qadimgi va ilk o\'rta asrlar davlatchiliga asosiy bosqinchlari va o\'ziga xos xususiyatlari
Madaniy hayot. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. O‘z davrida Turk hoqonligidagi madaniy jarayonlar Buyuk ipak yo‘lidagi keng ko‘lamdagi, xalqaro aloqalar tufayli jamiyatdagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy voqealar bilan o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanib bordi. O‘troq dehqonchilik vohalari aholisi va dasht qabilalari o‘rtasidagi madaniy aloqalar ayniqsa kuchaydi. Bu davrdagi madaniy hayot moddiy madaniyat buyumlari, me’morchilik va san’at, din va yozuv qabilarda o‘z ifodasini topdi.
Ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoning turk hoqonligi tarkibiga kirgan davridagi moddiy madaniyati o‘zida mahalliy o‘troq xalqlar va ko‘chmanchi turklarning mushtarakligini aks ettiradi. Ularning umumiyligi qurol-aslaxa, zeb-ziynat buyumlarining o‘xshashligida, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar ko‘rinishida o‘z aksini topgan. Tadqiqotchilarning fikricha, moddiy madaniyatdagi umumiylik, avvalo, O‘rta Osiyo shahar va qishloqlari hamda turk hoqonlari manfaatlarining umumiyligi bilan bog‘liq edi.
Turk hoqonligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, shomonlik kabi dinlarga e’tikrd qilgan bo‘lsalarda, diniy qarashlarda zardushtiylik yetakchi o‘rinda turgan. Zardushtiylarning ulug‘ xudosi Axuramazda (Ormo‘z, Xurmo‘z) "samo va yerning asoschisi" bo‘lib, uning sharafiga qurbonliklar keltirganlar. Bu din ayniksa, Xorazm, Sug‘d va Choch viloyatlarida keng tarqalgan edi. Bu davrda Toxariston, Farg‘ona, Yettisuv va Sharqiy Turkiston shahar aholisi o‘rtasida buddaviylik dini keng tarqalgan edi. Balxdan, Termizdan, Kobadiyondan, Kuvadan ilk o‘rta asrlarga oid budda ibodatxonalari qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Shuningdek, Sug‘diylarning Yettisuvdagi ayrim yerlarga borib o‘rnashishlari oqibatida zardushtiylik dini bilan Yettisuvga xos shomoniylik dinlarining bir-biri bilan qo‘shilishi yuz beradi.
Turkiylarning dini haqida “Bey-shi” va "Suy-shi” Xitoy yilnomalarida qayd etiladi. Ularda turkiylarning diniy odatlari haqida quyidagi ma’lumotlar bor: 1) Hoqon qarorgohiga Sharq tomondan kirilgan va bu bilan kun chiqish tarafga xurmat ma’nosi ifodalangan hamda ayni paytda quyoshga sihinishni ham bildirgan.