Reja: Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning mazmuni, maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Kimyo va biologiya o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakli va usullari



Yüklə 138 Kb.
səhifə16/17
tarix29.11.2023
ölçüsü138 Kb.
#169787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1404199225 51781

Amaliy ishga baho qo‘yish:
Agar o‘quvchi:
- ish to‘liq va to‘g‘ri bajarilgan;
- tajriba reja asosida bajarilgan;
- amaliy ishga yaxshi tayyorlansa va ko‘rsatmalarga aniq rioya qilib bajarsa;
- barcha tajribalarni tushunib, ongli ravishda bajarsa;
- barcha kimyoviy tajribalarni aniq bajarib, butun ishdan aniq natijalar olsa;
- to‘g‘ri kuzata olsa, to‘g‘ri xulosa chiqarsa, tajribalarni mustaqil suratda bajarsa bunday o‘quvchining amaliy ishiga "5" baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi:
- ish to‘g‘ri bajarilgan ;
- xulosa va kuzatishlar aniq bajarilgan;
- tajriba to‘liq bajarilmagan ;
- moddalar va jihozlar bilan ishlaganda arzimas xatolarga yo‘l qo‘ysa, bunday o‘quvchining amaliy ishiga "4" baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi:
- ishning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri bajarilgan yoki tajriba bajarilishida, tushuntirishda, ishni rasmiylashtirishda, moddalar va jihozlar bilan ishlash vaqtida, xavfsizlik texnikasiga rioya qilishda muhim xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bu xatolar o‘qituvchi yordamida to‘g‘rilangan bo‘lsa, bunday o‘quvchining amaliy ishiga "3" baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi:
-tajribaning bajarilishida, tushuntirishda, ishni rasmiylashtirishda, moddalar va jihozlar bilan ishlash vaqtida, xavfsizlik texnikasiga rioya qilishda ikki yoki undan ortiq muhim xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bu xatolarni o‘qituvchi yordamida ham tuzata olmasa, bunday o‘quvchining amaliy ishiga "2" baho qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi:
-tajriba bajarilmagan, o‘quvchida tajriba o‘tkazish ko‘nikmasi mutlaqo yo‘q bo‘lsa, bunday o‘quvchining amaliy ishiga "2" baho qo‘yiladi.
Yozma ishga baho qo‘yish:
Agar o‘quvchi:
- yozma ishdagi barcha savollarga to‘g‘ri javob qaytarsa;
- aniq va nazariy materiallarga oid savollarga mukammal va aniq javob bersa;
- izchillik bilan va butunlay savodli tarzda bayon bersa;
- bunda arzimas xato mavjud bo‘lishi mumkin, u o‘quvchining yozma ishiga "5" baho qo‘yiladi.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish o‘quv jarayonida didaktik ahamiyatga ega. Uning maqsadi-o‘qitishning real natijalarini o‘qitish maqsadlari bilan solishtirish. Nazorat har xil shakl, tur va usulda olib boriladi, turli xil topshiriqlar esa nazorat vositalariga kiradi.

Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin