Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan
bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning
uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib
taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar
mavjud
ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian
cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha,
xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning
insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh
qilish edi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson
qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo,
hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi.
Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga
hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib
olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida
yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana
muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga
uringan
o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik
mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u
xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon
antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga
qaratilgan bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim
insoniy fazilat, e’tiqod,
ishonchga asoslangan inson erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning
aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki olamini har tomonlama o‘rgangan
mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha, inson yaxshilikni biladi,
biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak bo‘lmagan
narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning
hammasiga
bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning
eng oliy kuch-qudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi
eng shubhali va noaniq narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan
yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi. O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida
insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Antik falsafa
ta’kidlaganidek, har
bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha
munosabatlarni ham belgilab berar edi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz,
islom dinining ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif
tashkil etadi. Musulmon falsafasida hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk
hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda
umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni shogirdi Iso at
Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta
fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda
o‘z ustozi Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u
ichki ezoterik uslubdan foydalandi.
Dostları ilə paylaş: