Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi:
Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;
Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida;
Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
пуск – программы – Internet Explorer
Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki fayl menyusining 3aKpbiTb - ya'ni yopish buyrug’ini tanlash yoki |Alt]+[F4] klavishalarini birga bosish yetarli.
Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko’ri-nishdagi oyna ochiladi:
Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.
Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:
Har bir menyu ma'lum amallarni bajarishga mo’ljallangan buyruq va ko’rsatmalar majmuyidan iborat. Ularning asosiylarini ko’rib chiqamiz.
Fayl menyusiorqali asosan Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o’z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo’yish, Web-sahifani qog’ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Takrirmenyusi yordamida qirqib olish, nusxa olishjoylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
Ko’rinish menyusi tarkibiga, asosan, dasturning ekrandagi ko’rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo’yish yoki joyiga qaytarib qo’yish, shrift o’lchami va kodlash usulini o’zgartirish) amallar kiradi.
Tanlangan menyusigakirgan amallar yordamida, asosan, o’zingizga yoqqan yoki ko’p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo’yish, ularga yangilarini qo’shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.
Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-
sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik va hokazo) uchun mo’ljallangan.