Reja: Kirish 1



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix02.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#124128
1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarish xarajatlari

8 – chizma. Giffen paradoksi 
Grafikdan ko‟rinib turganidek, tovar narxi P
0
bo‟lganda, unga
bo‟lgan talab miqdori Q
0
holatda edi. Keyinchalik, tovar narxi P
1
holatga
o‟tganda, ya‟ni ortganda talab miqdori ham ortadi, Q
1
holatga o‟tadi. 
Endi giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasini
ko‟rib chiqaylik. Ma‟lumki, iste‟molchi daromadi ortishi bilan giffen
tovarga bo‟lgan talab kamayadi, chunki, iste‟molchi daromadi ortgandan
so‟ng, go‟sht, yog‟, sut mahsulotlarini sotib olishga qurbi yetadi va
makarondan ko‟ra go‟shtni albatta afzal biladi. 
Absissa o‟qiga giffen tovar, ordinata o‟qiga normal tovar qo‟yib
tahlil qilinsa, quyidagi grafik hosil bo‟ladi. 
9 – chizma. Giffen tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi 


17 
Iste‟molchi uchun byudjet chizig‟i NM
1
holatda edi. Ya‟ni
iste‟molchi M
1
miqdorda giffen tovar yoki N miqdorda normal tovar sotib
olishi mumkin. Iste‟molchining befarqlik egri chizig‟i U
1
ning NM
1
byudjet chizig‟iga uringan E
0
nuqtasi u uchun optimal tanlov majmuasi
hisoblanadi.Bu nuqtada iste‟molchi giffen tovardan A
0
birlik sotib oladi. 
Agar giffen tovar narxi arzonlasa, iste‟molchining byudjet chizig‟i
NM
2
holatga ko‟chadi. Giffen paradoksiga ko‟ra endi uning giffen tovarga
bo‟lgan talabi kamayadi va A
1
nuqtaga kelib qoladi. Normal tovarga
bo‟lgan talabi esa ortadi, chunki giffen tovarning arzonlashishi va unga
bo‟lgan talab miqdorining kamayishidan ortib qolgan pulni ham normal
tovar uchun sarflash mumkin bo‟ladi. 
Agar iste‟molchining daromadi kamaysa, byudjet chizig‟i N
1
M
3
holatga ko‟chadi. Iste‟molchining befarqlik egri chizig‟i U
1
holatga
qaytadi, tanlov majmuasi E
2
holatga ko‟chadi.Chunki endi uning daromadi
normal tovardan ko‟p miqdorda sotib olishga yetmaydi va giffen tovardan
A
2
miqdorda sotib oladi.
Daromad va almashtirishning umumiy samarasi normal sifatli
tovarlar uchun qo‟shilsa, giffen tovarlar uchun ayirib topiladi. Demak,
yuqoridagi grafikda umumiy samara A
0
A
2
ga teng. 


18 
KORXONALAR FAOLIYATIDA DAROMAD VA
ALMASHTIRISH SAMARASINING QO‟LLANISHI 
Yuqorida biz daromad va iste‟mol samarasining nazariy asoslarini
o‟rganib chiqdik. Endi daromad va almashtirish samarasini korxonalar
faoliyatida tahlil qilishga urinib ko‟ramiz.
“Alisher Baraka” xususiy kichik korxonasi eshik – rom ishlab
chiqarish bilan shug‟ullanadi. 2010 – yilgacha korxonadagi uskunalar ancha
eskirib qolgan edi. Bu kamchilik sekin – asta ishlab chiqarilayotgan eshik – 
romlar sifatiga ham ta‟sir ko‟rsata boshladi. Korxona rahbari Alisher
Sobiraliyev uskunalarni yangilash kerakligini yaxshi tushunib turardi, lekin
buning uchun ancha kata miqdordagi mablag‟ kerak bo‟lganligi tufayli
faqat joriy ta‟mir bilan cheklanardi. 
2010 – yilda korxona mijozlarining bir nechtasi sotib olingan tovarlar
uchun to‟lovni biroz kechiktirib yubordi. Iyun oyiga kelib, 3 ta mijoz 12
million so‟m mablag‟ni besh kun ichida keltirib berishdi. Bundan tashqari,
boshqa turdagi uskunalar ishlab chiqaruvchi “Zamin” korxonasi eski 10 ta
uskunalarning har birini 100 000 so‟mdan sotib olish taklifini bildirdi. 
Shunday qilib, umumiy hisobda 13 000 000 so‟m mablag‟ to‟plandi.
Alisher Sobiraliyev 10 ta yangi uskunaning har birini 1 300 000 so‟mdan
sotib oldi va korxonaga o‟rnatdi. Endi bu korxona ishlab chiqargan eshik 
– romlarning sifati yaxshilanib, bozorda ularga bo‟lgan talab hajmi ham
ancha ortdi. 
Demak, daromadning ortishi va uning kapitallashtirilishi korxona
faoliyatiga ijobiy ta‟sir qildi. Korxonadagi uskunalarning yangilanishi
ishlab chiqarish samaradorligini va tovarlarning sifatini ancha oshirdi. 


19 
Yuqorida “Alisher Baraka” xususiy kichik korxonasi misolida
daromad samarasining korxona faoliyatiga ta‟sirini ko‟rib chiqdik, endi
almashtirish samarasining korxona faoliyatiga qanday ta‟sir qilishini tahlil
qilamiz. 
Poyafzal ishlab chiqaruvchi “KFK Shoes” xususiy korxonasi butun
Farg‟ona vodiysida o‟z o‟rniga ega korxonalardan biri hisoblanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan poyafzallar nafaqat yurtimizda, balki Rossiya,
Turkiya, Gruziya kabi bir qancha xorij davlatlarida ancha yillardan beri
o‟zining sifati va chidamliligi bilan mashhur. 
“KFK Shoes” xususiy korxonasi poyafzal ishlab chiqarish uchun
xomashyoni, ya‟ni terini Eron davlatidan sotib olardi. Bir juft poyafzal
ishlab chiqarish uchun sarf bo‟ladigan xomashyo korxonaga 45 000 so‟mga
tushardi. 2012 – yilda Erondan keladigan xomashyoning narxi ko‟tarilib
ketdi. Bunga sabab qilib, Eron davlatining o‟zida ham bir qancha
korxonalar ochilganini ko‟rsatishdi. Endi bir juft poyafzal uchun sarf
bo‟ladigan xomashyo 60 000 so‟mga to‟g‟ri kela boshladi. 
Korxona xodimlari tezlik bilan boshqa xomashyo yetkazib
beruvchilarni izlab topishdi. Aniqlanishicha, Pokiston mamlakatida juda
sifatli teri xomashyosi ishlab chiqarilarkan. Korxona iqtisodchisining
bergan ma‟lumotiga ko‟ra agar korxona Pokistondan xomashyo sotib olsa,
bir juft poyafzal uchun 55 000 so‟mlik xomashyo ishlatar ekan. Korxona
rahbari tezlik bilan Pokistondagi tadbirkorlar bilan shartnoma imzoladi va
teri xomashyosini Pokistondan olib kela boshladi. 
“KFK Shoes” korxonasi mijozlari yanada sifatliroq xomashyodan
ishlab chiqarilgan poyafzallarni biroz qimmatroq narxda sotib bo‟lsa ham
olishni ma‟qul ko‟rishdi. Mahsulotlar sifatiga sifat qo‟shilgach, unga
bo‟lgan talab hajmi ham ancha ortdi.Demak, almashtirish korxona
faoliyatiga ijobiy tarzda ta‟sir qildi. 


20 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iste‟molchi talabining
o‟zgarishini tahlil qilishda daromad samarasi va almashtirish samarasi
muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad va
almashtirish samarasini o‟rganish tovarlarga narx belgilash qonuniyatlarini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Zero, har qanday korxona o‟z
foydasini maksimallashtirish uchun tovarlariga bo‟lgan talabning
doimiyligini ta‟minlashi kerak. Chunki har qanday yirik korxonalar,
monopoliyalar, konsernlar agar tovarlariga talab bo‟lmasa, inqirozga yuz
tutadi. Shuning uchun ham iste‟molchi daromadining o‟zgarishini yoki
boshqa tovarlar narxi o‟zgarishini yetarli darajada tahlil qilish firmaning
barqaror rivojlanishiga olib keladi. 
Normal, past sifatli va giffen tovarlar uchun daromad va
almashtirish samarasini e‟tiborga olgan holda firma va korxonalar
iqtisodchilari o‟zlarining yillik ishlab chiqarish rejalarini tuzib chiqishlari
mumkin. Agar reja tuzishda bu omillar inobatga olinmasa, kelgusida
kutilmagan vaziyatlar sodir bo‟lib, korxona xodimlarini mushkul ahvolga
solib qo‟yishi mumkin. 
Bundan tashqari, korxonalarning o‟zlari ham mahsulot ishlab
chiqaruvchi sifatida ma‟lum turdagi xomashyo materiallariga ehtiyoj
sezadilar. Yuqorida “Alisher Baraka” va “KFK Shoes” korxonalari
misolida daromad va almashtirish samarasining korxonalar faoliyatiga
ta‟sirini tahlil qilishga harakat qildik. 


21 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti ma‟ruzasi. 2014 yil yuqori o‟sish
sur‟atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish,
o‟zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‟ladi.
“Turkiston” gazetasi. 2014 – yil 18 – yanvar. 
2. 
Karimov I. A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik
bilan foydalanish – bosh yo‟limiz. T.: “O‟zbekiston” 2002 
3. 
Egamberdiyev E. Mikroiqtisodiyot. T.: “G‟afur G‟ulom” 2012 
4. 
Salimov B. T. Salimov B. B. Mikroiqtisodiyot. TDIU T.: 2013 
5. 
G‟ulomov S. Alimov R. Mikroiqtisodiyot. T.: “Sharq” 2012 
6. 
R. Pindayk. D. Rubinfeld Mikroiqtisodiyot Inglizcha nashridan tarjima
T.: 2012
INTERNET SAYTLARI: 
1. 
www.google.com
 
2. 
www.ziyonet.uz
 
3. 
www.ecocomics.ru
 
4. 
www.stat.uz
 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin