Reja: Kirish 1



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124128
  1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarish xarajatlari




DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI 
Reja:
Kirish
1. 
Daromad – iste‟mol chizig‟i.
Engel chiziqlari
2. 
Narx – iste‟mol chizig‟i 
3. 
Normal, past sifatli va giffen tovarlar uchun daromad
va almashtirish samarasi 
4. 
Korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish
samarasining qo‟llanishi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 



Kirish 
O‟zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va
bu bu butun tizimning o‟zgarishiga olib keldi. Ma‟muriy – buyruqbozlik
tizimidan farqli o‟laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o‟ringa chiqdi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta‟minlash
uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to‟g‟ri kelishini anglab
yetdilar. Shunga ko‟ra, iste‟molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va
xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o‟zgarganda bozordagi
talabning qay tarzda o‟zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat
olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma‟lum. Ulardan
tashqari iste‟molchilarning daromadlari o‟zgarganda tovar va xizmatlarga
bo‟lgan talabning o‟zgarishi ham daromadga ta‟sir etuvchi muhim
omillardan biri sifatida e‟tirof etiladi. Chunki iste‟mol uchun muhim
tovarlar ( un, guruch, yog‟, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar)
iste‟molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi.
Daromadning ortishi ularning miqdorini ko‟paytirishi yoki sifatliroq
mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan
talab yo‟qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho
tovarlarni sotib olishuchun daromadning ma‟lum darajaga yetishi talab
qilinadi. 
Prezidentimiz Islom Karimov 2013 –yil yakunlari va 2014 – yilga
belgilangan ustuvor yo‟nalishlariga bag‟ishlangan ma‟ruzasida aholi
daromadlari va iste‟mol xarajatlariga alohida to‟xtalib o‟tdi.
“2013 – yilda xalqimizning real daromadlari 16 % ga ortdi, o‟rtacha
oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20,8 % ga ko‟paydi. 
2013 – yilda 2000 – yilga nisbatan aholimizning iste‟mol xarajatlari
9,5 barobar ortganining o‟zi ko‟p narsadan dalolat beradi.



So‟nggi paytlarda jon boshiga to‟g‟ri keladigan eng muhim oziq – 
ovqat tovarlari bo‟yicha iste‟mol hajmi muttasil ortib bormoqda, ayni
vaqtda nooziq – ovqat mahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchun
to‟lanadigan sarf – xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda ko‟paymoqda.” 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda men kurs ishim uchun
“Daromad va almashtirish samarasi” mavzusini tanladim. Bu mavzuda
quyidagi masalalarni tahlil qilishga harakat qildim: 
– daromad – iste‟mol chizig‟i 
– narx – iste‟mol chizig‟i 
– Engel chiziqlari 
– normal, pastsifatli va giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish
samarasi 
Bundan tashqari korxonalar faoliyatida daromad va almashtirish
samarasining qay tarzda qo‟llanishi ustida ham mulohazalar yuritib, bu
orqali korxonaning kelgusi natijalariga qanday ta‟sir ko‟rsatishini
o‟rganishga harakat qildim. 



DAROMAD – ISTE‟MOL CHIZIG‟I 
Daromadning o„zgarishi byudjet chizig„ini o„ziga parallel ravishda
siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o„zgarmaydi.
Daromad oshganda, byudjet chizig„i o„ngga - yuqoriga siljiydi, kamayganda
pastga – chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne'matlar narxi bir xil
o„zgarganda ham sodir bo„ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni
oshiradi, natijada byudjet chizig„i o„ngga - yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday
narxlarning o„sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig„i pastga-
chapga siljiydi. Real daromadning o„sishi natijasida byudjet chizig„i A
1
, A
2

A
3
,... A
n
holatlarga ketma - ket siljiydi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin