Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan ajratilgan alohida
maydoncha bo‘lishi kerak. Maydonchada bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun
joy (tekis maydoncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar
uchun joy, ijodiy o‘yinlar va turli o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun joy
ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun
devorchalar (uch, to‘rt va olti burchakli), muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda,
tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo‘lishi kerak. Bularning
hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo‘lishi zarur.
Bog‘cha maydonchasida bolalarning velosipedda yurishlari uchun yo‘laklar
bo‘lishi kerak.
Yomg‘ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo‘ladi. Maydoncha har
doim ozoda, tartibli bo‘lishi zarur. Bog‘cha maydonchasi skameykalar, o‘ynash uchun
zarur bo‘lgan o‘yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari,
narvonchalar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo‘lchalar, qor inshootlari, qurish
lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovaqat va kechki
ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa,
uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-sharoit
hosil bo‘ladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigieiik malakalarni,
stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarinn tarbiyalashga yordam beradi. Eng
muhimi — bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash
muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, ba’zilari keragidan kam ovqat
yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga qarab
berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga majbur etish kerak emas,
majbur etish har doim ovqatdan oladigan lazzatlaiishni kamaytiradi, uni hazm qilishni
kiyinlashtiradi, ba’zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to‘g‘ri
ovqatlanayotganning asosiy mezoni uning jismoniy jihatdai uyg‘un rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga o‘rgatish ularda
ozqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg‘otishga yordam beradi.
Ikkinchi yoshning boshidan qoshikdan foydalanishga o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan
sanchqidan, beshinchi yoshda — pichoqdan foydalaiish malakalarini tarbiyalab borish
zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini yuvish, tartibli yeb-
ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri
o‘tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og‘izin chayqash kabi
madaniy-gigienik malakalarni ham tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish yaramaydi. Bu
bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo‘g‘adi. Bir bolaga berilgan tanbex boshqa
bolalarning diqqatini tortmasligi lozim. Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga
tarbiyachi yoki enaga yordam bsradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy-gigienik malakalarni
tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna ko‘rsatishni talab etadi. Madaniy-gigienik
malakalarni qanday bajarayottanliklarini tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va
tayyorlov yoshidagi bolalarda esa uning ahamiyatnni, bajarish usulinn ongli egallab
olishlariga erishishi lozim.
Uyqu. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim vazifadir. Uyqu
miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni
tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining, organizm
charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga
to‘ymasa nerv sistemasi faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez
qo‘zg‘aluvchi bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu
tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi. Shunda buiday bolalar
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg‘onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon
uxlasa, uning axloq normasi, o‘zaro munosabati, muomalasi shuncha yomonlashadi,
bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz. Yaxshi uyqu bolaning sog‘lomligidan darak
beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo‘lgan sutkalik rejimni
hayotining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri tashkil etishidir. Bola tez va yaxshi
uxlashi uchun qerakli shart-sharoit yaratish, uyg‘oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil
harakatlarni tashkil etish kerak.
Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri hayotining birinchi oyidan
boshlab uni toza havoda uxlatishdir. Kislorodga to‘ygan qon butun organizmdagi nerv
hujayralarining tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yoshgacha bo‘lgan
bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish nihoyatda zarurdir.
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo‘lib uyg‘onadi va hafsala bilan kiyina
boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |