Insonning ijodiy tafakkuri bu ob’ektlar doirasini tinmay kengaytirib bormoqda.
Intellektual mahsulot fuqarolik qonunlari bilan muhofaza etilishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
haqiqatda ijod mahsuli bo‘lishi, ya’ni original (o‘ziga xos) bo‘lishi;
betakror bo‘lishi;
biron-bir ob’ektiv shaklda ifoda etilishi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muhofaza qilishda vujudga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi (2002), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi (1994 yil 6 may), "Mualliflik va turdosh huquqlari to‘g‘risida"gi (2006 yil 20 iyul), “Tovar belgilari,
xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi (2001 yil 30 avgust) qonunlari hamda Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi.
Sanoat mulki ob’ektlarining shakllanishi
Bozor munosabatlari sharoitida va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishning yangi yo‘liga o‘tishda boshqaruv amaliyotida boshqarishning yangi funksiyalari vujudga keladi. Boshqarishning yangi funksiyalarining vujudga kelishiga xalqaro ilmiy-texnik va savdo hamkorligining kengayishi, turli xalqaro tashkilotlar (VTO, VOIS, OESR, YUNIDO va h.k.) ishida ishtirok etish, xalqaro kelishuvlarga (masalan, intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga) qo‘shilish ham sabab bo‘ladi. Innovatsion faoliyatni boshqarishning bunday nisbatan yangi funksiyalariga birinchi navbatda shakllanish, huquqiy muhofazani ta’minlash, ulardan foydalanish va xo‘jalik aylanmasiga jalb etish masalalarini nazarda tutadigan intellektual mulk ob’ektlarini boshqarish kiradi.
Innovatsion faoliyat natijalari sifatida ilmiy-texnik mahsulotning har xil turlari bo‘lishi mumkin: ixtirolar, loyiha- konstruktorlik yechimlari, tajriba namunalari, yangi reglament va retseptlar, ishlab chiqarish usullari va ko‘pgina boshqalar. Ular nafaqat mazmuni, tarkibi va maqsadiga ko‘ra turlanadi, balki iste’molga (foydalanishga) tayyorgarlik darajasi bo‘yicha ham farqlanadi. Innovatsion faoliyat natijalarining ko‘pginasi ko‘p pog‘onali huquqiy va tashkiliy tadbirlardan so‘ng intellektual mulk shakliga kiradi, ma’lum qismi esa tijorat siri bo‘lib qoladi. Jahon va ichki bozorda intellektual mulk ob’ektlari – o‘ziga xos tovar bilan bo‘lgan tijorat operatsiyalari muhim ahamiyat kasb etib qolmoqda.
“Intellektual mulk” umumiylashtirilgan tushunchasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida (VIII b. 2 m.) ko‘rsatilgan bo‘lib, u adabiy, badiiy va ilmiy asarlar, ijro faoliyati, ixtirolar, ilmiy kashfiyotlar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, adolatsiz
raqobatga qarshi kurashga taalluqli huquqlar, hamda ishlab chiqarish, adabiy va badiiy sohalarga tegishli barcha huquqlarni o‘z ichiga oladi. Intellektual mulk masalalari VOIS tomonidan qabul qilingan “Intellektual mulk bo‘yicha butunjahon deklaratsiyasi” da (2000) yanada rivojlanib, u yerda “intellektual mulk” atamasi umumiy rozilik bilan xarakteri bo‘yicha intellektual deb tan olingan va himoyaga loyiq har qanday mulkni, shu jumladan, ilmiy va texnik ixtirolar, adabiy asarlar, tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik nomlarni bildirilishi ko‘rsatilgan.
Intellektual mulk huquqlarning ikki sohasini o‘z ichiga oladi:
sanoat mulki; 2) mualliflik va unga yaqin huquqlar. Sanoat mulki – bu ilmiy-texnik xarakterdagi ijod natijalariga egalik qilish va uni tasarruf etish mutlaq huquqidir. Sanoat mulkining an’anaviy ob’ektlari:
boshqa individualizatsiya vositalari (firma belgilari, joylashgan yeri va h.k.);
adolatsiz raqobatni oldini olish huquqi.
Sanoat mulkining bunday tarkibi 1883 yilda, sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi qabul qilinganda belgilangan. 1886 yilda esa adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish bo‘yicha Bern konvensiyasi qabul qilingan.
Intellektual mulkning alohida ob’ekti – ilmiy kashfiyotlardir. Hech qaysi milliy qonunchilik va hech qaysi xalqaro shartnoma ilmiy kashfiyotlarga egalik qilish va ulardan foydalanishga mutlaq huquq bermaydi. Sobiq SSSR da Fuqarolik qonunchilik asoslarida kashfiyotlarni huquqiy himoya qilish to‘g‘risida maxsus bo‘limlar bor edi. Kashfiyotlarga moddiy dunyoning ilgaridan noma’lum ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xossalar va hodisalar kirardi.
Fuqarolik kodeksi kashfiyotga bo‘lgan huquqni fuqarolik huquqi sohasidan chiqardi, chunki kashfiyot, ushbu hujjat mualliflari fikriga ko‘ra, mulk aylanmasi predmeti bo‘la oladigan
ijod mahsulini yaratish emas, chuqur bilish jarayoni natijasini namoyon etadi. Ilmiy kashfiyot tabiatini shu tarzda talqin etish asosli deb bo‘lmaydi. Har qanday holatda kashfiyotlarni bunday talqin etish va huquqiy himoyadan mahrum etish munozarali masaladir. Kashfiyotga uning ehtirof etilganligi, ustuvorligi va mualliflikni tasdiqlaydigan diplom beriladi. Innovatsion biznesda kashfiyot – kam uchraydigan hodisa, lekin chet el amaliyotida juda keng tarqalgan.
Sanoat mulki ob’ektlari orasida ixtirolar markaziy o‘ringa ega. Ixtironing ahamiyati bir qator jihatlar bilan izohlanadi: 1) ixtirolar soni sanoat mulkining boshqa ob’ektlari sonidan ancha ortadi; 2) ixtirolarga bo‘lgan patentlarni huquqiy buzishlarda sanksiyalar qoidabuzar uchun kattaroq bo‘ladi; 3) ixtiro ko‘pincha texnikaning raqobatbardoshligini belgilaydi; 4) faqat ixtirolarga bo‘lgan patentlar yordamidagina yangi texnologik jarayonlarni himoya qilish mumkin. Ixtiro ob’ektlariga moslamalar (mashinalar, uskunalar va h.k.), usullar (metodlar, jarayonlar va h.k.), moddalar (materiallar, qotishmalar), retseptlar kiradi.
Ixtiroga bo‘lgan mualliflik huquqi odatda davlat tomonidan, xususan patentlar bilan himoya qilinadi.
Ta’kidlab o‘tamizki, ko‘pgina holatlarda ko‘p mamlakatlarning patent qonunida “ixtiro” tushunchasiga muayyan ta’rif berilmagan. Asosan ob’ektning patentga layoqatlik mezonlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular asosida ushbu ob’ekt ixtiro sifatida patent himoyasiga ega bo‘lishi mumkin. Amaliy faoliyatda bunday mezonlar bo‘lib mazkur texnik echimning yangiligi va noayonligi (ixtiro darajasi), uning sanoat yo‘li bilan amalga oshirishliligi hisoblanadi. Ixtironing muhim jihati shundaki, u yangi g‘oya bilan cheklanib qolmasligi lozim, garchi g‘oyat qiziqarli bo‘lsa ham. Patent himoyasini olish uchun u ushbu g‘oyani haqiqiy yoki istiqbolli amalga oshirish uchun yaroqli bo‘lgan aniq texnik yechim bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, ixtironi yangilikka, noayonlikka (ixtirochilik darajasi) va sanoat yo‘li bilan realizatsiya qilishga yaroqlilikka ega bo‘lgan masalaning texnik yechimi sifatida ta’riflash mumkin.
Patent egasining ixtiroga bo‘lgan mutlaq huquqi 20 yil davomida amal qiladi. Himoya hujjatlarini rasmiylashtirishning aniq o‘ziga xosliklari, talabnomalarni ko‘rib chiqish, patent olish, mualliflik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar, saqlash tartibi tegishli hujjatlarda batafsil bayon etilgan. Innovatsion faoliyat tajribasidan uzellar, umumiy komponovka va texnologik zanjir va hokazolar maketlari va modellari ma’lum. Biroq hozirgi vaqtda innovatsion biznes doirasida bu masalaga nafaqat “sof” ishlab chiqarish-texnik jihatdan, balki huquqiy tomondan ham yondashmoq zarur.
Hozirgi vaqtda foydali modeldan foydalanmasdan samarali innovatsioln loyihani tasavvur etish mushkul, bunday loyiha innovatsion korxona tomonidan qo‘llanilishi, ishlab chiqilishidan qat’i nazar. Foydali modellar to‘g‘risidagi birinchi qonun 1981 yil Germaniyada qabul qilingan. Foydali modellarga ishlab chiqarish vositalari va iste’mol etish predmetlarining, shuningdek, ularning tarkibiy qismlarining konstruktiv ijrosi kiradi. Foydali model – bu texnik yechim bo‘lib, darajasiga ko‘ra ixtirolarga qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Xususan, foydali model mashinalar konstruksiyasiga o‘zgartirishlar va takomillashuvlar kiritishi mumkin.
Yechimning foydali model sifatida e’tirof qilinishi uchun ixtirochilik darajasi, ya’ni ixtiroda bo‘lgan ijodiy g‘oya bo‘lishi shart emas. Aynan shu parametr bo‘yicha ixtiro va foydali modellar o‘rtasida tafovut ko‘riladi. Foydali modellar ko‘pincha “kichik ixtirolar” deb ataladi. Foydali modellarga huquqiy himoya ko‘rsatish shartlari – yangilik va sanoatda qo‘llanishlikdir. Foydali model sifatida, odatda, ishlab chiqarish apparaturasi, buyumlar, mahsulotlar komponovkasi hamda ularning qismlari himoya qilinadi. Undan tashqari, foydali model sifatida buyum qismlarining joylashish shakllari, elektrik sxemalari, ular texnik funksiyalarni bajarsa, himoya qilinadi. Mikroorganizm usullari, moddalari va shtammlari foydali model sifatida e’tirof etilmaydi.
Foydali modelga bo‘lgan talabnoma patent idorasiga (2004 yildan – Intellektual mulk, patentlar va tovar belgilari bo‘yicha
federal xizmat, yoki Rospatent) beriladi. Talabnoma hujjatlari tarkibiga foydali modelni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza, himoya predmetini qisqa va aniq ko‘rsatgan holda, himoya nimaga so‘ralishini ko‘rsatgan formula, foydali model tavsifi, chizmalar va referat kiradi. Himoya hujjati odatda himoya qilish layoqati shartlariga muvofiqlik ekspertizasisiz beriladi. Qonun muallifga foydali modelga bo‘lgan talabnomani ixtiro talabnomasiga o‘zgartirish imkonini patent idorasi tomonidan foydali modelga bo‘lgan talabnoma bo‘yicha qaror chiqarilgunga qadar beradi. Foydali modellarni himoya qilishning huquqiy shakli bo‘lib besh yil davomida, patent idorasiga talabnoma berilgan sanadan boshlab amal qiladigan guvohnoma hisoblanadi. Patent egasi iltimosnomasiga ko‘ra u uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish bir qator rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Italiya, Ispaniya va Yaponiya) qonunchiligi bilan ham ta’minlangan. Muayyan huquqiy bazaga ega bo‘lib, o‘tkaziladigan ilmiy-texnik ishlar natijalariga ko‘ra foydali modellarni aniqlash va rasmiylashtirishga oid tegishli to‘g‘ri yondashganda intellektual mulk ob’ektlari (xususan, foydali modellar) ancha ko‘proq bo‘lardi.
Sanoat namunasi (Parij konvensiyasiga ko‘ra) – bu biror ob’ekt (buyum) ning tashqi ko‘rinishi echimining badiiy- konstruktorlik (dizaynerlik) faoliyati natijasidir.
Sanoat namunasi, mahsulotning estetik va ergonomik xususiyatlarini aniqlaydigan muhim xususiyatlar majmui sanoat namunasi ustuvor sanasigacha dunyoda hammabop bo‘lgan ma’lumotlardan noma’lum bo‘lsa, yangi deb tan olinadi. Sanoat namunasi, tegishli mahsulotni ishlab chiqarish yo‘li bilan ko‘p marotaba qayta chiqarsa, sanoatda qo‘llana oladigan deb e’tirof etiladi.
Sanoat namunasining patentga layoqatliligi mezoni – ob’ekt turini (ko‘rinishini) aniqlaydigan badiiy-konstruktorlik yechimidir. Bunda sanoat namunasining o‘ziga xosligi, yangiligi va sanoatda qo‘llana bilishi baholanadi. Agar sanoat namunasi ushbu
mezonlarga ega bo‘lsa, RF patent qonuni (6 m. 1 b.) ga muvofiq sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etiladi. Sanoat namunasiga patent berish talabnomasiga patent berish to‘g‘risidagi sanoat namunasi mualliflarini ko‘rsatgan holda ariza, mahsulotni, mahsulotning umumiy ko‘rinishi chizmasini aks ettirgan fotosuratlar to‘plami, ergonomik sxema, muhim xususiyatlarini ko‘rsatgan holda sanoat namunasining tavsifi kiradi. Sanoat namunasiga patent 10 yil davomida amal qiladi.
Ahamiyati kichik innovatsion korxonalar rivojlanishi va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim bo‘lgan sanoat mulkiga aloqador boshqa ob’ektlar ham qiziqish o‘yg‘otadi. Sanoat mulkining bunday ob’ektlariga tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari va tovar kelib chiqish joyining nomi kiradi. Sanoat mulkining qonun bilan himoyalangan yangi ob’ekti – tovar kelib chiqishi joyining nomidir. Ushbu ob’ekt nafaqat mahsulotni ajratish belgisi uchun, balki mahsulotning kelib chiqish joyi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish uchun ham mo‘ljallangan. Tovar kelib chiqish joyi nomi tarkibiga mamlakat, aholi punkti yoki o‘ziga xos xususiyatlari faqat mazkur geografik ob’ekt uchun tabiiy shart-sharoitlar yoki inson omili, yoki ikkalasi bilan belgilanadigan tovarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan boshqa geografik ob’ektlar kiradi. Misol uchun, vinolar uchun “shampanskoe”, mineral suvlar uchun “borjomi”. Geografik ob’ektlarning tarixiy nomlarini ham qo‘llash mumkin.
Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari “sertifikati” funksiyasini (rasman bo‘lmasa ham) bajarib, uning kelib chiqish joyini ko‘rsatish - sotish hajmini ko‘paytirish, tovarning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir. Bunda mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari barqaror bo‘lishi lozim. Lekin bu yerda insofsiz hiyla-nayranglar xavfi mavjud. Tovar kelib chiqish joyi nomining huquqiy muhofazasi uning qonunga muvofiq ravishda ro‘yxatga olinishi, hamda xalqaro shartnomalar asosida vujudga keladi.
Individuallashtirishning boshqa vositalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda, ularning qatoriga firma nomi kiradi. Firma
nomi – oti yoki belgisi korxonani identifikatsiya qilishga imkon beradi va uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlaridan himoya qiladi. Ushbu tushunchaning rasmiy ta’rifi qonunlarda ham, biron bir me’yoriy hujjatlarda ham yo‘q. Parij konvensiyasida faqat ko‘rsatilganki, firma nomi barcha mamlakatlarda majburiy talabnomasiz yoki ro‘yxatga olishsiz, u tovar belgisiga kirishidan qat’i nazar, himoya qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, firma nomini himoya qilishga talabnoma berish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish ehtiyoji yo‘q. Firma nomining uchinchi shaxs tomonidan qo‘llanilishi korxona egasi huquqlarini buzish demakdir, va ushbu nizo sudda hal etiladi.
Sanoat mulkining tovar belgisi kabi ob’ekti katta ahamiyatga ega. Tovar belgilari turli ishlab chiqaruvchilarning o‘xshash tovarlarini (mahsulotlar, maishiy anjomlar, poyafzal va h.k.) ajratish, bir xil assortiment (nomenklatura)ni bir guruhdagi tovarlarga birlashtirish va ularni yagona markirovka bilan belgilash uchun qo‘llaniladi. Mazmunan tovar belgisi sotib oluvchiga bir xil ishlab chiqaruvchilarning tovar (xizmat) larini boshqa ishlab chiqaruvchilar bir turdagi tovarlaridan ajratish, ya’ni mazkur tovarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan xususiyatlarning maksimal miqdorini o‘z ichiga oladi. Bunday xususiyatlarga tovar nomi, uning tarkibi, firma belgisi, hidi, ta’mi, shakli, qadoq rangi va hokazolar kiradi. Ta’kidlab o‘tamiz, chet elda “savdo markasi” atamasi ishlatiladi. Innovatsion faoliyatda tovar belgisi va tovar markasini sinonimlar, o‘xshash tushunchalar sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Tovar belgisi – bu yuridik tushuncha ham bo‘lib, uning qo‘llanish chegaralari 1883 yildayoq qonun bilan kifoyalangan.
Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi bilan tovar belgilarini himoya qilish standartlari belgilangan. Hozirgi vaqtda ushbu konvensiya (kelishuv) 100 dan ortiq mamlakatlarda amal qilmoqda. 1891 yilda Madrid kelishuvi qabul qilinib, u tovar belgisini Jenevada joylashgan markaziy ofis orqali barcha mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini belgilaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazish tovar belgisiga bo‘lgan
huquqlarni sudda hal qilishga imkon beradi. Rossiya imperiyasining tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun 1896 yilda kuchga kirgan. U mahsulotda qanday nomlar, emblemalar, harflar, naqshlar qayd qilinganligini belgilaydi.
Hozirgi vaqtda Ozbekistonda tovar belgisi deb atalish huquqi 2001 yil 30 avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida” gi 267-2 son Qonuni bilan belgilangan. Mazkur qonunga muvofiq tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi deganda yuridik yoki jismoniy shaxslarning tovarlari, bajariladigan ishlari yoki ko‘rsatiladigan xizmatlari individuallashtirish uchun xizmat qiladigan belgilar tushuniladi. Shuningdek mazkur qonun tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘lgan belgilarni, tovar belgisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibini, uni qo‘llash sohasini belgilaydi. Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanish, hamda tovar belgisini yoki tovarni noqonuniy tayyorlash, qo‘llash, sotuvga taqdim etish, sotish, boshqa xo‘jalik aylanmasiga kiritish taqiqlangan bo‘lib, yuridik javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisiga talabnoma uning Tovar va xizmatlar xalqaro tasnifi bo‘yicha ko‘rinishi, og‘zaki tavsifi va boshqa rekvizitlarini ilova qilingan holda rasmiylashtiriladi. Rospatent rasmiy ekspertiza o‘tkazib, da’vo qilingan belgilarni qonunda bayon etilgan me’yorlarga mosligini va patent sofligini tekshiradi. Ekspertiza yakunida tovar belgisi sertifikati beriladi yoki talabnoma beruvchi uni ro‘yxatdan o‘tkazishda rad javobini oladi. Tovar belgilarini patentlash keyinchalik tovar belgisidan foydalanish huquqlarini sotish uchun amalga oshiriladi.
Tovar belgisi mazmunan “brend” tushunchasi (ingl. brand – tamg‘a, belgi) bilan chambarchas bog‘liq. Amaliy jihatdan tovar belgisi mazmuni brend asosidir, shu sababli ushbu tushunchalar ko‘pincha sinonim sifatida ko‘riladi. Ammo ular o‘rtasida tafovut mavjud. Brend iste’molchining tovar belgisiga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi, ya’ni iste’molchilar ongida tovar
belgisini namoyon etadi. Bu xususda brend (“sof” tovar belgisidan farqli o‘laroq) ijtimoiy psixologiya elementlari bilan chambarchas bog‘liq.
Hozirgi vaqtda chet elda ham “brend” tushunchasining ma’lum ta’rifi mavjud emas. Tijorat va iste’mol darajasida brend ko‘pincha “rivojlangan” savdo markasi (tovar belgisi) sifatida talqin etiladi. Brend iste’mol afzalligini yaratib, raqiblardan farqni belgilaydi, tovarni xaridorlar uchun qulay va oson oladigan qiladi. Brendni mahsulot o‘xshaydigan ramz, dizayn, belgi va raqiblardan farqi sifatida ham taqdim etish mumkin. Brend mohiyatini quyidagi ta’rif ko‘proq xarakterlaydi: brend – bu firma yoki tovar atributlari bo‘lib, ular o‘ziga xoslikni aks ettiradi, mijozlar e’tiborini tortadi, firma imidjini, uning obro‘sini yuksaltirishga va tovarni bozorga chiqarishga yordam berib, yaratadi.
Har qanday yondashuvda brend iste’molchilar ongida ularga muhim bo‘lgan ma’lum tovarni tanlashga imkon beradigan ramzda ifodalangan tovar obrazidir. Umumiy ko‘rinishda brend – bu tovar belgisi va uning iste’molchi tomonidan idrok etilishidir. Bu yerda tovar belgisi va brend o‘rtasida bitta farq ham kuzatiladi. Tovar belgisining mazmuni huquqiy asosda shakllanib, tovar belgisi to‘g‘risidagi qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Tovar belgisi to‘g‘risidagi his-tuyg‘ular, afzal ko‘rishlar, psixologik idrok (ongli va beixtiyor), barqaror tasavvurni yuridik jihatdan mustahkamlab bo‘lmaydi.
Boshqaruvchilik amaliyotida, xususan, intellektual mulkni boshqarishda, brend uchta funksiyani bajaradi: 1) tovarni bozorga targ‘ib qilish; 2) tovarni raqobat muhitida pozitsionlashtirish; 3) tovar va uni ishlab chiqaruvchisini identifikatsiya qilish. Har bir brend o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, uning kuchi asosan tovar belgisi pozitsiyasining iste’molchilar ongida barqarorligi bilan belgilanadi.