Kalom ilmi. «Kalom» so‘zi arab tilida gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq va bayon
ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi, aqidasi
va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda,
balog‘atga etgan kishining e’tiqodi, imon keltirishi, islom dinining talablari
shaklida tasdiqlashi shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi. Islom ta’limoti bo‘yicha
barcha payg‘ambarlarning Allohga imon keltirishga da’vatlari eng asosiy vazifalari
deb qaralgan. Shunday bo‘lsa-da, ularning tutgan shariat yo‘llari turlicha
bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.
Bir qator olimlar «Tavhid» ilmida Allohning yagonaligini va Uning
sifatlarini o‘rganishga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh taoloni yakkayu
yagona deb bilib, Uning sifatlarini sharhlab tushuntirishga ko‘proq ahamiyat
beriladi. Zero, musulmon kishi aqida borasida o‘ziga zarur bo‘lgan dastlabki
bilimga ega bo‘lishi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning vahdoniyati, ya’ni
yakkayu yagonaligiga imon keltirish va uni o‘rganishdan iborat. Yana bu atama
«kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining eng
mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, kalom ilmining vazifasi: a)
diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi shubha hamda
gumonlarni rad qilish;
b) insonni aqidada oddiy taqlidchi bo‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira
olish darajasiga ko‘tarish;
v) islomning sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va
gumonlaridan himoya qilish.
Dostları ilə paylaş: |