3-mavzu.
Jamiyat yaxlit tizim
sifatida.
Reja:
1.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.
2.Jamiyatning belgilari
3.Shaxs tushunchasi
Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining
tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi
jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi.
Jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan
konkret shakli sifatida, uning funksional va
rivojlanish
qonuniyatini, har bir
bo'lakchalarning o'ziga hos tomonlarini, o'zaro
munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri
boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Sotsiologiya tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy
ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar
birligi sifatida
tushunilgan. Shu
bilan birga, jamiyat airim ijtimoiy
birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar
majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib,
ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va
funksional
qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni
o'rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy
hodisalar,
jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqadorlikni,
shuningdek, shaxs, kishilarning
ijtimoiy hulqi, uning
elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Avvallo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai nazardan
quyidagicha
o'rganamiz:
1. Jamiyat tuzulishi
va tarkibi
o'rganiladi
(Jamiyat qandai
kishilardan iborat,
ular qancha va
qandai sinf yoki
tabaqalarga
mansub?).
2. Jamiyatda
yashayotgan
kishilarning hatti-
harakatlari
nimalardan iborat.
(ularning o'zaro
munosabatlaridagi
harakterlari)?
3. Jamiyat
taraqqiyoti uning
rivojlanishi nuqtai
nazaridan
o'rganiladi.
dunyodagi barcha
hodisalar vaqtlar
o'tish bilan
o'zgaradi.
Ijtimoiy munosabatlar o'z mohiyatiga ko'ra jamiyat
taraqqiyotiga
ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etadi.