114 ta sura, 6226 ta oyat borligi e’tirof etilgan. Ammo Qur’on matnlarini
qarab joylashtirilgan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmiga ega
bo‘lgan 2-«Baqara» surasida 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3
yozuvlar, rivoyatlar yoki adabiy asarlar to‘planib kitob qilganda, katta
hajmdagi asarlar birinchi o‘rinda, kichiklari keyin joylashtirilar ekan. Zayd
sura, oyatlar yig‘indisidan iborat. «Oyat» so‘zi faqat Qur’onning o‘ziga xos
14
iborasi bo‘lib, «mo‘jiza», «hikmat», «ilohiy», «alomat, belgi», ma’nolarini
anglatadi.
Oyatlarning hajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni
bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2,255-Oyat-al-Kursiy) iborat
bo‘lgan holda, ayrim oyatlar faqat ikki so‘zdan (gapning bir qismidan)gina
iborat. Masalan:
1. Osmon yorilganida,
2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida,
3. dengizlar qo‘shilib to‘siqlar ochilganida,
4. qabrlar ag‘darilganida (qiyomat qoyim bo‘lganida),
5. (har bir) jon o‘zi (dunyoda) qilib o‘tgan va qoldirgan (barcha)
narsalarni (amallarni) bilur! (82:1-5).
Qur’on-muqaddas kitob, uning mazmunini Alloh so‘zlaridan iborat deb
hisoblash ham Qur’onning o‘zidagi ko‘rsatmalariga asoslangan: «U (Alloh)
bundan ilgari yuborilgan (kitoblar)ning to‘g‘riligini tasdiqlab, senga haqiqat
kitobini yubordi», «Biz Nuhga, Yaqubga va uning avlodlariga, Isoga,
Ayyubga, Yunusga, Xorunga, Sulaymonga qanday vahy qilgan bo‘lsak
hamda Dovudga Zoburni qanday yuborgan bo‘lsak, senga ham o‘shanday
vahy yubordik», «Sening Qur’onni odamlarga parcha-parcha qilib o‘qib
berishing uchun biz uni bo‘laklarga bo‘lib senga yubordik».
Biz keltirgan va bundan boshqa ko‘p oyatlardan shunday xulosa kelib
chiqadiki, Qur’on o‘zidan ilgarigi diniy yozuvlarni inkor etmaydi, balki
ularni tasdiqlash va o‘sha yozuvlardagi diniy yo‘llanmalarni oxiriga etkazish
uchun yuborilgan muqaddas kitob deyiladi. Islom ham o‘zidan ilgarigi diniy
e’tiqodlarning vorisi, Muhammad (s.a.v.) esa o‘zlaridan ilgari o‘tgan barcha
payg‘ambarlarning ishini yakunlovchi va oxirigi etgazuvchi rasul-yelchi deb
taniladilar.
Qur’oni karim islomda muqaddas kitob, barcha bilimlar manbai,
qonunlar to‘plami, mazmuni osmondan Xudo vahy qilgan deb e’tiqod
qilinadi. Qur’ondagi har bir suraning nomi bor, bu nom sura boshlanishida
sarlavha qilib berilgan.
Olimlarning fikricha, suralarning nomlari dastlabki vaqtda bir necha
so‘zdan tuzilgan jumlalardan iborat bo‘lgan, keyinchalik qisqara borib, o‘sha
jumladan bironta so‘z saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. shuning uchun 2-
sura Baqara (Sigir), 16-sura Nahl (Asalarilar), 27-sura Naml (Chumolilar)
deb nomlangan bo‘lsa, bunga hech ham ajablanish kerak emas. O‘sha
suralarda tegishli rivoyatlar keltirilgan. Dastlabki shaklida «Ana shunday
rivoyatlar haqida sura» tipidagi uzunroq nom bo‘lgan va keyinchalik
qisqargan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarli xoldir.
15
Qur’ondagi 29 ta suraning boshlanishida bir yoki bir necha alohida
harflar bor. Ilohiyot kitoblarida va tafsirlarida bu harflar «al-huruf al-
muqatta» (alohida, bir-biridan uzuq harflar) deb ataladi. Masalan, 3, 29, 30,
31, 32-suralarning boshlanishida-«alif», «lom», «mim», 10, 11, 12, 13, 14,
15-suralar boshida «alif», «lom», «ro», 19-surada-«Kaf», «Ho» (hoy havvaz),
«Yo», «Ayn», «Sod» va hokazo. Diniy adabiyotda asosan «bu harflarning
mazmuni sir, uni faqat Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) o‘zlari bilganlar»,
ularga «Qur’onning siri» degan fikr aytilgan. Faqat yirik mufassirlarning bu
harflardan ba’zilarini Allohning sifatlari deb ta’riflagan hollari uchraydi.
Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha
«pora») larga bo‘lingan. Shuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab
Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish
uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan
iborat bo‘lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda,
oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi.
Qur’on yirik tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida axloq, insof, vijdon,
halollik kabi sohalaridagi umumbashariy ahamiyatga molik yo‘l-yo‘riqlar,
qoidalari hozirda ham g‘oyat zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: