Режа: Жиноят мотиви Жиноятнинг мақсади



Yüklə 35,92 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü35,92 Kb.
#201659
1   2   3
мустақил иш жиноят ҳуқуқи

Jinoyat motivi – bu shart bo‘lgan muayyan ehtiyojlar va manfaatlarning anglangan yoki anglanmagan ichki xohish-niyati bo‘lib, shaxs unga jinoyat sodir etishda tayanadi.
Ba’zida motiv tushunchasi bilan motivatsiya tushunchasi tenglashtiriladi. Biroq, ular garchi o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lsa ham ta’rifi mohiyati jihatidan farqlanadi.
Agar motiv deb, individni jinoiy faoliyatga undovchi dastlabki sababni olsak, motivatsiya – bu motivlarning majmui bo‘libgina qolmay, balki motivni amalga oshirish jarayoni, xatti-harakatning sababiy bog‘lanishdagi ichki ruhiy jarayonidir. Motivatsiyani o‘rganishda motivning o‘zini emas, balki shaxsning barcha motivatsion sferasini – uni o‘rnatish, irodaviy va hissiy sifatlari, ya’ni shaxs xatti-harakatlarini aniqlab beruvchi ruhiy holatlarning majmui e’tiborga olinadi.
Motiv va maqsad tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat bir xillikka olib bormaydi. Agar motiv jinoiy faoliyatning zaruriy elementi bo‘lsa, maqsad jinoyat sodir eta turib subyekt erishishga intilayotgan xayoliy natijadir. Jinoyatning maqsadi jinoiy faoliyatning yo‘nalishini belgilaydi. Unga faoliyat turi, uning usullari va vositalari bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pgina psixologlarning fikricha, maqsad har doim birinchi navbatda, ongning harakati bo‘lgani holda, undovchi, motivlashgan kuch orqali emotsional (hissiy) kechinmalarni – maqsadni amalga oshirish istagini oladi. Mohiyatan, maqsad – bu istalgan natijani tasavvur qilingan ko‘rinishdagi anglangan motivdir1
Jinoyat maqsadi – bu aybdorning jinoyat sodir etish orqali o‘zi xohlagan natijaga erishish haqidagi tasavvuridir.
Jinoyat motivi va u belgilaydigan maqsad ko‘proq bir-biriga to‘g‘ri keladi. Talon-toroj qilishda g‘arazli motiv va g‘arazli maqsad mavjud bo‘ladi. Biroq motivga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa maqsadlarni ham qo‘yish mumkin. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda bosqinchilikni yashirish maqsadida aybdor tomonidan g‘arazli motiv qo‘llanadi.
Motiv va maqsad doim konkret bo‘ladi va qoida tariqasida JKning Maxsus qismidagi moddalar dispozitsiyasida asosiy, kvalifikatsiya qilingan yoki imtiyozga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi belgisi sifatida ta’riflanadi. Masalan, shaxsning diniy taassublar natijasida qasddan odam o‘ldirishi (JK 97-moddasi 2-qismi «m» bandi) yoki kishi a’zolarini kesib olib boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi «n» bandi) jinoyatlarini sodir etishi. Biroq JK Maxsus qismining ayrim moddalarida berilgan motiv g‘arazli yoki past niyat singari umumlashgan xususiyatga ega (JKning 124, 125, 131, 133-moddalari va boshqalar) yoki boshqa shaxsiy manfaatdorlikni (JKning 209, 212, 2281- moddalari va boshqalar) bildiradi.
Jinoyat motivi va maqsadiga ko‘rsatmalar JKning Umumiy qismida ham mavjud. Masalan, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikni qonunchilik ijtimoiy foydali maqsadga erishish belgilari – muayyan maqsad deb ataydi (JK 41-moddasi). Bunday hollarda motiv va maqsadni ko‘rsatish alohida jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Yuridik adabiyotlarda motiv va maqsadlarni kvalifikatsiya qilishning bir necha yo‘llari keltirib o‘tilgan. Jumladan, motiv va maqsadni ma’naviy va huquqiy baholash asosidagi kvalifikatsiyaga muvofiq, barcha motivlar va maqsadlar pastlik (g‘arazlilik, shuhratparastlik, bezorilik motivi, millatlararo yoki irqiy adovat, diniy taassublar, boshqa jinoyatni yashirish yoki sodir etishni osonlashtirish va h.k.) va pastlik (tubanlik, razillik) holatidan xoli bo‘lgan (qo‘rqoqlik, burch tushunchasini noto‘g‘ri tushunish va h.k.) turlarga bo‘linadi1.
Pastlikka qonun chiqaruvchi jinoiy javobgarlikning belgilanishi va kuchayishini bog‘laydigan motiv va maqsad kiradi. Masalan, bolani almashtirib qo‘yish uchun javobgarlik faqatgina tamagirlik va boshqa past niyatlarda sodir etilganida kelib chiqadi (JK 124-moddasi).
Past niyatdan xoli motiv va maqsad, aksincha, jinoiy javobgarlikning og‘irlashishi bilan bog‘lanmagan.
Boshqa huquqshunoslar motivni jinoyatning og‘irligi bo‘yicha quyidagicha klassifikatsiya qilishadi: g‘ayriijtimoiy (siyosiy, agressiv-zo‘ravonlik, g‘arazli, g‘arazli-majburlash va h.k.); asotsial (egoistik, anarxiya-individualistik va h.k.); soxta ijtimoiy (alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bog‘langan motivlar, jinoyat qonuni normalariga zid keluvchi, alohida shaxslarning va butun jamiyatning manfaatlariga zid keluvchi motivlar); ijtimoiy zid (jinoyat ijtimoiy negativ motividagi ijtimoiy ma’qullangan xatti-harakatlar motivlarining o‘sishi natijasida yuzaga kelgan, jumladan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish va kuchli ruhiy hayajonlanish natijasida jinoyat sodir etish) Shuningdek, motiv va maqsadning uch hadli bo‘linishi ham mavjud: 1) insonga qarshi qaratilgan (insoniyat xavfsizligiga va tinchligiga qarshi sodir etiladigan jinoyatlar motivlari); 2) g‘arazli yoki past niyatli va 3) shaxsiy (rashk, ko‘raolmaslik, shuhratparastlik va h.k.).
Motiv va maqsad qatoriga jinoyat sodir etgan shaxsning emotsional (hissiy) holatini ham kiritish lozim. Shu sababli jinoiy qilmish sodir etish va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini kuzatib boruvchi shaxsning emotsional (hissiy) holatigina jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Subyektning jinoyat sodir etish paytidagi emotsional (hissiy) holati o‘zida jabrlanuvchining ig‘vo, g‘alamislik (huquqqa xilof yoki axloqsiz) xatti-harakatlari yoki uzoq vaqt ruhiy azob berishi holatlarini keltirib chiqargan chuqur kuchli ruhiy kechinmalarni namoyon etadi.
Ko‘pincha ba’zi bir jinoyatlar tarkiblari subyekt tomonining tarkibiy qismi sifatida affekt – kuchli ruhiy hayajonlanish holati namoyon bo‘ladi.

Yüklə 35,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin