Reja: Innovatsion faoliyatining nazariy omillari



Yüklə 116 Kb.
səhifə1/6
tarix17.09.2023
ölçüsü116 Kb.
#144747
  1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL TALIM 14 TEMA MPOT


Mavzu:Pedagog va tarbiyachilarining innovatsion faoliyati tavsifi
Reja:
1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari.
2. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi.
3. O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari.
4. Elektron pedagogika va innovatsion ta’lim mazmuni.
5. Ta’limda elektron pedagogika va multimedianing qollanilishi.
1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari.
Innovatsiya(inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I. Prigojin innovatsiyadeganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta'siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvdahayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvdaalohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar.
Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2.Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
Birinchi shaklgayangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklgayangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.
Xususiy yangilikV.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig‘indisi
Yüklə 116 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin