Kimyo o’qitish usullari, vositalarni tanlash va qo’llash qoidalari
Reja:
1. Kimyo o’qitish usullari. 2. Kimyo o’qitish usullari klassifikatsiyasi. 3. Kimyo o’qitish jarayonini tashkil etish. 4. Uquvchilarni o’qitishda muammoli o’qitish usullari. 5. Pedagogik texnologiya turlari. 6. Uqitish jarayonida texnik vositalardan foydalanish (EHM dan). 7. Kimyo, biologiya, fizika, matematika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi ozaro bog‘liqlik. O’qituvchi bilan o’quvchining o’quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o’zaro bog’langan faoliyati yo’llari va usullarini o’qitish metodlari deb atash qabul qilingan.
O’qitish nazariyasida metod bilan bir qatorda metodik usul degan tushuncha ham bor. Metodik usul - qandaydir metodning bir qismi bo’lib, o’quv vazifasini hal etishda mustaqil ahamiyatga ega emas, ammo asosiy metodning ta‘sirini kuchaytiradi.
Metodlardan o’qitish vositalarini farq qilish kerak . Ular o’quv protsessini tashkil etilishi va o’tib borishini ta‘minlaydi, lekin o’quv vazifalarini hal etmaydi. Xilma – xil o’quv jihozlari, o’quv qo’llanmalar va hokazolar o’kuv vositalariga kiradi.
O’qitish metodlari gruppalari:
Ko’rgazmali metod:
a) ob‘ektlarni natural holida yoki vositali ko’rinishda namoyish qilish;
b) kuzatish mustaqil faoliyat turidir;
v) sayohat.
Og’zaki metod: a) og’zaki so’z
-- hikoya qilib berish,
-- tushuntirish,
-- tavsiflash,
-- suhbat,
-- maktab ma‘ruzasi;
b) bosma so’z
-- kitoblar va boshqa bosma materiallar.
Amaliy metodlar:
a) laboratoriya ishlari va maktab eksperimenti;
b) amaliy ishlar;
v) mashqlar.
Kitob va darslik bilan ishlash o’quvchilarning bosma matn bilan mustaqil ishlash metodidir. Pedagogikning vazifasi o’quvchilar oldiga o’quv vazifasini qo’yish , faoliyatini tashkil etish hamda ularni kitob bilan ishlashning xilma - xil turlariga o’rgatishdan iborat.
Oldiga qo’yilgan vazifaga qarab o’quvchi kitob bilan ishlash jarayonida turli xil yozuvlar olib borishi mumkin. Masalan:
a) o’qilganlarning rejasini tuzish;
b) konspekt olish;
v) tsitatalar yozib olish;
g) tezislar tuzish – ishning asosiy qoidalarini qisqa va qat‘iy shaklda yozib olish;
d) referat yozish, ya‘ni bir yoki bir necha bo’yicha qandaydir masalani o’z mulohazalarini aytish bilan bayon qilish;
e) taqriz yozish;
j) annotatsiya yozish - kitob yoki maqolaning mazmuniga qisqacha ta‘rif berish.