Reja: Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati


Inflyatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə2/6
tarix20.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65578
1   2   3   4   5   6
Risk 6

Inflyatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari
milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar
jamg‘arma va iste’mol ortasidagi nomutanosibliklar
talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar
davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar
Inflyatsya riski iste’mol narxlarini o’sishi va xarid qilib olish qobilyatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini kamaytiradi.
Inflyatsion risklar ko’zda tutilmagan moliyaviy yuqo`tishlar paydo bo’lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning darajasini baholashda investitsiyalashdan ko’zda tutilayotgan daromadning o’rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko’zda tutilayotgan daromadlar va ularni yo`qotish ehtimolini baholash bilan bog’liq.
Inflyatsiya riskini baholashda ikkita tushunchadan foydalaniladi:
    • inflyatsiya darajasi;
    • inflyatsiya indeksi.

    • Inflyatsiya darajasi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga o‘zgarganligini bildiradi, ya’ni bahoning o‘sish sur’atini ko‘rsatadi:

bu yerda:
inflyatsiya darajasi;
N – summa (tovarning davr boshidagi bahosi);
– joriy narx bilan oldingi narx orasidagi farq.
2. Inflatsiya riskini baholash, inflatsiya darajasi va foiz stavkasining inflyatsiya darajasi bilan o’zaro bog’liqligi
Inflyatsiya indeksi - o’rganilayotgan davr ichida narxlar necha martaga oshganligini ko’rsatadi:
yoki
Agar o’rganilayotgan muddat bir nechta davrga (n ta davr) bo’linsa, har bir davrdagi inflyatsiya darajasi orqali aniqlandi:
***………. *
Agar o’rganilayotgan muddat bir hil davrga (n ta davr) bo’lib, har bir davrdagi inflyatsiya darajasi bir hil bo’lsa, inflatsiya indeksi quydagicha aniqlandi:
Bundan kelib chiqib, inflyatsiyaning umumiy darajasi:

1
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narxlari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning “Price List”da ko‘rsatilgan narxini va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida farqlashadi.
Foiz stavkasi bilan inflyatsiya darajasining o’zaro nisbatini hisobga olish uchun inflyatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu valyutada aks etgan nominal foiz stavkasi in bilan nominalni inflyatsiya darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi ir bilan farqlash lozim.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum standartlashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksini hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsada, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin