Reja: Innovatsion faoliyatining nazariy omillari



Yüklə 116 Kb.
səhifə2/6
tarix17.09.2023
ölçüsü116 Kb.
#144747
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL TALIM 14 TEMA MPOT

shartli yangilikhisoblanadi.
Mahalliy yangilikkonkret ob'ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub'ektiv yangilikma'lum ob'ekt uchun ob'ektning o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi.

Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.




V.I. Zagvyazinskiy yangitushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangibu faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikkao‘qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo‘lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqyelikning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok­- pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o‘zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o‘zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o‘ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:
faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig‘indisi;
sub'ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
mazmun tuzilmasi - o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi – yangilikning paydo bo‘lishi - ildam o‘sish - yetuklik – o‘zlash tirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) – boyish (to‘yinish) – qoloqlik - inqiroz – irradiatsiya(aldanish) – zamo naviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o‘zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;
tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.




Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
nihoyat amalga oshish qonuni;
qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;
Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi.
Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo‘lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o‘tish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo‘liga to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
ko‘p sub'ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
individual - ijodiy (o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlari) yondashuv.
Oliy maktabda
Yüklə 116 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin