Integral mikrosxemalar GOST 11.073.915.—8 bo‘yicha
to‘rtta element yordamida markalanadi:
-birinchi element mikrosxemaning konstruktiv-texnologik
gruppasini
bildiradi:
1,5,6,7
yarim
o‘tkazgichli
mikrosxemalarni; 2,4, 8— duragay mikrosxemalarni; qolganlari
3 raqami bilan belgilanadi.
-ikkinchi element tartib nomerini;
-uchinchi element ishlatilish sohasini bildiradi. Masalan,
generatorlar — G, detektorlar — D; kommutator va kalitlar —
K; ko‘p funksiyali sxema — X; modulyatorlar — M; yarim
o‘tkazgichli passiv elementlar to‘plami — N; ikkilamchi tok
manbai sxemalari — G va kuchaytirgichlar — U (usilitel) harfi
bilan belgilanadi;
-to‘rtinchi element bitta seriyadagi bir xil operatsiyani
bajara oladigan mikrosxemaning nomerini bildiradi. To‘rtinchi
elementdan so‘ng, mikrosxemani bir yoki bir nechpa
parametri bo‘yicha farqlovchi harf qo‘yiladi.
Keng qo‘llaniladigan integral mikrosxemalarda
shartli belgilardan oldin K harfi qo‘yiladi.
Mikrosxema korpusining materiali va tipini
ko‘rsatish uchun K harfidan keyin quyidagi harflar
qo‘yiladi: R—ikkinchi tip plastmassali korpuslar
uchun; M—ikkinchi tip keramika, metall-keramika
va metallshishali korpuslar uchun; E—ikkinchi tip
metall-polimer korpuslar uchun; A—to‘rtinchi tip
plastmassa korpuslar uchun; I — to‘rtinchi tip
keramika-shisha korpuslar uchun. 1974 yilgacha
ishlab
chiqarilgan
mikrosxemalarda
uchinchi
element birinchi raqamdan so‘ng yozilgan.
Masalan: К174УН7 – keng qo’llaniluvchi IMS(К), 174-
seriya, yarimo’tkazgichli texnologiya(I), kuchaytirgichlar
guruhu(У), past chastotali (H), ishlanma tartib raqami 7.