Reja: Issiqlik sig’imi


Ayrim qattiq jism va suyuqliklarning solishtirma va molyar issiqlik sig’imlari qiymatlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/10
tarix22.05.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#119248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
0e55666a4ad822e0e34299df3591d979

Ayrim qattiq jism va suyuqliklarning solishtirma va molyar issiqlik sig’imlari qiymatlari

Modda

S (kJ/kg•K)

S (kkal/kg •K)
yoki Btu=(b•



C’ (J/mol•

Alyuminiy

0.900

0.215

24.3

Vismut

0.123

0.0294

25.7

Mis

0.386

0.0923

24.5

SHisha

0.840

0.20



Oltin

0.126

0.0301

25.6

Muz

2.05

0.49

36.9

Qo’rg’oshin

0.128

0.0305

26.4

Kumush

0.233

0.0558

24.9

Vol fram

0.134

0.0321

24.8

TSink

0.387

0.0925

25.2

Spirt(etil)

2.4

0.58

111

Simob

0.140

0.033

28.3

Suv

4.18

1.00

75.2

Bug’ (1atm)

2.02

0.48

36.4

Suyuqliklar qizil, gaz ko’k shriftlar bilan berilgan.

Temperaturani oshishi


Zargar oltindan zebu-ziynat yasashi kerak. Buning uchun u oltinni eritishi kerak bo’ladi. 22 0C temperaturali 3 kg oltinni erish temperaturasi 1063 0C ga yetkazish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo’ladi?

Issiqlik miqdori modda (oltin) temperaturasini oshirishi kerak bo’lib, u temperatura o’zgarishi va modda massasiga proportsionaldir.


yechish:
Kerakli issiqlik miqdori (1) tenglama bilan beriladi. C=0.126 (kJ/kg•K) bo’lib, u 1-jadvalda berilgan.


Q = m s 𝛥T=(3 kg)( 0.126 (kJ/kg•K))(1041 K) =393 kJ
Tekshiring
Masalada issiqlik miqdori so’ralib, javob issiqlik miqdori birligi Joulda chiqdi.
𝛥T=1063 0C-22 0C=1041 0C
1-masala bo’yicha topshiriq

2 kg li alyumin xodaning temperaturasi 10 0C. Unga 36 kJ issiqlik miqdori berilsa uning temperaturasi qancha bo’ladi?.


1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, suyuq suvning issiqlik sig’imi boshqa moddalardan kattaligi ko’rinib turibdi. Shunday ekan, suv isitishning quyosh sistemasi kabi issiqlik energiyasini saqlovchi yashxi materialdir. Bu yana avtomobil dvigatellaridagi kabi yaxshi xladagent (avtomobil dvigatellaridagi xladagent-suv va etilen glikol aralashmasi).


KALORIMETRIYA








Jism issiqlik sig’imini aniqlash uchun uni ma`lum bir temperaturagacha, masalan suvning qaynash temperaturasigacha isitamiz SHundan keyin jismni ma`lum massa va temperaturali suvli vannaga tushiramiz.Bir ozdan keyin vannadagi oxirgi temperaturani o’lchaymiz. Agar sistema atrof muhitdan issiqlikdan izolyatsiyalangan bo’lsa, jism o’z issiqligini suvli vannaga beradi. Bu jarayon, ya`ni energiya almashinuvi jarayoni kalorimetriya deyilib, izolyatsiyalangan suvli konteyner kalorimetr deyiladi.


Jism massasi m, boshlang’ich temperaturasi Tio, issiqlik sig’imi s bo’lsin. Agar Tf jism, suv va idishning oxirgi temperaturasi bo’lsa, jismning suv va idishga bergan issiqlik miqdori:

Qout = mc(Tio - Tf) bo’ladi.


Xuddi shunday, Tiw-suv va idishning boshlang’ich temperaturasi bo’lsin, bunda issiqlik suv va idish tomonidan yutiladi:
Qin = mwcw(Tf - Tiw) - mccc(Tf - Tiw)
Bu yerda mw va cw q4,18 kJ/kg•K suvning massasi va solishtirma issiqlik sig’imi, mc va cc idishning massasi va solishtirma issiqlik sig’imidir.
SHuni qayd etamizki, biz temperatura farqini ikkalasi ham musbat miqdor bo’ladigan qilib ifoda etdik (Bizning Qin va Qout uchun munosabatlarimiz to’g’ri)
Bu issiqlik miqdorlarini tenglash orqali jismning issiqlik sig’imini aniqlash mumkin:
Qout = Qin ⇒ mc(Tio - Tf) = mwcw(Tf - Tiw) + mccc(Tf - Tiw) (7)

(7) –tenglamada faqat temperatura farqi uchrashidan, bu yerda Kelvin va selsiy shkalasini qaysi birini qo’llashning farqi yo’q.


2 misol.
ISSIQLIK MIQDORINI O’LCHASH


Qo’rg’oshinning issiqlik sig’imini aniqlash uchun 600 g qo’rg’oshinni 100 0C temperaturagacha qizdirib, 200 g massali alyuminiyli kalorimetrga tushiramiz. Unda 500 g suv bo’lib, temperaturasi 17 0C dir. Sistemaning oxirgi temperaturasi 20 0C bo’lsa, qo’rg’oshinning solishtirma issiqlik sig’imi nechaga teng? Alyuminiyli kalorimetrning solishtirma issiqlik sig’imi 0.900 kJ/kg•K ga teng.
Ko’rsatma
Biz qo’rg’oshin chiqargan issiqlik miqdori va suv bilan kalorimetr olgan issiqlik miqdorini topib, undan qo’r0oshinning solishtirma issiqlik sig’imini topamiz.

yechish


  1. Qo’rg’oshin chiqargan issiqlik miqdorini issiqlik sig’imi yordamida yozamiz:

QPb = mPbcPb ǀ𝛥TPbǀ

  1. Suv yutgan issiqlik miqdorini yozamiz:

Qw = mwcw ǀ𝛥Twǀ

  1. Kalorimetr yutgan issiqlik miqdoi:

Qc = mccc ǀ𝛥Tcǀ

  1. Jism chiqargan va suv bilan kalorimetr yutgan issiqlik miqdorini topamiz:

Qout = Qin ⇒ QPb = Qw + Qc
mPbcPb ǀ𝛥TPbǀ= mwcw ǀ𝛥Twǀ+ mccc ǀ𝛥Tcǀ
bu yerda 𝛥Tw= 𝛥Tc=2,7 К va 𝛥TPb=80,0 К

  1. cPb ni topamiz:



Tekshirish


Kutilganidek, qo’rg’oshinning solishtirma issiqlik sig’imi suvning solishtirma issiqlik sig’imidan ancha kichikdir (Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4,18 ga teng.
2-misolga topshiriq
Quyosh uyi 1,0 x 105 kg li betondan qurilgan bo’lib, u 25 0C dan 20 0C gacha sovushida qancha issiqlik chiqaradi?




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin