I. Iqtisodiy blok a) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) kredit reytingi. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a'zosi hisoblanadi. Tashkilot byudjyeti – 374 mln yevro.
1997 yilda Rasman qo‘llab-quvvatlanadigan eksport kreditlari bo‘yicha kelishuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) ishtirokchilari mamlakatlarning kredit xatarini baholash uslubiyatini ishlab chiqib, davlatlarni ushbu uslubiyat bo‘yicha tasnifladilar. Uning xususiyati shundaki, ushbu tasnif faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar uchun haqning eng kam stavkalarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Ko‘rinib turganidek, so‘nggi yilda MDH mamlakatlari orasida faqat bittasi – Belarus reytingda ko‘tarila olgan. Unga ergashish maqsadida reytingni hisoblash uchun statistik bazani tayyorlash – mamlakatimizga XVF missiyasi tashrifini uyushtirish hamda statistik axborotni to‘plash, umumlashtirish, ishlov berish va e'lon qilish xalqaro tajribasini tahlil qilishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek reytingimizni qayta ko‘rib chiqish uchun IHTTga a'zo mamlakatlarning eksport kredit agentliklari (EKA) bilan hamkorlikni faollashtirish zarur.
b) Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index). 2004 yildan buyon tuziladi, bugungi kunda dunyodagi turli mamlakatlar raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarining eng to‘liq majmui sanaladi. 113 ta o‘zgaruvchan ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi, ularning 2/3 qismi kompaniyalar rahbarlarini global so‘rovdan o‘tkazish natijalarini, 1/3 qismi esa umumfoydalanishdagi manbalarni (statistik ma'lumotlar, tadqiqotlar natijalari va h.k.) aks ettiradi
Bugungi kunda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga (The Global Competitiveness Report 2017–2018) ko‘ra MDH mamlakatlari orasida reytingdagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
Bu O‘zbekiston umuman o‘rin olmagan, to‘plamdagi yagona tadqiqotdir. Shu sababli avval indeksga kirishga tayyorgarlik ko‘riladi – indikatorlarni baholash uslubiyati o‘rganiladi, bizda quyi baho olishi mumkin bo‘lganlari aniqlanib, tuzuvchilar bilan aloqa o‘rnatiladi. Navbatdagi bosqichda mamlakatimiz Kompaniyalar rahbarlari global so‘rovida qatnashib, o‘z bahosini oladi.
v) Jahon bankining «Biznes yuritish» (Doing Business) indeksi. Doing Business indeksidagi ko‘rsatkichlarimizni ko‘tarish uchun to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish taklif etilmoqda:
korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini takomillashtirish;
kredit olish imkonini oshirish;
«Qurilish uchun ruxsatnoma olish», «Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish», «Minoritar investorlarni himoya qilish» va «To‘lovga noqobillikni hal etish» singari reytingning boshqa komponentlarini takomillashtirish;
Jahon banki bilan hamkorlik qilish.
g) Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom). 1999 yildan buyon iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha har yili tuziladi. The Wall Street Journal gazetasi bilan hamkorlikda Meros jamg‘armasi (The Heritage Foundation) tomonidan nashr etiladi.
Tadqiqotlar 10 ta nazorat ko‘rsatkichi: mulk huquqi, korrupsiyadan xolilik, fiskal erkinlik, hukumat ishtiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiya erkinligi va moliyaviy erkinlikka asoslanadi. Har biri bo‘yicha 0 dan 100 ballgacha baho qo‘yilib, shundan so‘ng o‘rtacha qiymat hisoblab chiqariladi.
Shu tariqa, Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha MDH doirasidagi to‘rtta mamlakat o‘rtacha erkin iqtisodiyotga (60 dan 70 ballgacha), oltitasi – ko‘p jihatdan erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga (50 dan 60 ballgacha) kiradi, ular orasida bizning mamlakat ham bor va iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan bitta davlat (50 balldan past) mavjud.
Loyiha mualliflarining fikricha, tashkiliy-uslubiy, statistik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish vaziyatni o‘nglash imkonini berishi kerak. Xususan, indeks tuzuvchilar bilan bevosita muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekiston missiyasini yuborish, Iqtisodiy erkinlik indeksini oshirish maqsadida Xalqaro standartlarni implementatsiya qilish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish va uni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.