqdorda (real qiymatda) qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Agar siz har yili pulingiz uchun 2% miqdoridagi real foiz stavkasini olishingizga amin bo‘lsangiz, qanday summani har yili ajratishingiz kerak bo‘ladi? Inflyatsiya darajasi 4 foizga oshsa, har yili hisobvarag‘iga aniq qancha pul qo‘yishingiz kerak bo‘ladi?
Ushbu savollarga javob topish uchun doimiy real to‘lovlarni va real foiz stavkasini hisobga olish kerak.
ushbu formula orqali Sn= 5000 sh.b., R = 0, i = 0,02 va t = 8 ga teng bo‘lganda joriy xarid quvvatini topib olamiz:
Shunday qilib, yillik omonat miqdori bugungi kunda 582,55 sh.b. miqdoridagi xarid quvvatiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yiliga 4% inflyatsiya darajasida har yili hisobvaraqqa qo‘yiladigan real miqdor quyidagi 1- jadvalda keltirilgan.


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin