Kimyo o’qitish usullari, vositalarni tanlash va qo’llash qoidalari
Kimyo o’qitish usullari O’qituvchining muxim vazifalaridan biri o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishini ta’minlaydigan optimal usulni tanlashdan iboratdir. O’qitish usuli bu o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi maqsad sari yo’nalgan faoliyati deb tushunsa bo’ladi.
Kimyo uqitish usullari yuzasidan yagona fikr yo’q. Pedagogika adabiyotida a) dogmatik, b) illyustrativ, v) evristik usullar bor. "O’qitish metodi " tushunchasiga har xil ma’no beriladi. Ba’zilar "metod'' sozining tarjimasiga asoslanib - ("yo’l" demakdir) - bu tushuncha bo’yicha o’quvchilarni bilmaslikdan bilimdonlikka olib borsin deydilar. Dogmatik, illyustrativ, evristik metodlar ana shundan kelib chiqqan.
Dogmatik (og‘zaki - dogmatik) usuli - o’qituvchi materialni og‘zaki, ko’rsatma vositalardan foydalanmay, dalil - isbotsiz o’quvchilarni jalb etishdan iborat.
Illyustrativ usuli ham tayyor bilimlar usuli hisoblanadi. Uning dogmatik usulidan farqi shundaki o’qituvchi o’quv materialini dalil-isbot, ko’rgazmali qurol bilan bayon etadi.
Evristik usuli esa o’quvchilarning ozlari qiladigan ishi asosida tuziladi. ("Evrika" - "kashfiyot" - "topdim'' - Arximed).
Boshqacha qilib aytganda, "tadqiqot" usuli deb atasa ham bo’ladi.
O’qituvchi beradigan vosita va yo’llar majmui o’qitish metodi (usuli) deb ataladi.
O’qitish metodlarini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
o’qitishning qonuniyat va printsiplari
o’qitishning maqsadi va vazifasi
o’qitiladigan mavzuning mazmuni
o’quvchilarning imkoniyatlari (yoshi, tayyorlanish darajasi, sinfning xususiyatlari)
tashqi sharoitlar (geografik, maxalliy, ishlab chiqarish muassasalarining mavjudligi va hokazo)
o’qituvchining imkoniyatlari.
O’qitishning usul va vositalariga bevosita aloqador bo’lgan didaktik printsiplar orasida Yan Komenskiy zamonasidan boshlab gapirib kelingan ko’rsatmalilik printsipini aytish kerak. "Namma narsani tashqi sezgi orqali uqitish kerak'' ligi talab qilinadi. Shu bilan birga boshqa shiorlar ham jaranglaydi:
"Hamma narsa aql, xotira va til o’rtasida ratsional holda taqsimlangan bo’lishi kerak";
"Yurakdan, aql va qo’l bilan ishlashga ta’sir qil", deb yozardi I. Pestalotstsi;
"O’quvchini qo’li, tili, kallasi bilan ishlashga majbur kil'' - (A. Disterverg).
Nozirgi zamon didaktikasida o’qitishning universal usuli va vositasi yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. quyidagi qoidalarga amalga qilgan holda o’qitishning mazkur holati uchun ongli, asoslangan, optimal variantlarini qo’shib olib borish zarur:
O’qitishning usullarini ta’lim vazifalariga va o’quv materiali xususiyatlariga mos kelishni ta’minlash;
O’qitish usullarini tanlashda o’quvchilar kollektivining va ayrim o’quvchilarning real imkoniyatlarini hisobga olish;
Aktiv boshqarish va oz-ozini boshqarishni bilimlarni uzlashtirishga (idrok qilish, tushunish, muammoni hal qilish, eslash, bilimlarni qo’llash)ga qaratish;
O’qitish usullarini tanlashda oz mahoratining individual xususiyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini nazarda tutish.
Bu qoidalarni izchil, muntazam birgalikda qo’llash yanada natijali va ajratilgan vaqtda qo’yilgan o’quv-tarbiya vazifalarini xal qilishga imkon beruvchi o’qitish usullarini optimal qo’shib berishini ta’minlaydi.
Asosiy e’tiborni shunga qaratish lozimki, o’qitish metodlarini optimal qo’shib olib borilishi nafaqat ma’lum o’quv axborotlarini o’quvchilarga yetkazish va ularni ozlashtirishning ta’minlashga erishishi, balki o’qishga qiziqtirishini rivojlantirishi uchun kerak.
O’qitishning optimal, samarali, natijali deyish uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarni aktiv boshqarish, yangi bilimlarni bayon qilish va ularni bevosita darsning ozida o’quvchilar tomonidan ozlashtirib olinishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilar o’quv materialini ozlashtirish jarayonini tashkil qilishning ma’lum bo’lgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Bu aktiv eslab qolish jarayoni bo’lishi mumkin, bunda yangi materialni idrok qilish, uni tushunish tashkil qilinadi. Eslab qolishning egallangan bilimlarni mustahkamlashning samarali usullari qo’llaniladi.
Ozlashtirishni tashkil qilishning bu varianti materialni programmalashtirilgan ko’rinishida qismlarga bo’lishda va ularni bosqichma-bosqich ozlashtirishda ham ko’rilishi mumkin. Masalan, materialni kompyuterdan foydalanib, qismlarga bo’linadi.
Yana bir varianti (ozlashtirishni tashkil qilish) o’qitishning muammoli-izlanuvchi usulini qo’llashga asoslangan. Bu holda o’qituvchilar oldiga muammoli topshiriqlar qo’yib, aktivligini rag‘batlantiradi, o’quvchilar bilan yechimi mantiqiy asoslangan gipotezali mulohazalar tashkil qiladi.
Bilimlarni ozlashtirish o’qituvchining imkoniyatlari va mavzu mazmuniga bog‘liq. Nar bir darsda o’quvchilarning yuksak aktivligini ta’minlash kerak.
O’qituvchi ozining konkret sharoiti va imkoniyatiga ega ko’p mos keladigan o’quv jarayonini qurish variantini ongli ravishda tanlashi kerak. Bunda tavakkalchilikka, bilim va ko’nikmalarni ozlashtirishda tasodifiy yondashishiga yul qo’yilmaydi.
S’Hu bilan birga novator o’quvchilar tajribalaridan keng foydalanish mumkin:
tayanch sxemalarni mohirona qo’llash;
umumlashtiruvchi plakatlar;
individual so’rash vaqtni kamaytirish va dars strukturasida yangi materialni ozlashtirishning rolini oshirish;
yangi mavzuning muhimini ajratish;
o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish;
o’qitishni turmush bilan bog‘lash va hokazo.
O’qitish usullarni yagona bir klassifikatsiyasi bo’lmagani uchun, ular quyidagicha turkumlanadi.