6
Q
1
oziq – ovqat mahsulotlariga bo‟lgan
talab miqdorini, Q
2
standard sifatli
sanoat mahsulotlariga bo‟lgan talab miqdorini, Q
3
esa oliy sifatli tovar va
xizmatlarga bo‟lgan talab miqdorini bildiradi.
Grafikdan ko‟rinib turibdiki, oziq – ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talab
daromadning har qanday holatida mavjud. Chunki, inson yashashi uchun
oziq – ovqat mahsulotlarini albatta iste‟mol qilishi kerak. Iste‟molchining
daromadi ortib borishi bilan oziq – ovqat mahsulotlariga
talab ortib boradi,
lekin juda katta sur‟at bilan emas. Bizning grafikda Q1 R ortishi bilan
asta – sekin ortib bormoqda, lekin iste‟molchi daromadi 9 ga yetgandan
so‟ng iste‟mol tovarlariga talab deyarli o‟zgarishsiz holatga kelib qoladi.
Chunki insonning oziq – ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talabi cheksiz
o‟suvchi emas, boshqacha qilib aytganda inson nochor bo‟lsa ham,
milliarder bo‟lsa ham bir kosa ovqatga qorni to‟yadi.
Iste‟molchilarning standard sifatli sanoat
mahsulotlariga talabi
daromadi ma‟lum darajaga bizning grafikda 3 ga yetgandan so‟ng
boshlanadi. Chunki, standard sifatli tovarlarga bo‟lgan talab shakllanishi
uchun iste‟molchi avvalo oziq – ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlangan
bo‟lishi kerak. Negaki, hech kim qorni och holda televizor ko‟rmaydi
yokiyegani hech narsasi bo‟lmasa, xolodilnik sotib olmaydi.
Iste‟molchilarning daromadi oziq – ovqat mahsulotlaridan ortib
qolishni boshlasa, ular jamg‟arma tashkil qilihni boshlashadi,
chunki
standard sifatli tovarlarning narxi unchalik ham arzon emas va
jamg‟armasiz ham oziq – ovqat mahsulotlarini, ham normal sifatli tovarlarni
sotib olish ancha mushkul hisoblanadi.
Grafikdan ko‟rinib turganidek, iste‟molchi daromadi 4 ga yetgandan
so‟ng, standard sifatli tovarlarga bo‟lgan talab deyarli o‟zgarishsiz qolib,
bir xillikni namoyon qilyapti.
Bu shuni anglatadiki, iste‟molchi normal
sifatli tovarlarga bo‟lgan ehtiyojini qondirib bo‟lmoqda va endi unda oliy
7
sifatli tovarlar – zeb-ziynat buyumlari, avtomashina, qo‟shimcha
uchastka
kabi ko‟p mablag‟ talab etuvchi tovarlarga talab paydo bo‟la boshlaydi.
Iste‟molchi daromadi 5 ga yetgach, u oliy sifatli tovarlarni sotib
ola boshlaydi, uning oliy sifatli tovarlarga bo‟lgan talabi o‟suvchi bo‟ladi,
daromad 7 ga yetgach esa, talab miqdori birmuncha barqarorlashadi,
chunki
bu davrga kelib, oliy sifatli tovarlarga bo‟lgan ehtiyoj ancha
to‟yingan bo‟ladi va talab miqdorining ortishi emas bir miqdorda bo‟lishi
ham iste‟molchini qanoatlantiradi.
Lekin, iste‟molchining daromadi ortib boraveradi va u ortiqcha pulga
standard sifatli tovarlardan ko‟proq sotib oladi. 1ta televizorni ikkitaga
aylantiradi yoki oddiy televizorni plazmalisiga almashtiradi.
Demak, daromad – iste‟mol chiziqlari iste‟molchining daromadi ortishi
bilan normal yoki past sifatli tovarlarga bo‟lgan
talabining qay tarzda
o‟zgarishini ifodalaydi.
Engel chiziqlari bilan insonlarning oziq – ovqat mahsulotlari, standard
sifatli sanoat mahsulotlari va oliy sifatli tovarlarga bo‟lgan talabning qay
tarzda o‟zgarishini o‟rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: