Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish



Yüklə 34,33 Kb.
səhifə1/8
tarix24.10.2023
ölçüsü34,33 Kb.
#160913
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish


Reja:


2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
3. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadivavazifalari
4. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkihy tuzilmalari
5. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi

1. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan otkazish tartibi
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1.1-rasmda aks ettirilgan.
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So'ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona ro'yxatdan o'tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tadi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega korxonalar esa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tadi. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-korxonani ro yxatdan o'tkazish to'g'risida ta’sischilarning arizasi;
-notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
-korxona manzilinitasdiqlovchihujjat;
-davlat bojini to'laganligi to'g risida bankdan berilgan hujjat;
-hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to'g risida berilgan guvohnoma;
-muhr va tamg'aning uch nusxadagi namunasi.
Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etilishiga olib keladi.
Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro'yxatdan o'tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo'lgan muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g risidagi ma’lumotlar O'zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'gTisidagi qaroridan ko'chirma nusxasi, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi to gTisidagi davlat orderitopshiriladi.
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandanso'ng korxona rahbariyati:
-dumalo q muhr va tamgaga buyurtma berishi;
-bankdahisobvaragiochishi;
-soliq inspekuiyasidan ro'yxatdan o'tkazishi;
-aholini ijtimoiy himoyaiash fondidan ro'yxatdan o'tkazishi;
-bandlik markazidan ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamgani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo'limi,
korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko'chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg a chizmalarinitaqdimetishikerak.
Ichki ishlar bo'limi ruxsatni alohida xat ko'rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-korxonarahbariningarizasi;
-hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
-notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
-muhr va tamg a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
-hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat royxatidan o'tkazilganligi haqidagi qaroridan ko'chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
-soliq organidan ro'yxatdan o'tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so'ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo'yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro'yxatidan o'tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari soliq organiga ro'yxat (identifikauiya) raqami olish uchun davlat ro yxatidan o'tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat etishlari lozim.
Soliq to'lovchining identifikauiya raqami soliq to'lovchilar va yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlarni ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspckuiyasida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to'xtashi munosabatibilanginabekorqilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari o'z identifikatsiya raqamini O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo'llaniladigan barcha hujjatlarda ko'rsatishishart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o'z omonatlarini to'laligicha kiritadilar (ro'yxatdan o'tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadilar, korxona tuman soliq inspekuiyasida ro'yxatga olinadi, o'zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo'ladi. Shu vaqtdan boshlab, korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita boshlaydi.
Agar korxona aksiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bo'lsa, uning ta’sischilari aksiyalarni sotib olish uchun unga obuna bo'lishi lozim.
Aksiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bo'lganda ta’sischilar kelajakda aksiyalarga obuna bo'lish haqida xabamoma chiqaradi. Xabarnomada aksiyadorlik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, Nizom jamg armasining hajmi, aksiyalarning miqdori va turi, ularning qiymati, aksiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko'rsatilganbo'ladi.
Aksiyaga obuna bo'lganlar ta’sis majlisi bo'lgan kuniga qadar aksiyalar qiymatining 30 %ini kiritishi lozim. Agar aksiyalar ta’sischilar o'rtasida bo'linadigan bo'lsa, badal miqdori 50 %dan kam bo'lmasligi lozim. Aksiyador barcha aksiyalarni aksiyadorlik jamiyati ro'yxatidan o'tkazgandan so'ng bir yildan kechiktirmasdan sotib olishi lozim. So'ngra ta’sis majlisi o'tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:
-aksiyadorlik jamiyatini tuzish;
-aksiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;
-aksiyalarga obuna tugagandan so'ng nizom jamg'armasi miqdorini aniqlash;
-aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;
-jamiyatning faoliyat yo'nalishlarini belgilash va boshqalar.
Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli o'tkazilgandan keyin yangi tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ro'yxatdan o'tkaziladi va ro'yxatdan o'tkazilgan jamiyat o'z faoliyatini yuritishga kirishadi.
2009-yilda ham tadbirkorlaming o'z ishini tashkil etish bilan bog liq sarf-xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirildi. Masalan:
-arxitektura-rejalashtirish topshiriq to'plamlarini olish qiymati 4 barobar;
-loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish 2,5 barobar;
-kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati 2 barobarga pasaytirildi.
Masalan, normativlar loyihalarining ekologik ekspertizasini o'tkazish bo'yicha to'lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik subyekti uchun o'z faoliyatini tashkil etishda umumiy holda 4207 ming so'm miqdorgacha mablag'larni tejash imkoniyati paydo bo'ldi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to'lovlarning optimallashtirilishi bilan bog'liq tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko'rish mumkin(1.1-jadval).

Yüklə 34,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin