Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi.
Islom tarixiga ko‘ra Qur’onning sura va oyatlari Muhammad
payg‘ambarga parcha-parcha tarzida vahy qilib borilgan; bu vahyning
birinchi bayoni «Laylatur qadr» kechasi boshlanib, ularning vafotlarigacha,
ya’ni 23 yil davom etgan. Islom dini, nur imon va hidoyatining boshlanishi
bo‘lgan ana shu tun diniy an’ana bo‘yicha hijradan 12 yil oldin ramazon
oyining 27-kuniga o‘tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan
1 avgustiga o‘tar kechasi deb hisoblanib, Qur’onni vahy qilinishning
boshlanishi to‘g‘risida 97-«Qadr» surasida ifodalangan. «Albatta Biz u
(Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr kechasi nima
ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir?!»
(97,1-3).
Islom manbalarida rivoyat qilinishicha, Muhammad payg‘ambar 40
yoshga etganlarida, ya’ni 610 yili Makka shahri yaqinidagi Hiro nomli g‘orda
yolg‘iz qolib, ibodat bilan mashg‘ul paytlarida, farishta Jabroil (a.s.) ularga
birinchi bor Qur’on oyatlarini keltirganlar. Odatda Jabroil (a.s.) payg‘ambar
Muhammad (s.a.v.)ga oyatlarni o‘qib berar, ular yodlab olib, o‘z izdoshlariga
etkazar edilar. Ular ham o‘z navbatida shunday qilar edilar. O‘sha davrlarda
mutlaqo ko‘pchilik, shu jumladan Muhammad payg‘ambar ham o‘qish,
yozishni bilmaganliklari uchun yodlab olish u davrning birdan bir usuli
bo‘lgan. Bu vahy melodiy yil hisobida 22 yil, hijriy esa 23 yil davom etgan.
Oyatlarda odamlarning savollariga javob berib, ularni to‘g‘ri yo‘lga
etaklagan, yuz bergan hodisalarni talqin qilib berilgan. Biron hukmning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani bayon qilinabergan. Muhammad payg‘ambar
(s.a.v.) vafot etganlarida ularning safdoshlari Qur’onni yod bilganlar. O‘sha
paytda oz sonli kishilargina o‘qish-yozishni bilganlar. Savodli musulmonlar
yozish imkoni bo‘lgan narsalarga Qur’on oyatlarini aniqlik bilan yozib
borganlar.
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan so‘ng Qur’oni karim
suralarini to‘plash va mushaf qilish xalifalar Abu Bakr, Umar ibn al-Xattob,
Usmon, ibn Affon davrlarida amaga oshirilgan. Dastlabki jamlangan
2
Ислом энциклопедия. Ҳуснитдинов З таҳрири остида. –Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси
2004. –Б.137.
13
Qur’onni (Suhufni) xalifa Usmon (r.a.) barcha mushaflarni to‘plab, taqqoslab
chiqish va ularga bo‘lajak Qur’onning yagona nusxasini tayyorlashga amir
bergan va bu ishga bosh bo‘lgan.
Usmon (r.a.) amrini bajarish uchun to‘rt kishilik guruh belgilangan.
Unga Zayd rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yaxshi bilgan
sahobalardan az-Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha
nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona
nushani tayyorlagan. Ilgarigi shaxsiy nushalarning barchasi yo‘qotilgan.
Yangiddan ko‘chirilgan yagona nusha tarixda «Mushafi Usmoniy» deb nom
olgan.
Mushaf qo‘lyozmasi tayyor bo‘lgandan keyin (651 yil) tez orada
Usmon (r.a.) buyrug‘i bilan undan yana 3 ta (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ettita
nusxa) qo‘lyozma kufiy alifbosida ko‘chirilgan va o‘qishda hamda ibodatda
barcha erlarda Qur’onning yagona matnidan foydalanishni amalga kiritish
maqsadida, bu nusxalar Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga
yuborilgan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining
borligi ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: |