Reja: Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi. Turk xoqonligi davrida davlat boshqaruvi. G‘arbiy Turk xoqonligi. 1 Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi
Qadimgi va ilk o'rta asrlar davlatchiliga asosiy bosqinchlari va o'ziga xos xususiyatlari
Reja:
Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi.
Turk xoqonligi davrida davlat boshqaruvi.
G‘arbiy Turk xoqonligi.
1 Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi.Milodning IV-V asrlari O‘rta osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Ulkan Kushonlar davlati ichki va tashqi kurashlar natijasida bir qancha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketadi. O‘rta Osiyoning janubida uning tarixidan Toxariston va Marv ajralib chiqadi. Ulardan shimolda esa Sug‘d alohida bo‘lsa, uning sharqiy tomonida Ustrushona joylashadi. Ustrushonaga tutash hududlarda Farg‘ona, O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida Choch va Xorazm mulklari mustaqil edi.
Bu davrda O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlar ko‘p sonli ichki va tashqi urushlar bilan bog‘liq edi. Shuningdek, milodiy IV-V asrlar o‘rta Osiyo hududlariga ko‘chmanchi qabilalarning kirib kelishi, qabilalar ittifoqi yuzaga kelishi, yangi siyosiy kuchlardan biri Kidariylar bo‘lib, ular haqidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi Solnomasida hamda g‘arb muallif tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, kidariylarning dastlabki, vatani Sharqiy Turkiston edi. Beyshi solnomasida berilishi, yuyechjilar humdori Sidolo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini Bolo (Balxga) ga ko‘chirgan. Yana shu manba xabar berishicha, Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimoldagi 5 ta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ayrim tadqiqotchilar, kidariylar Sharqiy Turkistondan ko‘chishni boshlangan so‘ng ular ikki qismga bo‘linib, katta qismi shimoli-g‘arbiy Hindistonga, kichik qismi esa O‘rta Osiyoga joylashadilar, degan fikrni ilgari suradilar. Kidariylarning O‘rta Osiyoga joylashuvi masalalari bilan shug‘ullangan. S.K.Kabanovning fikricha, ularning markazi Balx emas balki Qarshi atroflaridagi Yerqo‘rg‘on ko‘hna shahri bo‘lgan. Bu fikrni L.N.Gumilyov ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo, bu fikrni ko‘pchilik olimlar e’tirof etmaydilar va balki Qarshi atroflarida kidariylarning kandaydir kichik guruhlari joylashgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirdilar.
Tadqiqotchilar Kidar hukmronlik qilgan davrni IV asrning ikkinchi yarmi va V asrning birinchi choragi bilan belgilaydilar. Kidar (yoki Kidara) avval boshda Eron shohi Shopur II ga bo‘ysungan. Oq xunlar bostirib kelishi bilan o‘z o‘g‘li Pironi Peshovarda qoldirib Shimolga yo‘l olgan. Oq xunlar bilan kurash manbalarda 400-yillarga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan. Kidar Shopur II (309-379 yy)ning zamondoshi bo‘lib, avvalambor kushonlar hokimiyatining davomchisi sifatida ularga bo‘ysunib kelgan hamda xioniylar yordamida Baqtriyada kushonlar hokimiyatiga chek qo‘ygan.
Kidariylar tez orada Amudaryo o‘ng va chap qirg‘oq havzasi hamda Sug‘dning katta qismini egallaydilar. Manbalarning guvohlik berishicha, kidariylar Eron sosoniylari Bilan ko‘pmartalab urushlar olib boradilar. Bu urushlar ayniqsa sosoniy podsholari Varaxran V (420-438 yy.) va Yozdigard II (438-457 yy.) davrlarida ayniqsa avjiga chiqadi. 456 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi harbiy to‘qnashuvlardan so‘ng katta talofatga uchragan kidariylar qayta o‘zlarini o‘nglab ololmadilar. Bu voqeadan keyin kidariylar haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Faqatgina ular Hindistonda Gupta davlatini egallab bu yerda 75 yil hukumronlik qilgani, 477 yilda Gandxardan Xitoyga elchilar yuborgani ma’lum xolos.
IV asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo yerlariga shimoli sharqdan xion qabilalari bostirib kiradilar. Tarixda xioniylar nomi Bilan mashhur bo‘lgan bu qabilalarning asli vatanini ayrim tadqiqotchilar Orol bo‘yida deb hisoblaydilar. Xioniylar xun qabilalariga qon-qarindosh bo‘lganliklaridan bo‘lsa kerak, g‘arb tarixchilari ularni “oq xunlar” deb ataydilar. IV asrning o‘rtalarida ancha kuchaygan xioniylar janubga tomon harakat qilib sosoniylar bilan to‘qnashadilar. Bu to‘qnashuvlar hamda xioniylar yo‘lboshchisi Grumbat, ularning Suriyadagi Umda shahrini qamal qilganliklari haqida Ammian Marsellin ma’lumotlar beradi. Dastlabki harakatlarda xioniylar mag‘lubiyatga uchrasalarda, keyinroq ular sharqqa tomon yurishlar qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar beradilar. K.Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillarida o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi. O‘rta Osiyoda kidariylar va eftalitlar hukmronligi o‘rnatilgach xioniylarning siyosiy ahvoli o‘zgaradi va ular eftalitlarga tobe bo‘lib qoladi. Afsuski, xioniylar va kidariylarning davlat boshqaruvi tizimi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan.
Xioniylar va kidariylarga nisbatan eftalitlar haqidagi ma’lumotlar nisbatan ko‘proq saqlangan. Shunga qaramadan eftalitlarning kelib chiqishi haqidagi olimlarning fikrlari turlicha. Misol uchun, S.P. Tolstov, A.N.Bernshtom, K.V.Trever kabi olimlar eftalitlarning ilk vatani Sirdaryoning quyi oqimi deb hisoblasalar, A.Mandelshtam, R.Grishman, L.Gumilyov, K.Yenoki kabi olimlar esa eftalitlar vatanini Badaxshon deb hisoblaydilar. B.Litvinskiy va K.Inostransevlar eftalitlarning ilk vatani Farg‘onaning tog‘ oldi hududlari bo‘lganligi haqidagi fikrni ilgari suradilar. Ularning turkiy halqlar bo‘lganligi haqidagi masala o‘zil-kesil yechimini topmagan.
Eftalitlar turli manbalarda turlicha nomlanadilar. Misol uchun, xitoy manbalarida ular “ida, iyeda, idan, idyan” deb, suriya va lotin manbalarida esa “eplalit, eftalit, abdal” arab va fors mualliflarida “haytal, yaftal, yeftal” degan nomlar bilan eslatiladi.
Xitoy manbalari eftalitlarni turklar (tukyuye) bilan bog‘liq ravishda ta’riflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan, Prokopiy (VI asr) eftalitlarni xunlardan deb ko‘rsatar ekan, “ular (ya’ni eftalitlar) xunlardandir , tanalari esa oq” deb eslatadi. Eftalitlarning kuchaygan davri V asrning o‘rtalariga (456-457 yy.) ya’ni ular Xitoyga birinchi marta elchi yuborgan davrga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu davrdan to 531 yilga qadar eftalitlar Xitoyga 13 marta elchi jo‘natadilar. Kuch-qudrat jihatdan mustahkamlanib olgan eftalitlar O‘rta Osiyo va Shimoliy Hindistondagi kata yerlarni ishg‘ol etishga kirishadilar.
Eftalitlarning janubdagi asosiy raqiblari Eron sosoniylari edi. Eftalitlar asta-sekin janubiy hududlarni o‘zlariga bo‘ysundirar ekanlar, ularning sosoniylar Bilan munosabatlari keskinlasha boradi. Eftalitlar va sosoniylar o‘rtasidagi kurashlar podsho Pero‘z (459-484 yy.) davriga to‘g‘ri keladi. 484 yilda eftalitlar va sosoniylar o‘rtasida Marv yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda sosoniylar mag‘lubiyatga uchraydilar. Eftalitlar 467-473 yillarda Sug‘dda mustahkam o‘rnashib olgan bo‘lsalar, 477-520 yillar mobaynida Gandxarni ishg‘ol etib, u yerdan kidariylarni siqib chiqaradilar. 490 yilda eftalitlar Urumchini, 497-509 yillar orasida Qashg‘arni bosib, deyarli butun Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar.
Shunday qilib, VI asrning boshlariga kelib, eftalitlar anchagina katta hududlarni egallagan edilar, ko‘pchilik manbalar eftalitlarning dastavval ko‘chmanchi xalqlar bo‘lib, keyinchalik o‘troqlashganligi haqida ma’lumot beradi. Shuning uchun ham ayrim tadqiqotchilar ularni ko‘chmanchilar deb hisoblasa, ayrimlari ularni shahar va qishloqlarda yashaganligini ta’kidlaydilar. Eftalitlarning poytaxti Balx shahri edi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarninng e’tirof etishlaricha, eftalitlar davlati unchalik ham mustahkam emas edi va shuning uchun ham uzoq yashamadi.
Darhaqiqat, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyoda shahar madaniyati taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Jumladan, V asrda Panjikentdanisbatan qadimgiroq bo‘lgan qishloq o‘rniga yangi shahar barpo etiladi. Umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan bu shahar VI asrning boshlariga kelib mustahkam himoya tartibiga, ibodatxona, saroy va ijtimoiy jihatdan ajralib turadigan turar-joylarga ega edi. Sug‘d shaharlaridan yana biri Poykandda ham qizg‘in tadqiqot ishlari olib borilgan. Yanada qadimgiroq davrda (antik) asos solingan ushbu ko‘hna shahar ilk o‘rta asrlar davriga kelib kengayib boradi va V-VI asrning boshlariga kelganda uch qismli yirik markazga aylanadi hamda umumiy maydoni 18 gektarga yetadi. Poykand qazishmalarida ilk o‘rta asrlarga oid ko‘plab moddiy madaniyat buyumlari topilgan bo‘lib, ular haqiqatdan ham Poykand bu davrda arab manbalarida ta’riflanganidek, “Madina-at-tujjor”-“Savdogarlar shahri” bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ilk o‘rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar-joy qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Topilgan moddiy madaniyat buyumlari Buxoro ilk o‘rta asrlardan boshlab O‘rta Osiyoning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi. Shuningdek bu davrda shaharning yettita darvozasi bo‘lib, bu holat uning muhim savdot-ranzit yo‘li ustida joylashganligidan dalolat beradi. Bu davrda Termiz va uning atroflarida ham shaharsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini ko‘zatishimiz mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana shunday shaharlardan biridir. Antik davrda kichik manzilgoh paydo bo‘lgan Zartepa ilk o‘rta asrlarga kelib maydoni 17 gektar bo‘lgan yirik shaharga aylanadi.
IV-V asrlar O‘rta Osiyoning pul muomalasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar tangalar zarb etishning markazlashuvi hamda mintaqaning turli hududlarida zarbxonalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. Bu davrning boshlarida E.Rtveladzening tadqiqotlariga ko‘ra, shimoliy Toxaristonda kushon tangalari va ularga taqlid qilib zarb etilgan tangalar muomalada bo‘lgan. Butun V asr davomida Termizda mahalliy hukmdor tasviri tushirilgan mis tangalar zarb etilgan. Chag‘aniyonda shaxanshoh Pero‘z (459-448yy) davridan boshlab juda ko‘plab sosoniylarning kumush tangalari kirib keladi.
Buxoro Sug‘dida o‘ng tomonida soqoldor hukmdorlar tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan bo‘lsa, Samarqand Sug‘dida V-VI asrlarda ters tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etilgan. Qarshi vohasida o‘ng tomonida podsho boshini tasviri tushirilgan mahalliy kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Xorazmda esa o‘ng tomonida hukmdor boshi, ters tomonida otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan.
Yevrosiyo mintaqasidagi umumiy vaziyat va kushon davlatining inqirozi xalqaro savdoga birmuncha salbiy tasir ko‘rsatgan edi. Sosoniylar Eroni bilin munosabatlar ko‘p hollarda urushlarga aylanib ketishi tufayli o‘zaro savdo aloqalariga putur yetgan edi. Buddaviylikning inqirozi tufayli O‘rta Osiyoning Hindiston bilan munosabatlari ham yomonlashgan edi. Ammo, Xitoy bilan savdo munosabatlari avvalgidek yaxshi edi. Ilgari bo‘lganidek, V-VI asrlarda ham Xitoyga rangdor shishalar, qimmatbaho toshlar olib ketilgan bo‘lsa, Xitoydan asosan ipak va atir-upa keltirilgan. Bu davrda Vizantiya bilan ham savdo aloqalari taraqqiy etadi. Xalqaro savdoda ayniqsa sug‘diylarning ahamiyati katta edi. Manbalarning malumot berishicha, Sharqiy Turkistonda sug‘diylarning qishloqlari ham bo‘lgan. Yurtlaridan uzoqda yashagan sug‘diylar o‘z vatanlari bilan doimiy aloqa qilib turganlar.
Arxeologik tadqiqotlar (tangashunoslik malumotlari, hunarmandchilik buyumlari) bu davrda O‘rta Osiyoda xalqaro savdo bilan bir qatorda ichki savdo ham taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Bu davrda O‘rta Osiyo shahar va qishloqlarida oltin, kumush, Badaxshon lalisi, hunarmandchilik buyumlari, harbiy qurol-yaroqlar, turli taqinchoqlar,rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip-gazlama, qorako‘l, zotdor otlar bilan savdo qilinardi. Termiz, Naxshab, Kesh Samarqand, Poykand, Buxoro, Choch, Varaxsha kabilar o‘sha davrdagi yirik savdo-sotiq markazlari edi.